• 11-Bob. Avtomobil yo„llarida harakat xavfsizligini ta‟minlash 11.1. Yo„lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta‟minlash
  • Щзбекистон республикаси




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/72
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,25 Mb.
    #231473
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72
    Bog'liq
    Алоқа йўллари (1)

    Nazorat savollari: 
     
     
    1.
    Yo„llardagi harakat vositalari va yo„lovchilarga xizmat ko„rsatish nimadan 
    iborat?
    2.
    Yuk tashish va yo„lovchi tashishga xizmat ko„rsatish inshootlari haqida 
    nima bilasiz? 
    3.
    Avtostantsiya, avtovokzal va avtobus to„xtash joylari haqida tushuncha 
    bering?
    4.
    Harakat ishtirokchilariga va texnik vositalarga xizmat ko„rsatish haqida 
    ma‟lumot bering?
    5.
    YHX hizmati haqida nima bilasiz?
    11-Bob. Avtomobil yo„llarida harakat xavfsizligini ta‟minlash 
    11.1. Yo„lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta‟minlash 
     
    Tayanch so„zlari: 
    yo‘lda harakat, tashkil qilish, xavfsizlik, texnik vositalar, 
    yo‘l belgilari, yo‘l belgi chiziqlari, yo‘naltiruvchi qurilmalar, yo‘l to‘siqlari, 
    yo‘llarni yoritish, svetoforlar.
    Avtomobil yo„llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir 
    haydovchi o„ziga qulay harakat rejimini tanlaydi hamda o„zi tanlagan harakat 
    rejimini boshqa harakat qatnashchilariga ta‟siri bilan hisoblashmaydi. Shuningdek, 
    turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat rejimiga ta‟sir qilishi 
    muqarrar. Yo„l harakatida avtomobillarning o„zaro ta‟siri harakat miqdori qancha 
    ko„p bo„lsa, shuncha orta boradi.
    Yo„l harakatini tashkil etish – transport vositalari oqimini maksimal darajada 
    yo„lning geometrik o„lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil 
    bo„laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o„tkazish qobiliyatini ta‟minlashga 


    125 
    qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo„l harakatini tashkil etish tamoyillari
    transport oqimini to„g‟ri yo„naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo„yicha 
    guruhlarga ajratishga, har bir yo„l bo„lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, 
    haydovchilarga o„z vaqtida harakat marshruti va yo„l sharoiti to„g‟risida axborot 
    berishga qaratilgan. 
    Harakatni tashkil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish (harakatni 
    boshqarishning avtomatik tizimi; svetofor ob‟ektlarini “yashil to„lqin”, “yashil 
    ko„cha” tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi – sekinlashuvchi, revirsiv, rezerv 
    polosalardan foydalanish, ba‟zi bir ko„chalarni bir tomonlama harakatga o„tkazish 
    va h.k.) chorrahalarni har xil sathda o„tkazish, shuningdek transport vositalarining 
    harakat marshrutini ratsional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo„l harakatini 
    tashkil etishda EHM yordamida avtobus va trolleybus, shuningdek, yalpi yuk 
    tashuvchi avtomobillarning optimal harakatlanish grafigini to„g‟ri tuzish katta 
    ahamiyatga ega. Tig‟iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy 
    magistralning tirband yo„l bo„laklaridagi transport oqimining harakatini aylanma 
    yo„llar orqali o„tkazishga intiniladi. Harakatlanish tartibini oshirish uchun 
    avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o„rnatiladi. Bu esa harakat 
    gradientini yo„lda nazarot qilish imkonini beradi. Yo„l harakatini tashkil etishda 
    quyidagi hujjatlarning ahamiyati kattadir: “Yo„l harakati xavfsizligi to„g‟risida”gi 
    O„zbekiston Respublikasining qonuni; yo„l harakati qoidasi; transport 
    vositalarining konstruktiv xavfsizlik me‟yorlari; yo„l va ko„chalar uchun qurilish 
    me‟yorlari va qoidalari. Shuningdek, harakat xavfsizligi bo„yicha soha me‟yoriy 
    hujjatlari. 
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, yo„l harakatini tashkil qilishning asosiy 
    maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezlik bilan yo„lning turli 
    bo„lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o„tkazish tushuniladi.
    Harakatni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    -
    transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta‟minlash; 


    126 
    -
    avtomobillarning yuqori samaradorlik bilan ishlashini har qanday ob-havo 
    sharoitida ta‟minlash va eng yaxshi yo„l sharoitlarini vujudga keltirish; 
    -
    harakat xavfsizligini yo„lning har qanday bo„lagida va turli ob-havo 
    sharoitlarida ta‟minlash; 
    -
    atrof - muhitni bulg‟atmaslik; 
    -
    transport vositalarining va yo„l inshootlarining tez ishdan chiqmasligini 
    ta‟minlash. 
    Harakatni tashkil qilish bo„yicha qo„yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli 
    bajarish uchun turli vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va 
    hokimiyatlar darajasida keng ko„lamli faol ishlar olib borilishi zarur. Harakatni 
    tashkil qilishdagi echiladigan masalalar ko„lamiga qarab, ularni uch darajaga 
    bo„lish mumkin: 
    1.
    Davlat ahamiyatidagi daraja.
    2.
    Vazirliklar darajisi.
    3.
     
    Muhandis xizmati darajasi.

    Download 5,25 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Щзбекистон республикаси

    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish