Сиёсатшунослик ва социология




Download 491,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana16.09.2024
Hajmi491,93 Kb.
#271239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Журнал Таълим тиз.2023.3-сон

ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ 
38 
nima uchun? Otabek ota-ona rizoligi uchun bosh egib to‘g‘ri qildimi? Uning o‘rnida siz 
nima qilgan bo‘lardingiz? 
Qo‘yilgan savollar yoritilgach, o‘qituvchi fikrlarni umumlashtirib, talabalar diqqatini 
romandan tabiat tasviri berilgan lavhalarga qaratadi: asarda tabiat tasviridan yozuvchi 
qanday maqsadda foydalangan deb o‘ylaysiz? 
“Poyonsiz qirlarning nihoyatsiz bijir-bijir ko‘rib to‘ymasliq ko‘k gilamlari va ularning 
dimog‘larig‘a majburiy iskatkan davo islari, yoqimliq hidlari har qandoq ishdan 
chiqayozg‘an hayot egasini ozg‘ina bo‘lsa ham epka ola biladirlar. Shuningdek, bu chechak 
qirlari o‘z bag‘rida suzib borg‘an Otabekni ham o‘ziga qaratmay qo‘ymaydir.” [11]
“Hozir ko‘klam kunlari: qirlar, tog‘lar, soylar.... tag‘in allaqancha ranglik chechaklar 
bilan ustlarini bejab qishi bilan to‘nggib arang etishkan oshiqlarig‘a yangi hayot, yangi 
umid beradirlar”. [12]
Otabek ota-ona tilagiga bosh eggach, ayriliq, hijron, iztirob iskanjasida qoladi. Shu 
damlarda Otabek va Kumush dilidan kechgan kechinmalarni yorqin ifodalashda yozuvchi 
ularning maktublaridan mahorat bilan foydalangan.
Siz ikki sevishgan qalb tuyg‘ulari bitilgan maktublar orqali Otabek va Kumush 
xarakterining qaysi jihatlarini bilib oldingiz? Bu kabi savollar Abdulla Qodiriy uslubini, 
uning betakror qiyofasini yoritishga yo‘naltirilishi kerak. 
Adabiyotda milliylik masalasi hamisha adabiyotshunoslarning diqqat markazida 
bo‘lgan va tadqiq etilgan. “O‘tkan kunlar” birinchi o‘zbek milliy romani deb e’tirof etilgani 
ham bejiz emas. O‘zbek adabiy tili imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanib, milliy 
xarakterlar, milliy ruhiyat aks ettirilganligi; milliy hayot manzaralarini, urf-odat, odob-axloq 
qirralarini milliy madaniyat nuqtai nazaridan tasvirlashga erishganligi adibning ulkan ijodiy 
yutug‘idir. Adib o‘zining bosh maqsadi sifatida o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, klassik 
adabiyotga xos milliy ruhni roman janriga olib kirish deb belgilaganligi asardagi so‘z 
boshidanoq ma’lum bo‘ladi. O‘z asarida yozuvchi milliy ruh va milliy tafakkurni aks 
ettirish orqali milliy hayot tarzini, maishiy hayot muammolarini gavdalantirdi hamda 
Otabek, Kumush, Mirzakarim qutidor, Yusufbek hoji kabi obrazlarni milliy xarakterlar
darajasida jonlantirishga erishdi. Demak, adibning bu romani orqali, undagi «muallif 
obrazi»ga tayanib uning o‘z davriga munosabatini, davr muammolariga nisbatan 
qarashlarini anglash mumkin. Adib ijodining bu jihatlari, eng avvalo, Oybek tomonidan,
60-yillardan boshlab esa A. Aliyev, M. Qo‘shjonov, S. Mirvaliyev, I. Mirzayev, X. 
Lutfiddinova, U. Normatov singari adabiyotshunos olimlar tadqiqotlarida, risola va 
monografiyalarida yoritilgan.
Adib o‘z romani orqali nafaqat tarixiy davrni va o‘sha davr hayotiga oid maishiy 
masalalarni, balki insoniy muhabbatga, oila qurishga bo‘lgan o‘z munosabatidan kelib 
chiqib, milliy muammolarni badiiy tadqiq etgan. Milliy zaminda unib-o‘sgan an’analar, urf-
odatlar, milliy axloq, odob, madaniyatning kishilar ruhiy olamiga ta’siri va ana shu 
milliylik ularning ma’naviy go‘zalligini ta’minlaganligini o‘z qarashlariga mos qahramonlar 
timsolida ko‘rsatishga erishgan. Har bir xalq milliy qadriyatlari, o‘ziga xos milliy tafakkuri, 
hayot tarzi bilan boshqa millatlardan farq qilishini Otabek, Kumush, Qutidor, Yusufbek 
hoji, O‘zbek oyim, Oftob oyim timsolida yorqin his qilamiz. Keling, asardan biz aytgan 
fazilatlar yaqqol ko‘zga tashlanuvchi o‘rinlarni topib, tahlil qilaylik. 
Talabalarga quyidagi tarqatmalar tarqatiladi: 
“Hasanali chiqdi. Rahmat Otabek bilan yana bir qayta sog‘liq so‘rashganidan keyin 
so‘radi: 
Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka? 



Download 491,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 491,93 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Сиёсатшунослик ва социология

Download 491,93 Kb.
Pdf ko'rish