Yo„lda harakatni tashkil qilishning texnik vositalari




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/72
Sana14.05.2024
Hajmi5,25 Mb.
#231473
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72
Bog'liq
Алоқа йўллари (1)

11.2. Yo„lda harakatni tashkil qilishning texnik vositalari 
 
O„zbekiston Respublikasi hududida foydalanishdagi etti guruhdagi: 
ogoxlantiruvchi, imtiyoz, ta‟qiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ko„rsatuvchi, servis, 
qo„shimcha axborot yo„l belgilari Venada 1968 yil qabul qilingan yo„l belgilari 
Konventsiyasiga va bu Konventsiyani to„ldiruvchi Jenevadagi 1971 yil Evropa 
kelishuvi talablariga to„liq mos keladi. 
Yo„l belgi chiziqlarini yo„l sharoitlarining o„zgarishiga qarab ishlatish 
qoidalari GOST 23457-86 «Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo 
dvijeniya», ularning elementlariga qo„yiladigan talablar esa GOST 13508-74 
«Dorojnaya razmetka»da keltirilgan. 


127 
Harakatning tartibini belgilovchi yo„l belgi chiziqlariga yo„lning qatnov 
qismiga, to„siqlarga va boshqa yo„l inshootlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar 
va har xil belgilar kiradi. 
Avtomobil yo„llarida harakatni tashkil qilishning samarali usullaridan biri 
yo„l belgi chiziqlarini ishlatishdir. Yo„l belgi chiziqlarini ishlatish yo„l-transport 
hodisalari sonining 30-50 % kamayishiga olib keladi. 
Ishlatilish vazifasi bo„yicha yo„l belgi chiziqlari yo„l belgilariga ko„pincha 
mos keladi. Lekin ko„pchilik hollarda yo„l belgi chiziqlari bir qator afzalliklarga 
ega. Yo„l belgi chiziqlari haydovchilarni yon atrofga qarab chalg‟itmasdan, 
nigohini yo„lning qatnov qismiga qaratgan holda ko„rsatmalar beradi, shuning 
bilan birgalikda, ular haydovchiga yo„l belgilariga nisbatan uzoq muddat 
mobaynida ta‟sir qiladi. Yo„l belgi chiziqlarining kamchiligiga tez edirilishi, iflos 
va qor tagida ko„rinmasligini ko„rsatish mumkin. 
Avtomobil yo„llarida yo„l to„siqlari transport vositalarining, piyodalarning 
harakatini tartibga solish va yo„l - transport hodisalarining oldini olish hamda 
ularning og‟irlik darajasini pasaytirish
 
uchun o„rnatiladi. Yo„l to„siqlariga 
qo„yiladigan talablar GOST 26804-86 “Ograjdeniya dorojnie, metallicheskie 
barernogo tipa. Texnicheskie usloviya” da keltirilgan. Yo„l sharoitining 
o„zgarishiga qarab yo„l to„siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari GOST 
23457-86 “Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya”da keltirilgan. 
Yo„naltiruvchi qurilmalardan avtomobil yo„llarida keng foydalaniladi. 
Yo„naltiruvchi qurilmalarga quyidagilar kiradi: 
-
yo„naltiruvchi ustunchalar; 
-
sun‟iy yoritgichli tumbalar; 
-
xavfsizlik orolchalari. 
Agarda ularga yo„l belgi chiziqlari yoki nur qaytaruvchi plenkalar 
yopishtirilgan bo„lsa, yo„naltiruvchi qurilmalar vazifasini (ayniqsa kechasi) yo„l 
to„siqlari ham bajarishi mumkin. 

Download 5,25 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yo„lda harakatni tashkil qilishning texnik vositalari

Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish