Axborot-ko„rsatuvchi belgilar harakatga muayyan rejimlar kiritishda yoki
bekor qilishda, shuningdek, aholi yashaydigan joylar va boshqa ob‟ektlarning
joylashishi haqida axborot berishda ishlatiladi.
“Avtomagistral” 5.1 belgisi avtomobil yo„li ma‟lum talablarga javob beradigan
yo„llarning boshlanishida qo„yiladi.
“Aholi yashaydigan joyning boshlanishi” 5.22 va “Aholi yashash joyining oxiri”
5.23 (oq fon bilan) belgisi mavjud binolar chegarasida o„rnatiladi. Bu sharoitda
aholi punktidan harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 70 km/soatdan
oshmasligi shart.
Bir, ikki va uch harakat polosali yo„llarda 5.22 belgisining orqa tomoniga
ikki tarafdan 5.23 belgisini o„rnatishga ruxsat beriladi 11.4-rasm.
5.22 5.23
5.22
5.23
11.4-rasm. Bir, ikki va uch polosali yo„llarda 5.22 va 5.23 belgilarni o„rnatish
“Aholi yashaydigan joyning boshlanishi” 5.24 va “Aholi yashash joyining
oxiri” 5.25 (havorang fon bilan). Bu belgilarni o„rnatish shartlari bundan avvalgi
belgilardek amalga oshiriladi. 5.24 belgisi qo„yilgan aholi punktlarida tezlik 70
km/soat cheklanmaydi. 5.24 belgisi yo„ldan chetda qanday aholi punkti borligini
bildiradi va asosan aholi punktidagi uylar yo„ldan 200 m va undan ortiq masofada
joylashgan hollarda o„rnatiladi.
Servis belgilaridan tegishli ob‟ektlar qaerda joylashganligi haqida axborot
berishda foydalaniladi.
Agarda yonilg‟i shahobchalari oralig‟i 60-80 km masofadan kichik bo„lsa,
u holda birinchi belgi qo„yilmaydi.
140
Aholi yashaydigan joyda servis belgilari ob‟ektgacha 100-150 m masofada
oldindan o„rnatilishi kerak.
Qo„shimcha axborot belgilari (tablichkalar) asosan ular bilan qo„llanilgan
belgilarning ta‟sirini aniqlashda yoki cheklashda ishlatiladi.