Ko„priklar va ularning turlari




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/72
Sana14.05.2024
Hajmi5,25 Mb.
#231473
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Bog'liq
Алоқа йўллари (1)

9.3. Ko„priklar va ularning turlari 
 
Kema qatnaydigan daryolar orqali ko„prikli o„tish joylarida doimiy 
ko„priklardan tashqari ba‟zan ikki tavaqali ko„priklar quriladi, kemalarni o„tkazib 
yuborish uchun bu ko„priklar bo„yicha harakat davriy ravishda qisqa vaqt to„xtatib 
qo„yiladi. Ikki tavaqali ko„priklar ko„pincha daryolarning dengiz yoqasidagi 
quyilish uchastkalarida, shaharlarda quriladi, bu erga baland dengiz kemalari 
kirishi mumkin, shuningdek, bu erda ko„prikdan shahar ko„chalariga tushish 
yo„llari qurish zarurati bo„lganligidan ba‟zan kemalar yurish sharoitlari bo„yicha 
ko„prikning balandligini ta‟minlab bo„lmaydi 9.4-rasm. 
9.4-rasm. Doimiy ko„prik 
Suzadigan (qalqima) ko„priklari bo„lgan ko„prikli o„tish joylari ochiq suv 
oqimlari orqali yilning ancha ko„p qismi davomida yo„l bo„lib xizmat qiladi, biroq 
kuzgi va bahorgi shovush (muz ko„chishi) vaqtlarida va muz yupqa bo„lgan davrda 


99 
yo„lda harakat to„xtab qolishi bilan xarakterlanadi. Muz transport vositalarining 
yurib o„tishi uchun xavfsiz qalinlikka etganidan keyin muz ustidan o„tish yo„llari 
quriladi, ular qish davrida suzadigan ko„priklar o„rnini bosadi. Kema qatnaydigan 
daryolarda qalqima ko„priklar vaqti-vaqti bilan ishlamaydi va ko„prik qismlari 
kemalarni o„tkazish uchun chiqarib qo„yiladigan yilning issiq davrlarida ham 
ishlamaydi. Qalqima ko„priklar sersuv keng daryolarni kesib o„tishda quriladi, 
bunda yil bo„yi to„xtovsiz harakatni ta‟minlaydigan doimiy tayanchli ko„priklar 
qurish yo„ldagi harakat miqdori bo„yicha hali kerak bo„lmaydi. 
Ko„priklar uzunligi bo„yicha uchta guruhga bo„linadi. Odatda, uzunligi 25 m 
gacha ko„priklar kichik ko„priklar, 25 dan 100 m gacha bo„lganlari o„rtacha 
ko„priklar, 100 m dan uzunlari katta ko„priklar deb ataladi. Uzunligi 100 m dan 
kam bo„lgan, biroq prolyotlari 30m dan ortiq bo„lgan ko„priklar ham katta
ko„priklar guruhiga kiradi. 
Ko„prikning prolyotlari (tayanch oralari) hamma vaqt bir hil qilib
belgilanmaydi. Kema qatnaydigan daryolarda kemalarning yurishi turg‟un 
bo„lgan hollarda prolyotlarning faqat bir qismi kemalarni o„tkazish uchun 
moslashtiriladi, qolgan prolyotlar ancha kichik qilib qurilishi mumkin. Kichik 
prolyotlarning eng foydali uzunligi keraklicha iqtisodiy jihatdan asoslab tanlanadi 
9.5-rasm. 
9.5-rasm. Ko„prikni prolyotlarga bo„lish va kema qatnashi uchun
prolyotlar ajratish 


100 
Katta ko„priklar va ularga kelish yo„llarini qurish qiymati yuqori va daryo 
orqali o„tish joyining (kechuvning) joylashuviga juda ham bog‟liq. Shuning uchun 
ancha katta doimiy ochiq suv oqimlarini kesib o„tiladigan joylar butun yo„lning 
joydagi o„rnini belgilovchi punktlar bo„lib hisoblanadi. Daryodan o„tish joyining 
ancha katta uzunligida yo„lning o„q chizig‟ini belgilash bunda ko„prik qurish va 
unga keladigan yo„llarni qurish uchun optimal joyni tanlashga bo„ysindiriladi. 
Katta ko„priklarning ishlash sharoiti kichik sun‟iy inshootlarning ishlash 
sharoitiga qaraganda murakkabroq, chunki ular suv oqimi shikastlashidek katta 
xavf ostida bo„ladi. Chunonchi, bunga sabab inshootlarning zo„riqib ishlash 
davrlarining davomiyligi turlichaligidir: kichik sun‟iy inshootlar suvni o„tkazish 
uchun yiliga bori yo„g‟i bir necha soat intensiv ishlaydi; katta ko„priklar haftalab, 
ba‟zan oylab uzoq davom etadigan toshqinlar sharoitida ishlaydi. Bundan tashqari, 
daryo o„zani qo„zg‟aluvchan va oson yuviladi, katta ko„priklar tagida esa sun‟iy 
mustahkamlagichlar qurishning amalda iloji yo„q, shuning uchun daryoni ko„prikli 
o„tish joyining inshootlari bilan siqib qo„yish o„zanning albatta yuvilishiga olib 
keladi. O„zanda ko„prik tayanchlari o„rnatilgan, ularning yuvilish xavfi bor, shu 
munosabat bilan katta ko„prik ostida oqim tezligining ortishi notabiiy oqim 
tezligiga taqqoslaganda ancha cheklab qo„yiladi. 
Katta ko„priklarning va kichik sun‟iy inshootlarning o„lchamlarini 
aniqlashda bajariladigan gidravlik hisoblashlar ancha ajralib turadi: kichik 
ko„priklar va quvurlar uchun asosan yuvilmaydigan o„zanda suv oqimining 
oqishini hisoblash bilan cheklaniladi; katta ko„priklar uchun avvalambor o„zan 
hisoblashlari bajariladi, ular suv oqimining harakatini ham, yuviladigan o„zanda 
ko„prik ostida daryo tubining pasayishi mumkinligini aniqlash maqsadida 
cho„kindilar oqimi harakatini ham hisobga oladi. 
Katta ko„priklar uchun bunday taqribiy hisoblashlarga yo„l qo„yilmaydi, 
chunki ancha katta xatoliklar beradigan ma‟yorlardan foydalanish qimmat 
turadigan inshootlarning shikastlanishiga yoki ularning yanada ko„proq 
qimmatlashuviga olib kelishi mumkin. Katta ko„priklarga kelayotgan suv oqimini 


101 
hisoblash uchun gidrologik hisoblashlarning maxsus usullaridan foydalaniladi, ular 
daryolarni uzoq vaqt bevosita kuzatishlar va matematik statistika usullaridan 
foydalanish bilan bog‟liq. 
O„rtacha ko„priklarni loyihalashda bevosita kuzatish ma‟lumotlari 
mavjudligiga qarab gidrologik hisoblashlarning aytib o„tilgan va boshqa usullari 
qo„llanadi 9.6, 9.7-rasm. 
9.6-rasm. Zamonaviy osma ko„prik 
9.7-rasm. Qadimgi g‟isht ko„prik 

Download 5,25 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish