50
yo„li. Shu
korxonaning ishlab chiqarish, texnologik talablari asosida
loyihalanadi.
Sanoat yo„llarida har xil yuklarni
tashish bilan birgalikda, ular
mahsulotlarni iste‟molchiga etkazib berishda va mahsulot ishlab chiqarishda
bevosita ishtirok etadi. Mujassamlangan «sanoat transporti»
tushunchasi sanoat,
qurilish, qishloq xo„jaligi va boshqa korxonalarga xizmat ko„rsatuvchi umum
foydalanilmaydigan transport vositalarini anglatadi. Sanoat yo„llari joylashishi va
vazifalariga ko„ra tashqi va korxona ichi sanoat yo„llariga bo„linadi.
Tashqi sanoat
yo„llarida korxonaga keltirilgan xom-ashyo, yarimfabrikat yonilg‟i va boshqa turli
buyumlarni umum foydalanadigan magistral transportidan korxona ichiga va
tayyor mahsulotlar hamda bo„shagan vagonlarni magistral transport yo„llarigacha
tashish bilan shug‟ullanadi.
Korxona ichi sanoat transporti xom-ashyo yarimfabrikatlar, turli xil detallar,
yonilg‟i va boshqa buyumlarni omborxonalardan ŝexlarga, ŝexlararo va ŝex ichida
tayyor buyumlarni esa ŝexlardan omborxonalarga tashish bilan shug‟ullanadi.
Sanoat yo„llari undagi transport turiga qarab, temir yo„l, avtomobil yo„l, suv
yo„li, quvur o„tkazgich va maxsus (osma arqon yo„l va h.)lar
kompleksi yoki
ulardan ayrimlari bo„lishi mumkin. Bundan tashqari unga ŝexlar ichi, ŝexlararo
ishlovchi turli konveyer va transporterlar,
elektr yoki avtomobil, yuk karalari
harakatlanadigan yo„llar kiradi 6.1-rasim.
6.1-rasm. Sanoat yo„llari
51
Tashqi sanoat transportining asosini temir yo„l
transport va avtomobil
transporti tashkil etadi, ular hisobiga 80% yuk to„g‟ri keladi. Sanoat yo„llari
shaxobchalari uzunligiga qarab quyidagilarga bo„linadi: 1 km gacha - 58%, 1 - 5
km gacha - 30%, 5-10 km gacha - 6%, 10 km dan ortiq - 6%. Qazib oluvchi sanoat
yo„llari ishida temir yo„l transporti va avtomobil transporti keng qo„llaniladi: temir
yo„l transporti toshko„mir ochiq konlarida, avtomobil transporti - rangli metall va
tog‟-kimyo,
xom-ashyosi
konlarida
qo„llaniladi.
Sanoat
yo„llarini
rivojlantirishning asosiy yo„nalishlaridan biri konveyer yo„llarini rivojlantirishdir.
Sanoat avtomobil yo„llari tasnifi: Yuk tig‟izligi bo„yicha - 1 mln.t. netto bir
yilda va undan ko„p - III p - turkum. 1 mln.t. netto bir yilda - IV p turkum.
Engil avtomobilga keltirilgan harakat miqdoriga qarab: 2000 avt./sut va ko„p
- III p. 2000 avt./sut dan kam. -IV p. Turkum.