10.5. Yo„l harakati xavfsizlig xizmati
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 5 dekabrdagi 539-sonli qaroriga asosan,
O„zbekiston Respublikasi hududida harakat xavfsizligini ta‟minlash IIV dagi YHX
boshqarmalariga yuklatilgan.
YHXB ning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilangan:
-
yo„llarda harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash bo„yicha qonunlar, qoidalar,
me‟yorlarga rioya etilishini nazorat qilish;
-
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan
hamkorlikda yo„llarda harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash, bu sohadagi
120
huquqbuzarliklarning oldini olishga oid takliflar va tadbirlarni ishlab
chiqish;
-
yo„l-transport hodisalari sodir etilishiga, yo„llarda harakatlanish qoidalari
buzilishiga, bu sohadagi boshqa huquqga xilof xatti-harakatlar yuz berishiga olib
keluvchi sabablarni aniqlash, o„z vakolati doirasida ularni bartaraf etish choralarini
ko„rish:
-
yo„l-transport hodisalarining hisobini olib borish, ularning sabablarini tahlil
qilish, boshqa davlatlardagi ma‟lumotlar bilan taqqoslash;
-
yo„llarda harakatlanish qoidalari buzilishining hisobini olib borish, bu
sohadagi qonunchilikni qo„llash amaliyotini umumlashtirish, qonunda belgilangan
tartibda ma‟muriy huquqbuzarliklarni ko„rib chiqishni tashkil etish va amalga
oshirish;
-
atrof muhitni avtomototransport vositalarining zararli ta‟siridan himoya qilish
tadbirlarini amalga oshirish, bu boradagi me‟yoriy hujjatlar talablari bajarilishini
nazorat qilish;
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizlik xizmati bilan
hamkorlikda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa qo„riqlanadigan
shaxslar ( shu jumladan, xorijiy davlat rahbarlari)ning maxsus avtomobillarini
kuzatib borishni va ularning to„siqsiz o„tishini ta‟minlash, shuningdek, maxsus
trassa va maxsus maqsaddagi avtomobillar holatini nazorat qilib borish;
-
avtomototransport vositalarining belgilangan tartibda, shu jumladan,
shartnoma asosida kuzatib borilishini amalga oshirish;
-
avtokarvonda odamlarni ommaviy ravishda tashishda harakatlanish
xavfsizligini ta‟minlash;
-
mamlakat va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy
tadbirlar paytida harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash;
-
avtomototransport
vositalari
haydovchilarini
tayyorlaydigan
o„quv
tashkilotlarini ro„yxatga olish va o„quv jarayonini nazorat qilib borish. Yo„llarda
harakatlanish qoidalari va avtomototransport vositalarini amaliy boshqarish
121
malakasi bo„yicha imtihon olish. Avtomototransport vositalarini boshqarish
huquqini beruvchi guvohnomalarni berish. Bu masalalarda jahondagi ilg‟or
tajribalarni o„rganish va hayotga tatbiq etish;
-
xorijiy davlatlar elchixonalari va konsulliklariga, xalqaro tashkilotlar
vakolotxonalari, chet el korxona va muassasalariga qarashli avtomototransport
vositalariga maxsus davlat raqami belgilari berish, ularning xodimlariga, boshqa
xorijiy fuqarolarga, fuqaroligi bo„lmagan shaxslarga haydovchilik guvohnomalari
va ularga qarashli avtomototransport vositalariga maxsus davlat raqami belgilarini
berish;
-
og‟ir vaznli, xavfli, maxsus va katta hajmli (gabaritli) yuklarni tashishga
ruxsat berish, ularni tashishda harakatlanish xavfsizligi talablariga rioya etilishi
yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
-
O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi,
shuningdek, maxsus va maxfiy yuklarni ta‟minlaydigan muassasalar, idoralar va
tashkilotlarning maxsus avtomototransport vositalariga maxsus talon berish;
-
yo„llardagi harakatlanish sharoitlarini o„rganish, ko„cha va yo„llarda
transport hamda piyodalar qatnovi tashkil etilishini takomillashtirish choralarini
ko„rish;
-
yo„llardagi harakatlanishni tartibga solish, shu maqsadda texnik vositalar va
avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish;
-
avtobuslar muntazam qatnaydigan xalqaro, shaharlararo va mahalliy
yo„nalishlarni ko„rib chiqish va ularga ruxsat berish haqidagi xulosalar tayyorlash;
-
avtomobil yo„llari, ko„chalar, yo„l inshootlari, temir yo„llardan o„tish joylari,
shahar elektr transporti yo„li, turar joy dahalari, alohida binolar, kichik
me‟morchilik inshootlari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko„rsatish,
avtomobillarga yonilg‟i quyish shaxobchalarini qurish va qayta qurish loyihalarini,
avtomototransport
vositalarining
konstruktsiyasi
(tuzilishi)ni
yo„llarda
harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash nuqtai nazardan ko„rib chiqish va ular
122
yuzasidan xulosalar tayyorlash, ushbu inshootlar va avtomototransport vositalari
ishida qatnashish;
-
daxldor vazirlik, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yo„llar, yo„l
inshootlari, yo„l belgilari va chiziqlari, harakatlanishni boshqarishning texnik
vositalari, temir yo„l kesishmalarining holatini o„rganib chiqish bo„yicha har yili
kamida 2 marta (bahorgi va kuzgi) mavsumiy ko„rik o„tkazish;
-
yo„l-transport hodisalari va to„qnashuvlar yuzasidan surishtiruv ishlarini olib
borish;
-
yo„l-transport hodisasi yuz bergan joyda kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni
amalga oshirish, uni sodir etgan ishtirokchilarni ushlab turish, guvohlarni aniqlash,
yo„l-transport hodisasini hujjatlashtirish, transport va piyodalarning xavfsiz
qatnovini tashkil etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish va
boshqalar;
-
olib qochilgan, o„g‟irlangan avtomototransport vositalari va yo„l-transport
hodisasi joyidan yashiringan haydovchilarni qidirish ishini tashkil etish va amalga
oshirishda ishtrok etish;
-
mulkchilik shaklidan qat‟iy nazar, yangidan ochilayotgan texnik xizmat
ko„rsatish stantsiyalari va avtomobillarni tuzatish ustaxonalarini ro„yxatdan
o„tkazish;
-
mulkchilik shaklidan qat‟iy nazar, texnik xizmat ko„rsatish stantsiyalari va
avtomobillarni tuzatish ustaxonalarida yo„llarda harakatlanish xavfsizligini
ta‟minlash, saqlashdagi me‟yoriy hujjatlarga rioya qilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish, avtomototransport vositalari tuzatishning qonuniyligini tekshirish;
-
o„quv kabinetlarini, maktab muassasalarini harakat qoidalariga qay darajada
o„qitilishini nazorat qilish.
Toshkent shahar IIBB YHXB o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va
farmoyishlariga, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
123
farmoyishlariga, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh
boshqarmasi idoraviy va me‟yoriy hujjatlariga amal qiladi.
Toshkent shahar IIBB YHXB quyidagi tarkibdan iborat:
-
tahliliy-tashkiliy bo„lim;
-
shaxsiy tarkib bilan ishlash bo„limi;
-
nazorat-profilaktika bo„limi;
-
axborot-kompyuter markazi;
-
markaziy dispetcherlik xizmati;
-
qidiruv bo„limi;
-
surishtiruv bo„limi;
-
ekspert-kriminalistik bo„linma;
-
markaziy dispetcherlik xizmati filiallari (jami 4 ta);
-
ma‟muriy amaliyot bo„limi;
-
yo„l nazorat bo„limi;
-
texnika nazorat bo„limi;
-
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish bo„linmasi;
-
ro„yxatlash va imtihon olish bo„limi;
-
tumanlararo ro„yxatlash va imtihon olish bo„linmalari (jami 4 ta);
-
tumanlararo avtomobillarni diagnostika qilish stantsiyalari (jami 3 ta);
-
moddiy-texnika bilan ta‟minlash va xo„jalik ta‟minoti bo„limi;
-
maxsus o„rnatish-foydalanish boshqarmasi;
-
moliya-iqtisod bo„limi;
-
kotibiyat;
-
yo„l-patrul xizmati brigadasi (YPX brigadasi).
Davlat yo„l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi matnlarda DYHXX)
yo„l nazorati bo„lim(bo„linma)lari faoliyati transport vositalari va piyodalarning
harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash, yo„llarda, sun‟iy inshootlarda va temir yo„l
kesishmalarida ularning o„tkazish imkoniyatlarini oshirishga, shu orqali yo„l-
transport hodisalarining oldini olishga qaratilgandir.
|