yo„l poyining chetidan 0,5 m




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/72
Sana14.05.2024
Hajmi5,25 Mb.
#231473
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72
Bog'liq
Алоқа йўллари (1)

yo„l poyining chetidan 0,5 m
masofadan kam bo„lmagan va 
0,85 m ko„p bo„lmagan 
masofada 
yo„l 
to„sig‟ining bikirligiga qarab
joylashtiriladi. 
Yo„l to„siqlarining bikirligi (jestkost) bo„yicha ishlashiga qarab qattiq, yarim 
qattiq va elastik turlariga bo„linadi. 
Qattiq yo„l to„siqlariga temir-beton bruslari, beton va tabiiy toshlardan 
ishlangan devorsimon to„siqlar kiradi 11.5-rasm. 
Yarim qattiq yo„l to„siqlariga har xil profildagi metallardan yasalgan 
to„siqlar kiradi. Bu turdagi to„siqlar boshqa to„siqlarga nisbatan birmuncha 
afzalliklarga ega. Bularga egiluvchanligi, engilligi, tez ta‟mirlanishi, transport 
vositalarini kam shikastlantirishi kiradi. Chet el amaliyotida yarim qattiq yo„l 
to„siqlari eng katta o„rinni egallaydi. 
11.5-rasm. Birinchi guruh to„siq turlari. 
a, b, v) barersimon; g, d, e) barersimon tros bilan; j, z, i) devorsimon;
Elastik yo„l to„siqlariga trosli barersimon to„siqlar kiradi. Ular qorong‟i 
vaqtda yomon ko„rinadi, transport vositasi katta burchak ostida kelib urilsa, uni 
yo„lning qatnov qismiga otib yuborishi mumkin, agarda kichik burchak ostida 
urilsa, sidirilib borib to„siq tayanchiga urilishi mumkin. Shu kamchiliklarini ko„zda 


143 
tutib SHNQ 2.05.02-07 me‟yoriy ko„rsatmasida trosli barersimon to„siqlarning I-II 
darajali yo„llarda qo„llanishi ta‟qiqlangan. 
Devorsimon yo„l to„siqlarining alohida blok shaklida oralarini ochib 
qo„llanishi ta‟qiqlanadi. 
Yo„l to„siqlari sifatida eski pokrishkalarni va yog‟ochlardan ishlangan 
to„siqlarni III va IV daraja yo„llarida ishlatilishi mumkin. 
Ikkinchi guruh yo„l to„siqlari metall va sintetik quvurlardan, setkalardan 
yasalib, quyidagi joylarga o„rnatiladi. 
1. I darajali yo„llar avtobus to„xtash joylarining butun uzunasi bo„yicha va ikki 
tomoniga 20 m masofa uzunligida ajratuvchi polosada. 
2. Transport tonnellarida trotuarning bitta polosasida piyodalarning harakat 
miqdori 100 odam/soatdan ko„p bo„lsa, panjarasimon to„siq trotuar yonida 
o„rnatiladi. 
3. Svetofor bilan boshqariladigan piyodalar o„tish joylarida yo„lning ikki 
tomonida 50 m dan kam bo„lmagan masofada o„tish joyining ikki tarafiga 
panjarasimon to„siq joylashtiriladi. 
4. Er osti va er usti piyodalar o„tish joylarida piyodalarning betartib 
harakatini to„xtatish uchun shunday harakatlar bo„ladigan joyda 50-100 m 
masofada balandligi 1,5 m dan kam bo„lmagan panjarasimon to„siqlarni yo„lni ikki 
yoqasiga yoki ajratuvchi polosaga o„rnatish ko„zda tutiladi. 
5. Aholi yashaydigan joylarda va “qo„riqxona” mintaqalarida uy yoki 
yovvoyi hayvonlarning yo„l qatnov qismiga chiqishini yo„qotish uchun yo„l 
yoqasiga setkadan yasalgan to„siqlar joylashtiriladi. 
Yo„naltiruvchi qurilmalar yo„l yoqasining chetini, xavfli to„siqlarni kechasi 
va yomon sharoitlarda ko„rishini ta‟minlashi uchun qo„llaniladi. Yo„naltiruvchi 
ustunchalar avtomobil yo„llarining yoritilmaydigan uchastkalarida yo„l to„siqlari 
o„rnatilmaydigan hollarda quyidagi joylarda o„rnatiladi: 
1. Bo„ylama kesimdagi egri uchastkalarga yaqinlashish joylarida 
ko„tarmaning balandligi 2 m dan oshmagan va harakat miqdori 1000 avt/sut.dan 


