10.2. Yuk tashish va yo„lovchi tashishga xizmat ko„rsatish inshootlari
Haydovchi dam olish talablarini qoniqtiruvchi majmualarni joylashtirish
yo„lovchi talablarini ham qoniqtirishi lozim. Majmualar tarkibi bilan birgalikda,
mehmonxona yoki motellardagi joylar soni, bufet va restorandagi o„rindiqlar soni,
avtomobil to„xtash joyi o„lchamlari yo„lovchi soni va talabiga bog‟liq bo„ladi.
Transport vositalariga hizmat ko„rsatish inshootlariga avtomobillarga
yonilg‟i quyish shahobchalari (AYOQSH), texnik xizmat ko„rsatish stantsiyalari
(TXKS), texnik xizmat punktlari (TXP) avtomobillarni ko„rigi uchun estakadalar
kiradi. Yo„l harakatiga xizmat ko„rsatishda avtomobillarga yonilg‟i quyish
shahobchalari (AYOQSH) bo„lishi lozim. Ularni o„tkazish qobiliyati va yo„l
bo„ylab joylashishi harakat jadalligini inobatga olgan holda texnik-iqtisodiy
hisoblar, stantsiya quvvati va boshqa omillar asosida aniqlanadi. Texnik xizmat
ko„rsatish stantsiyalari (TXKS) iloji boricha AYOQSH va boshqa yo„l harakatiga
xizmat ko„rsatish bilan bir majmuada joylashtirish lozim. Tezkor xizmat ko„rsatish
107
uchun avtomobil yo„llarida tezkor chaqiruv kolonkalari o„rantish tavsiya etiladi.
Bunday kolonkalar yaqin o„rtadagi yo„ldan-foydalanish uchastkalari, tibbiy xizmat
va avariya oqibatida zararlangan transport vositalarini olib ketuvchi texnikalar
bilan qisqa muddat ichida telefon orqali bog‟lanish imkonini beradi.
Zarar ko„rgan avtomobillarni 500m gacha bo„lgan masofaga evakuatsiya
qilish uchun maxsus transport vositasi har -xil qurilmalar, zarar ko„rgan
avtomobillarni ko„tarish va shatakka olish qurilmalari bilan jihozlangan bo„lishlari
lozim.
Avtomobil yo„llarini ta‟mirlash va saqlash uchun yo„l bo„ylab xizmat
inshoatlarini joylashtirish tavsiya etiladi.
Yul xizmati sharoitlari o„z ichiga yo„llarni boshqarish binolari, yo„ldan-
foydalanish xizmati, ishlab chiqarish bazalari, texnologik aloqa qurilmalari, yo„l
o„tkazgich va ko„priklarga xizmat ko„rsatish shahobchalari, xizmatchilar va
ishchilar uchun uylarni oladi.
Harakatga xizmat ko„rsatish tizimini loyixalash maqsadi uchun mahalliy
sharoit klassifikatsiyasi:
1- axoli zich joylashgan tumanlar; harakat jadalligi 7000 avt/sut dan kam
bo„lgan, tranzit qatnovlar miqdori sezilarli bo„lmagan avtomobil yo„llari;
2-axoli zich joylashgan tumanlar; oqimda tranzit avtomobillar sezilarli
miqdorda bo„lgan, harakat jadalligi 7000 avt/sut dan yuqori bo„lgan avtomobil
yo„llari.
3-o„zlashtirilmagan axoli kam yashovchi tumanlar; oqimda tranzit
avtomobillar miqdori yuqori bo„lgan (harakat jadalligidan qat‟iy nazar) avtomobil
yo„llari.
4-shaharlar orasidagi masofa 150 km dan yuqori bo„lgan qishloq xo„jalik
tumanlari; tranzit harakat mavjud bo„lgan, harakat jadalligi 1000 dan 7000 avt/sut
gacha bo„lgan avtomobil yo„llari.
5- kurort tumanlari; tarixiy va e‟tiborga molik joylar, harakat jadalligidan
qat‟iy nazar avtomobil yo„llari.
108
Xizmat ko„rsatish majmualari haydovchi va yo„lovchilarga dam olish,
ovqatlanishi va tungi dam olish, hamda transport vositalariga texnik xizmat
ko„rsatish, ularni yonilg‟i va moylash materiallari bilan ta‟minlash korxonalari va
inshootlarini o„z ichiga oladi. Davomiyligiga bog‟liq holda dam olish joylari
qisqa muddatli va davomiy dam olish joylariga bo„linadi. Agar dam olish
davomiyligi 30 min. dan oshmasa, qisqa muddatli dam olish hisoblanadi. Ayrim
hollarda esa qisqa muddatli dam olish joylaridan ma‟lum bir muddatgacha (1-2
soat) foydalanish mumkin. To„xtash davomiy bo„lmagan joylarda avtomobil
yo„llari bo„ylab dam olish maydonlari va tomosha maydonlari ko„rinishidagi
maxsus joylar bilan jixozlash tavsiya etiladi.
Davomiy dam olish joylari xarakteri va o„lchamiga bog‟liq holda o„z ichiga
mehmonxona, motel yoki kemping hamda ovqatlanish maskanlarini olishi lozim.
O„z navbatida kafelar, bufetlar, oshxonalar, restoranlar kiradi 10.1-rasm.
10.1– rasm. Avtomagistrallarda xizmat ko„rsatish majmulari namunalari:
1-motel; 2 - motel oldida avtomobillar uchun to„xtab turish joylari;
109
3 - restoran; 4 - restoran oldida avtomobillar uchun to„xtab turish joylari; 5 - xizmat
ko„rsatish xodimlari yashaydigan mintaqa; 6 - sport maydonchalari; 7 - texnik
xizmat ko„rsatish stantsiyalari oldida avtomobillar uchun to„xtab turish joylari;
8 - texnik xizmat ko„rsatish stantsiyasi; 9 - avtomobillarga yonilg‟i quyish
shahobchasi.
Transport vositalariga xizmat ko„rsatish uchun xizmat ko„rsatish majmualari
o„z ichiga avtomobillarga yonilg‟i quyish shaxobchalari, texnik xizmat ko„rsatish
stantsiyalari, texnik xizmat punktlari, yuvish punktlarini ( qoida bo„yicha shaharga
kirish joylarida) oladi. Sayoxat yo„nalishlarida, kurorot mintaqalarida va boshqa
yo„lovchi va haydovchilarni davomiy dam olish joylarida (2 sutkadan ko„p)
avtopansionatlar qo„yish tavsiya etiladi 10.2,10.3-rasmlari.
10.2-rasm. Yirik harakatga xizmat ko„rsatish majmua planirovkasi:
1 – motel, restoran, do„kon; 2 – AYOQSH, kafe, extiyot qismlar do„koni;
3 – benzin quyish kolonkalari mavjud yonilg‟i quyish orlochalari; 4 – texnik
xizmat ko„rsatish avtomobillari to„xtab turish joylari; 5 –texnik xizmat ko„rsatish
stantsiyalari; 6 – yuk avtomobillari to„xtash joylari; 7 – bolalar maydoni;
8 – 26x12,5 m li cho„milish xavzasi – dush; 10 – echinish xonasi; 11 – kafe – bar;
12 – xo„jalik sahni; R – engil avtomobillar to„xtab turish joyi.
110
10.3–rasm. Harakatga kichik xizmat ko„rsatish majmualari:
1 – texnik xizmat ko„rsatadigan avtomobillar to„xtash joyi; 2 – AYOQSH,
kafe, extiyot qismlar do„koni; 3 – ma‟muriyat binosi; 4 – chodir va avtomobillar
uchun joy; 5 – yuvinish joylari va dushlar; 6 – o„z-o„ziga xizmat ko„rsatish
oshxonalari; 7 – tibbiy xizmat shahobchasi; 8 – bar.
Avtostantsiya, avtovokzal va avtobus to„xtash joylari 10.4-rasmda keltirilgan.
10.4–rasm. Avtobus bekatlarini ko„kalamzorlashtirish:
1 – majnuntol, dub, chinor; 2 - qora archa.
|