27
3-Bob. Avtomobil yo„llari va uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi
ahamiyati
3.1. Avtomobil yo„llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o„rni
Tayanch so„zlari:
avtomobil, yo‘l, yo‘l tarmog’i, avtomagistral, yo‘l holati,
yo‘l tarmog’ini rivojlantirish.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20-dekabrdagi PF535
farmoyishida keltirilgan “O„zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi
avtomobil yo„llarini 2007-2010 yillarda va uzoq muddatli
kelajakda rivojlantirish
dasturi”da respublikaning iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta‟minlaydigan xalqaro
transport yo„laklarini
barpo qilish, tranzit va viloyatlar oralig‟ida ishonchli
transport aloqasini ta‟minlash, respublikaning tashqi integratsiyalashgan
va ichki
birikkan yagona transport muhitini shakllantirish, Buyuk Ipak Yo„lini qayta tiklash
va jahon bozoriga chiqish kabi masalalar davlat yo„l siyosatining ustuvor vazifalari
etib belgilangan. Ushbu vazifalarning amaliy echimi mavjud avtomobil yo„llari
tarmog‟ining transport-foydalanish sifatlarini oshirish, yo„llarning
texnik va
foydalanuv holatlarini yo„ldan foydalanuvchilar talablariga muvofiqlashtirish,
avtomobillar harakat sharoitining qulayligi va xavfsizligini ta‟minlash, yo„llarni
saqlash ishlarini samarali tashkil qilishni talab qiladi.
Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi, avvalo, transport
kommunikatsiyalarining
holatiga
bog‟liqdir. Prezidentimiz I.
Karimov
ta‟kidlaganlaridek