Сиёсатшунослик ва социология




Download 491,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana16.09.2024
Hajmi491,93 Kb.
#271239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Журнал Таълим тиз.2023.3-сон

ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ 
39 
Otabek Rahmatning savoliga javob bermay, eshikka qaradi. Hasanalini hujradan uzoqlatib, 
so‘ngra javob berdi: 

Qulimiz. 
Bu so‘zdan nima uchundir Homid ajablangan edi”. [13] Bu o‘rinda
Otabekka xos odob, hayo bilan “o‘qimishli yigit”ga xos saviya yaqqol aks etganligi 
ta’kidlanishi lozim. 
Romandan to‘y manzarasi, qizlar majlisi kabi o‘rinlar tasvirlangan parchalar orqali 
esa o‘zbekona urf-odatlar, milliy xususiyatlar talqinini o‘rganish mumkin. O‘zbek oyim va 
Oftob oyim timsollari tom ma’nodagi milliy xarakterlardir. Yozuvchi o‘zbek xalqiga xos 
milliy xususiyatlarni Yusufbek hoji oilasi, ularning turmush tarzi orqali ayrim urf-odatlar 
inson hayotiga, taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, oqibatda inson hayotida fojia yuz berishi 
mumkinligi haqidagi o‘z qarashlarini badiiy gavdalantirgan. Bu jihati bilan roman 
yozuvchiga xos ilg‘or qarashlarni, o‘z davri muammolariga izchil munosabatni ifoda etadi. 
Har ikkala xonadonda o‘zbekona urf-odat, odob, intizom, muomala-munosabat yuqori 
darajaga ko‘tarilgan. Har qanday vaziyatda ham odob-hayo, andisha, aql bilan ish tutishga 
intilish Yusufbek hoji bilan Qutidor oilalariga xos xususiyatlar. Ammo nima sababdan 
Qutidor yolg‘on taloq xatiga ishonadi? Talabalar o‘z mulohazalarini dalillovchi parchalarni 
o‘qib berib, uni tahlil qilib, savolga javob berishga intiladilar. Shu tariqa O‘zbek oyim, 
Otabek, Yusufbek hoji, Qutidor, Oftob oyim timsollari talqinidagi milliy xususiyatlarni 
ochuvchi epizodlar tahliliga o‘tiladi.
Yusufbek hoji nafaqat mehribon, aqlli, iymonli ota, balki xalqparvar, yurtsevar, 
kambag‘alparvar inson. U yurtning ertasi haqida qayg‘uradi, xalq tashvishi bilan yashaydi. 
Yusufbek hojining dunyoqarashi, hodisalarga munosabati XIX asrning o‘rtalaridagi 
mas’uliyatli, elsevar, donishmand ajdodlarimiz tafakkurini, siyosiy qarashlarini, ularning 
rus bosqinchiligi arafasidagi ma’naviy va ruhiy holatini aks ettiradi. 
Tahlil jarayonida sinf bir necha guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga “Umr savdosi – 
kundosh balosi” borasida Yusufbek hoji bilan Qutidor va Oftob oyimning qarashlari aks 
etgan epizodlarni asardan topish va tahlil qilish topshiriladi. Talabalar e’tibori milliy 
xarakterlarning nafaqat milliy libosga, balki milliy ruhiyat va tuyg‘ularga ham bog‘liqligiga 
qaratiladi. Ikkinchi guruh talabalariga Kumush bilan Zaynabga xos aynan shu jihatlar 
mahorat bilan tasvirlangan epizodlarni asardan topib, tahlil qilish topshiriladi.
Boshqa guruh talabalari Kumushning Toshkentga kelishi bilan Zaynabning 
ruhiyatida yuz bergan o‘zgarishlar, undagi xudbinlik illati yuzaga chiqishi bilan bog‘liq 
manzaralar tasviri tahliliga jalb qilinadilar. Ularning e’tibori Xushro‘y obraziga qaratiladi. 
Zaynab bilan opasi aslida bir-birlarining aksi. Ammo ular bir muhitda unib-o‘sgan yagona 
daraxt shoxlari kabi taassurot qoldiradi. Zaynab barcha kechinma-yu, his-tuyg‘ularini ichida 
saqlashga moyil. Kumush Toshkentga kelgach, Zaynab Otabekka dil izhorini bayon qiladi. 
Shunda Otabek o‘zini tog‘dan qulagan va qor ostida qolganday his qiladi. Ana shu epizodni 
tahlil qilib, Zaynab ruhiyati haqida fikr aytish so‘raladi.
 
Demak, romanda tarixiy davr tasviri maishiy sharoit tasviri bilan o‘zaro tutashib, 
asardagi tarixiy-milliy koloritni yuzaga keltirgan. Shu tarixiy va maishiy sharoit belgilari 
qahramonlarning fikrlash tarzini, milliy qiyofalarini shakllantiruvchi muhim omilga 
aylangan. Adabiy asarlarni o‘rgatish davomida o‘qituvchi talaba e’tiborini ijodkor uslubi va 
mahoratining bu kabi o‘ziga xos qirralariga qaratish vositasida uning dunyoqarashi, o‘z 
davriga munosabati to‘g‘risida muayyan tasavvur uyg‘otib, betakror ijodiy qiyofasini 
jonlantirishga erishishi mumkin.
 
Shu tariqa oʻzbek tili darslarida mustaqil ishlar uchun kitob tanlash va mustaqil 



Download 491,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 491,93 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Сиёсатшунослик ва социология

Download 491,93 Kb.
Pdf ko'rish