11.4. Yo„naltiruvchi qurilmalar, yo„l to„siqlari va ularni qo„llash
Yo„l to„siqlari qo„llanish sharoitlariga qarab ikki guruhga bo„linadi. Birinchi
guruhga «barer» konstruktsiyali (balandligi 0,75 m dan kam bo„lmagan) va
devorsimon («parapet» shaklidagi balandligi 0,6 m dan kam bo„lmagan) yo„l
to„siqlari kiradi. Bu guruhidagi to„siqlar transport vositalarini yo„l poyida,
ko„priklarda, yo„l o„tkazgich joylarida ushlab qolish va qarama-qarshi tomondan
harakatlanayotgan transport vositalari to„qnashuvining oldini olish hamda yo„l
mintaqasida joylashgan har xil predmetlarga (yoritgich, ko„prik tayanchlari,
daraxtlar va h.k.) kelib urilishidan saqlash uchun o„rnatiladi.
Ikkinchi guruh to„siqlariga setkalar, har xil panjaralar (balandligi 0,8-1.5 m)
kiradi. Ulardan piyodalarning harakatini tartibga solish va hayvonlarning yo„l
qatnov qismiga chiqishining oldini olish maqsadida foydalaniladi.
Yo„l to„siqlari YTH vujudga kelish ehtimolini kamaytirish va og‟irlik
darajalarini pasaytirish bilan birgalikda, to„siqlarni o„ziga kelib urilishi
natijasida transport vositalarining ishdan chiqishiga, hatto odamlarning o„limiga
ham sababchi bo„lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha yo„l to„siqlari
o„rniga xavfsizlikni ta‟minlashning boshqa yo„llarini o„ylash kerak. Masalan,
egrilik radiusini kattalashtirish, ko„tarma balandligini pasaytirish, yo„l poyining
yon qiyaliklarini yotiq qilish, piyodalar uchun er osti yoki usti yo„lakchalarini
qurish, yo„l mintaqasidan har xil katta predmetlarni chetlashtirish.
Yo„l to„siqlari mustahkam, egiluvchan, sutkaning har qanday vaqtida
ko„rinuvchan, almashtirish oson va iqtisodiy jihatdan arzon bo„lishi kerak.
141
Birinchi guruh yo„l to„siqlari I-IV darajali avtomobil yo„llarining
yoqasida quyidagi hollarda o„rnatiladi.
1. Yo„l poyi ko„tarmadan o„tib, uning yon qiyaliklari 1:3 va undan tik
bo„lsa 11.16-jadvalda ko„rsatilgan talablarga qaralsin.
11.16-jadval
№
Avtomobil yo„llarining
uchastkalari
Bo„ylama
nishablik, %
Ko„tarmaning
balandligi, m
1. To„g‟ri uchastkalar va rejadagi
egrilikning radiusi 600 m katta
40 gacha
3,0
2. Xuddi shunday joylar
40 va ko„p
2,5
3. Botiq egriliklarga kelib tutashayotgan
nishablikning algebraik farqi 50 % va
undan ko„p
-
2,5
4. Tik tushish joylarida yoki undan keyin
rejadagi egrilikning radiusi 600 m kam
bo„lgan uchastkalarda egrilikning tashqi
tomoni
40 va undan
ko„p
2,0
2. Temir yo„l izlariga, botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 2 m va
undan ko„p bo„lganda), jarlarga va tog‟ daralariga oraliq masofa yo„lning qatnov
qismi chetidan 25 m va undan kam bo„lgan hollarda, yo„l parallel o„tgan joylarda.
Bunda kelajakdagi keltirilgan harakat miqdori 4000 avt/sut.dan kam bo„lmasligi
kerak. Agarda bu ko„rsatkich 4000 avt/sut.dan kam bo„lsa, unda yo„lning qatnov
qismi chetidan ko„rsatilgan xavfli joylargacha 15 m masofada parallel o„tgan
joylarda.
3. Har xil sathda kesishgan murakkab chorrahalarda.
4. Rejada yo„lning yo„nalishi o„zgarib, ko„rinishi ta‟minlanmagan
uchastkalarda.
5. Ajratish polosalarida, ko„priklarda, yo„l o„tkazgichlarda, estakadalarda.
142
Birinchi guruh yo„l to„siqlari yo„l yoqasida
|