144 
ko„p bo„lganda yo„lning har ikki tomoniga 3 tadan yo„naltiruvchi ustuncha 
qo„yilib, ularning orasi 10-50 m qabul qilinadi. Egri uchastkaning o„zida esa uni 
radiusiga bog‟liq holda 11.17-jadvalga asosan belgilanadi 11.6-rasm. 
11.6-rasm Bo„ylama kesimdagi egrilikda va undan oldindagi yo„l uchastkalarida 
yo„naltiruvchi ustunchalarni joylashtirish. 
2. Yo„lning to„g‟ri uchastkasida ko„tarmaning balandligi 2 m dan kam 
bo„lmagan va harakat miqdori 1000 avt/sut dan ko„p bo„lgan joylarda 
yo„naltiruvchi ustunchalarning orasi 50 m (agarda ustunchaga nur qaytaruvchi 
plenka yopishtirilmagan bo„lsa) yoki 100 m (agarda ustunchaga nur qaytaruvchi 
plyonka yopishtirilgan bo„lsa) belgilanadi. 
3. Rejadagi egri uchastka oldidan har ikki tomonida uchtadan va egrilikning 
o„zida radiusning o„zgarishiga qarab yo„naltiruvchi ustunchalar 11.17-jadvalga 
binoan qo„yiladi 11.7-rasm. Bu holda ko„tarmaning balandligi 1 m dan kam 
bo„lmasligi kerak. 


145 
11.17-jadval
Bo„ylama 
kesimdagi 
egrilik radiusi 
R
, m 
Egrilikdagi 
ustunchalar 
orasidagi masofa 
0
l
, m 
Egrilikka yaqinlashadigan 
uchastkadagi ustunchalar oralig‟i, 

1
l
2
l
3
l
100 


17 
34 
200 

12 
23 
47 
300 

15 
30 
50 
400 
11 
17 
33 
50 
500 
12 
19 
37 
50 
1000 
17 
27 
50 
50 
2000 
25 
40 
50 
50 
3000 
30 
47 
50 
50 
4000 
35 
50 
50 
50 
5000 
40 
50 
50 
50 
6000 
45 
50 
50 
50 
8000 
50 
50 
50 
50 
11.7-rasm. Rejadagi egrilikda yo„naltiruvchi ustunchalarni joylashtirish 
4. Chorrahadagi egri uchastkalarda 11.18-jadvaldagi ko„rsatmalarga asosan. 


146 
5. Avtomobil yo„li botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 1-2 m 
bo„lganda) parallel joylashgan joylarda yo„naltiruvchi ustunchalarni har 10 m 
masofada o„rnatiladi. 
11.18-jadval
Rejadagi 
radius 
R
, m 
Egrilikdagi ustunchalar 
orasidagi masofa 
0
l
, m 
Egrilikka yaqinlashadigan 
uchastkadagi ustunchalar 
oralig‟i, m 
Tashqi
tomondan 
0
l
ichki tomondan 
1
l
2
l
3
l
4
l
20 



10 
20 
30 



11 
21 
40 



15 
31 
50 

10 
12 
20 
40 
100 
10 
20 
25 
42 
50 
200 
15 
30 
30 
45 
50 
300 
20 
40 
40 
50 
50 
400 
30 
50 
50 
50 
50 
500 
40 
50 
50 
50 
50 
600 va ko„p 
50 
50 
50 
50 
50 
6. Ko„prik va yo„l o„tkazgichlarning har ikkala tomonidan 10 m masofada 
yo„lning ikki tarafiga 3 tadan. 
7. Suv o„tkazgich quvurlarning o„qi bo„yicha yo„lning ikki tarafiga bittadan 
(agarda quvurning diametri 1,5 m kam bo„lsa) va 3 tadan har ikki tomonga (agarda 
quvurning diametri 1,5 m katta bo„lsa) har 10 m masofada yo„naltiruvchi 
ustunchalar joylashtiriladi. 
Yo„naltiruvchi ustunchalar yo„l yoqasining chetidan 0,35 m dan kam 
bo„lmagan masofada va yo„l qatnov qismining chetidan 0,75 m dan kam 
bo„lmagan masofada yo„l yoqasiga joylashtirilib, ularning balandligi 0,75

0,80 m 
belgilanadi 11.19-rasm. 


147 
11.19-rasm. Yo„naltiruvchi ustunchalarni o„rnatish. a-chap; b- o„ng. 
Sun‟iy yoritiladigan tumbalarni aholi yashaydigan joylarda ajratuvchi 
polosalarning boshlanishida va transport tonnellarining yon devorlari oldida 
o„rnatiladi. 
Yo„naltiruvchi xavfsizlik orolchalari chorrahalardagi umumiy harakat miqdori 
1000 avt/sut va buriladigan transport vositalari aholi yashamaydigan joylarda 10 
%, aholi yashaydigan joylarda esa 20 % dan kam bo„lmasa, o„rnatilishi ko„zda 
tutiladi. Shuningdek, yo„naltiruvchi xavfsizlik orolchalari er usti piyodalar 
o„tadigan joylarda belgilanadi, agarda transport vositalarini harakat miqdori 4000 
avt/sut dan kam bo„lmasa. 

Download 5,25 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish