155
Muvofiqlashtirilgan boshqarish deganda bir nechta chorrahadagi boshqarish
bir-biri bilan birgalikda vaziyatiga qarab harakatni boshqarish tushuniladi. Bunday
boshqarish chorrahalar orasidagi masofa 150-600 m bo„lganda tavsiya etiladi.
Muvofiqlashtirilgan
boshqarishning
avtonom
boshqarishdan
afzalligi
quyidagilardan iborat: o„tkazish qobiliyati va harakat tezligi oshadi; yonilg‟i sarfi,
atmosferaning bulg‟alanishi, transport shovqini va YTH kamayadi; avtomobilning
tormoz sistemasi va boshqa mexanizmlarining ishlash muddati oshadi.
Muvofiqlashtirilgan boshqarishning ikki xil tizimi mavjud: sinxronli va progressiv.
Sinxronli tizimda hamma chorrahalardagi svetoforlarda bir vaqtning o„zida bir
xil signal yonadi va almashadi (bu tizimni “yashil ko„cha” deb yuritiladi).
Progressiv tizimda - signallar chorrahadagi svetoforlarga, harakat tezligiga va
miqdoriga qarab biror vaqt birligida surib beriladi yoki ko„cha “yashil to„lqin”
rejimida ishlaydi.