|
Сиёсатшунослик ва социологияBog'liq Журнал Таълим тиз.2023.3-сонПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ
36
o‘rganishdan avval kirish mashg‘uloti tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday kirish
mashg‘ulotida o‘quv dasturida belgilangan vazifalar qisman hal etiladi: Abdulla Qodiriy
o‘zbek romanchiligining asoschisi ekanligi; o‘zbek nasrida realistik metodning qaror
topishida Abdulla Qodiriyning xizmatlari; XX asr millat ma’naviy hayotida «O‘tkan
kunlar» romanining o‘rni; romanning ijodiy tarixi va taqdiri kabi masalalar 15-20 minutlik
kirish mashg‘ulotida yoritiladi. Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi adabiyotshunos olimlardan
O.Sharafiddinov, U.Normatov, N. Karimovning «O‘tkan kunlar» haqidagi risola va
maqolalaridan ayrim ko‘chirmalarni o‘qib bersa, dars yanada mazmunli o‘tadi.
Abdulla Qodiriyning o‘g‘li Habibullo Qodiriyning «Otam haqida», shoir
Shukrulloninng «Kafansiz ko‘milganlar» tarixiy hujjatli asarlaridan ham qiziqarli
ma’lumotlarni keltirib o‘tish foydali. Xullas, dars jihozlari sifatida adibning hayoti va
ijodiga bag‘ishlangan adabiy albom, matbuot materiallari, adabiyotshunos olimlar asarlari
tanlanadi. Ular sinfda yaxshigina ko‘rgazma holida qo‘yilib, talabalarga taqdim etiladi.
Magnit tasmasidan Mashrabning «O‘rtar» g‘azaliga bastalangan kuy va qo‘shiq ohista
yangraydi. O‘qituvchi romandan Otabekning mayxonaga kirib kelishi, sozandani chaqirib
kuy ijro etishini so‘rab, iztirobli kechinmalarni boshdan kechirishi bilan bog‘liq epizodni
o‘qib beradi. Otabekning bunday holatga tushib qolishiga qaysi voqealar sabab bo‘ldi?
Otabek qanday inson? Uning ko‘ngil qo‘ygan yori-chi? Ro‘y bergan chigal hodisalar tarixi
qanday? Muammoning “tuguni” qaerda? Muammoli savollar tarqatilgan talabalar savollarga
javob bera boshlaydilar. Javoblar yetarli bo‘lmagan o‘rinlarni boshqa talabalar to‘ldirib
boradilar, barcha mulohaza-munozarani o‘qituvchi boshqaradi. Darsning keyingi bosqichida
talabalarga asar matnidan olingan portret va joy tasvirlaridan namunalar tarqatiladi.
“Saroyning to‘rida boshqalarga qaraganda ko‘rkamroq bir hujra. Anovi hujralarg‘a
kiyiz to‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, o‘zgalarda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan
bo‘lsa, munda ipak va adras ko‘rpalar, narigilarida qora charog‘ sasig‘anda, bu hujrada
sham’ yonadir, o‘zga hujralarda engil tabiatli serchag‘chag‘ kishilar bo‘lganida bu hujraning
egasi ham boshqacha yaratilishda”. [1]
“Og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan qora ko‘zlik,
mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jihoz
yog‘idan, ham ega jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi. Qandog‘dir bir xayol ichida
o‘lturg‘uchi bu yigit Toshkandning mashhur a’yonlaridan bo‘lg‘on Yusufbek hojining o‘g‘li
– Otabek”. [2]
“Bu ikki kishining bittasi gavdaga kichik, yuzga to‘la, ozroqqina soqol – murtlik,
yigirma besh yoshlar chamaliq bir yigit bo‘lib, Marg‘ilonning boylaridan Ziyo shohichi
deganning Rahmat otliq o‘g‘lidir, ikkinchisi: uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir
ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttiz besh yoshlarda bo‘lg‘on ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit
yaxshigina davlatmand bo‘lsa ham lekin shuhrati nima uchundir boylig‘i bilan bo‘lmay,
“Homid xotinboz” deb shuhratlanga n”. [3]11
“Mirzakarim ismlik qirq besh-ellik yoshlar chamasida qora qosh, qora ko‘z, ko‘rkam yuz,
yaxshigina kiyingan bir kishi bo‘lib, Akrom hoji ellik besh yoshlar orasidagi bir keksa edi.”
[4]
“Tanchani ikki biqinida ikki xotin: bulardan bittasi ichidan atlas ko‘ylak, ustidan
odmi xon atlas guppi kiygan, boshig‘a oq dakanani xom tashlag‘on, o‘ttuz besh yoshlar
chamaliq, go‘zal, xushbichim bir xotin. Yuzidan muloyimliq, eriga itoat, to‘g‘riliq
ma’nolari tomib turg‘an bu xotin qutidorning rafiqasi – Oftob oyim, ikkinchisi etmishlardan
o‘tgan bir kampir, Oftob oyimning onasi – Oysha bibi. O‘choq boshida qo‘polgina, qirq
besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi
|
| |