163
birikmalarning erkin holatda mavjud bo‘lishi kuzatiladi.. Kaliy birikmalarining
miqdori odatda natriy birikmalariga nisbatan 1,5–2 barobar ortiq bo‘ladi.
Ishqoriy
oksidlarning (R
2
O 1–1,5 og‘irlik. %) klinkerda yuqori miqdorda mavjud bo‘lishi
maqsadga muvofiq emas, chunki kuydirish chog‘ida qiyinchilik tug‘diradi,
klinker
va ular asosidagi sementlarning gidravlik faolligini pasaytiradi. Klinkerning ikkinchi
darajali fazalariga shuningdek suyuq klinkerli fazani keskin sovutilishida hosil
bo‘luvchi, shishasimon fazani tashkil etuvchi – shisha fazasi kiradi.
Shisha faza
sementlarning gidratatsiya issiqligiga va notekis hajm o‘zgartirishi xususiyatiga ta’sir
etadi. Agar magniy oksidi shisha faza tarkibiga kirsa,
bu sementlarda noxush
holatlarni keltirib chiqarmaydi. Klinkerni kuydirish chog‘ida hosil bo‘luvchi eritma 5
% miqdorga yaqin MgO ni eritishi mumkin, ya’ni klinker og‘irlik miqdoriga nisbatan
taxminan 1,5–2,0 % ni tashkil etadi.
Klinkerni tez sovitish shuning uchun xam sementning qotish chog‘ida notekis
hajm o‘zgartirish xususiyatiga magniy oksidining salbiy ta’sirini bartaraf etadi.
Klinkerda xususiy faza ko‘rinishida CaSO
4
– angidrid mavjud bo‘lishi mumkin.
Sulfidlar odatda mavjud bo‘lmaydi, chunki pechlar
ichidagi kuydirish jarayoni
oksidlanish sharoitlarida kechadi, ammo ba’zan ular sezilarsiz miqdorda (0,1 %
yaqin) namoyon bo‘lishi mumkin; ba’zi holatlarda klinkerlarda metall holatdagi temir
mavjud bo‘lishi mumkin.