148
-
yoritish qurilmalarini turini va joylashtirish usulini tanlashda yo„llarni
qatnov qismi o„rtacha yoritilganligiga va yo„l yoqasi va trotuarlarni
o„rtacha gorizontal yoritilganligiga quyiladigan me‟yorlarga
muvofiq
yoritilganligini ta‟minlash: yorug‟likni ravon ta‟minlanganligini, ko„z
qamashish ko„rsatkichi;
-
xavfli mintaqalarni (tutashish va kesishishlar, yo„llarni torayishi, avtobus
bekatlarida piyodalar o„tish joyi) joylanishini aniqlash va chiroq
yorug‟lik manbaini o„zgartirish, chiroq
va ustunlarni joylashishi, xavfli
mintaqada qatnov qismini yoritilganligini
oshirish hisobiga ularni
belgilab qo„yish;
-
yo„lning xavfli va murakkab bo„laklari oldidan yoritilganlikni to„satdan
o„zgarishiga va yoritilgan va yoritilmagan bo„laklarni almashib borishiga
ruxsat etilmaydi;
-
yo„lning yoritilgan va yoritilmagan bo„laklarida qatnov qismini
yorug‟ligini bir tekis kamayishiga erishish bunda 150-250
m masofada
o„tish mintaqasini qurish.
Avtomobil yo„llarida doimiy yoritishni quyidagi hollarda nazarda tutish
kerak:
-
aholi yashash joylarida;
-
I toifali avtomobil yo„llarida harakat miqdori 20 ming avt/sutkadan
birinchi besh yil ichida oshib ketsa;
-
o„rta va katta ko„priklarda;
-
harakatga kompleks xizmat ko„rsatish mintaqalarida
avtomobillarga
yoqilg‟i quyish shahobchalarida;
-
I va II toifali yo„llarni bir va har xil satxda kesishish joylarida, shu kabi
barcha har xil satxdagi kesishishlarda va ularga kirishda tezlashish-
sekinlashish tasmalari boshlanishidan kamida 250 m masofada;
-
temir yo„l perezdlarida;
149
-
I va II toifali avtomobil yo„llari transport
tonnellarida va ularga
yaqinlashishda tonnel boshidan 150 m dan kam bo„lmagan masofada;
-
piyodalar tonellarida zinali chiqish va ular oldidagi maydonchalarda;
-
I - III toifali yo„llarda yo„l o„tkazgich ostida, agarda uning tagidan o„tish
uzunligi 30 m dan oshsa;
-
avtobus bekatlarida, er osti piyodalar o„tish yo„laklarida, klublar,
kinoteatrlar va aholi yashash joylaridagi piyodalar to„planadigan
joylar
yaqinidan o„tgan yo„llarda yo„l-transport hodisalari sodir bo„lgan
mintaqalarda.