|
Сиёсатшунослик ва социологияBog'liq Журнал Таълим тиз.2023.3-сонПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ
37
– To‘ybeka”. [5] “...uyning to‘riga solingan atlas ko‘rpa, par yostiq quchog‘ida sovuqdan
erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uyg‘oq yotqan bir qizni ko‘ramiz. Uning qora zulfi
par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jingila kiprik ostidag‘i
timqora ko‘zlari bir nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi qop-qora kamon,
o‘tib ketkan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi...
to‘lg‘on oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi....
shu vaqt ko‘rpani qayirib ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burinining o‘ng tomonida,
tabiatning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan
olib o‘ltirdi. Sariq rupoq atlas ko‘ylakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib
turmoqda edi. Turib o‘ltirgach, boshini bir silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi. Silkinish orqasida
uning yuzini to‘zg‘igan soch tolalari o‘rab olib jonsiz bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida
ko‘ringan malak qutidorning qizi – Kumushbibi edi”. [6]
Qo‘lingizdagi asar matnidan olingan portret tasviri orqali yozuvchi Abdulla Qodiriy
uslubi va mahoratiga oid qanday mulohaza bildira olasiz? Nima uchun Qodiriy romanning
ilk sahifasidanoq xilma-xil qahramonlar portretlarini yaratishga intilgan? Talabalarning fikr-
mulohazalari tinglangach, keyingi savolni o‘rtaga tashlash mumkin: Portret tasvirini
yaratishda Qodiriy qahramon yuzini, kiyimlarini qanday ranglardan foydalanib tasvirlagan?
Buni tasavvur qila oldingizmi? Oq (oqish) ranglardan yozuvchi qanday maqsadda
foydalangan? To‘q (qoramtir) ranglar qahramonlar (Homid, Sodiq, Jannat) qiyofasi va
ruhiyatini tasvirlashda etakchilik qilishi sababini izohlay olasizmi?
Fikr-mulohazalar munozarasi galdagi savollar orqali davom ettiriladi: endi boshqa
talabalarga roman qahramonlari o‘rtasidagi dialoglardan misollar yozilgan kartochkalar
tarqatiladi. Qahramonlar o‘rtasidagi dialoglar vositasida talabalar har bir personajning
insoniy qiyofasini, ichki olamini sharhlab yoritishlari lozim. Munozara-muhokamada
boshqa talabalar o‘rtoqlari bildirgan mulohazalarni to‘ldiradilar yoki savolga o‘z dalil-
isbotlariga asoslanib, yangicha javob berishlari mumkin.
“Menimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo‘qdir, – dedi Rahmat va Otabekka
yuz o‘girdi. Uylangach, xotining ta’bingga muvofiq kelsa, bu juda yaxshi; yo‘qsa
munchalik og‘ir gap dunyoda bo‘lmas.. . Uylanishdagi ixtiyorimiz, – dedi Rahmat, – ota-
onalarimizda bo‘lg‘anliqdan oladirg‘an kelinlari o‘g‘illariga yoqsa emas, balki uning ota-
onalari o‘zlariga yoqsa, bas. Bu to‘g‘rida uylanguchi yigit bilan er qilg‘uchi qizning lom-
mim deyishka haq va ixtiyorlari bo‘lmay, bu odatimiz ma’qul va mashru’ ishlardan emasdir.
Masalan, men: ota-onamning yoqtirishlari bilan uylandim... ammo xotinim ota-onamga
muvofiq bo‘lsa ham menga muvofiq emas, siz aytgandek, ehtimol men ham xotinimg‘a
muvofiq emasdirman.. So‘zingiz juda to‘g‘ri, bek aka”.[7]
“Otabek Rahmatning bu so‘zini samimiyat bilan qarshiladi.
– So‘zingizning to‘g‘rilig‘ida shubha yo‘q, – dedi, – ammo shuni ham qo‘shmoq
kerakki, oladirg‘an xotiningiz sizga muvofiq bo‘lmish barobarida er ham xoting‘a muvofiqu
tab’ bo‘lsin”. [8]
“Xoting‘a muvofiq bo‘lish va bo‘lmaslikni uncha keragi yo‘q, – dedi Homid
e’tirozlanib, – xotinlarg‘a “er” degan ismning o‘zi kifoya. Ammo jiyan aytgandek, xotin
degan erga muvofiq bo‘lsa bas”. [9]
“Jiyan, – dedi Homid Rahmatga qarab, – boshlab uylanishing albatta ota-onang
uchun bo‘lib, ulardan ranjib yurishingni o‘rni yo‘q. Xotining ko‘nglingga muvofiq kelmas
ekan, muvofiqini olib xotinni ikki qil. Bunisi ham kelishmasa uchinchisini ol”. [10] Ushbu
dialoglar har uch shaxs dunyoqarashini qaysi jihatini yoritadi. Asar qahramonlari uylanish
masalasida o‘z qarashlarini bayon etganlari ma’lum bo‘ldi. Xo‘sh, siz kimni yoqlaysiz va
|
| |