Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Uch kalsiyli alyuminat. Sement klinkerida uch kalsiyli alyuminat faqatgina 
qattiq eritmalar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Uch kalsiyli alyuminat portlandsement 
klinkerining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, sementlarning tishlashish tezligi, qotish 
chog‘ida mustahkamlikka erishish, issiqlik ajratish va sulfatbardoshlik kabi xossalari 
u bilan shartli ravishda bog‘liqdir. C
3
A miqdori klinkerlarda odatda 5 dan 8 % gacha 
bo‘ladi. Uch kalsiyli alyuminatning kristall panjarasi qattiq eritmalar ko‘rinishida 10 
% gacha miqdordagi Fe, Mg, Si, Na va K ionlaridan iborat bo‘ladi. Klinkerlarda uch 
kalsiyli alyuminat fazasi quyidagi – kubik (s), ortorombik (oI) va tetragonal (t) 
shakllarda kristallanishi mumkin. O rtorombik va tetragonal shakllar xossalari 
jihatdan kubik shaklga yaqin bo‘lsada, reaksion xususiyatlari bo‘yicha undan farq 
qiladi. Uch kalsiyli silikatning kristall panjarasi tarkibiga ishqoriy aralashmalarning 
kirishi simmetriyani o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Na
2
O va K
2
O strukturada bir xil 
rol o‘ynaydi va ularning miqdori 1,9 % Na
2
O hamda 1,4 % K
2
O bo‘lishida C
3
A ning 
(s) kubik shaklini barqarorlashtiradi. Na
2
O miqdori 1,9 dan 3,7 % gacha bo‘lganda 
rentgenogrammada kubik (s) va ortorombik (OI) fazalar aralashmalari nomayon 
bo‘ladi. Na
2
O miqdori bundan yuqori (3,7 dan 4,6 % gacha) bo‘lishida esa kristall 
panjara ortorombik (OI) ko‘rinishida bo‘ladi. Na
2
O miqdori 4,3 % dan yuqori 
bo‘lishida C
3
A fazasining tetragonal shakli olinishi mumkin. Na
2
O miqdori 4,6 dan 


157 
7,5 % gacha bo‘lishida kristall panjara monoklin shaklda bo‘ladi. Monoklin shakl 
buzilgan ortorombik shakldir. Strukturaga kremniyning kiritilishi tetragonal shaklni 
barqarorlashishiga olib keladi. 
C
3
A panjarasida SiO
2
aralashmalarining mavjudligi qattiq eritmadagi Na
2

miqdorini 7,6 % gacha ko‘paytiradi va bunda qattiq eritma tarkibi K
2
O · 8CaO · 
3Al
2
O

(NC
8
A
3
) formulaga muvofiq keladi va buni quyidagi o‘rin olish sxemasi 
orqali ifodalash mumkin bo‘ladi: 
3(3CaO · Al
2
O
3
) + Na
2
O → Na
2
O · 8CaO · 3Al
2
O
3
+CaO, ya’ni C
3
A kristall 
panjarasida Ca
2+
ionini Na+ ioniga almashinishi o‘rin tutadi. Ushbu (NC
8
A
3
) birikma 
portlandsement klinkerlarida namoyon bo‘ladi. C
3
A kristall panjarasining asosini 
oltita [AlO
4]-5
– tetraedrlaridan tashkil topgan Al
6
O
18
halqalari tashkil etadi. Ushbu 
halqalar kalsiy atomlari orqali bog‘langan bo‘lib, ular panjara burchaklaridan a/4 
masofada joylashadi. Strukturada 1/8, 1/8, 1/8 koordinatalari bilan bo‘lgan uch 
tomonlama o‘qlar bo‘yicha bo‘shliqlar mavjud. K alsiyning barcha atomlari kislorod 
bo‘yicha oltilangan koordinatsiyaga ega. Ca-O bog‘lar muntazam emas. Uch kalsiyli 
alyuminat suv bilan qorilganda tez tishlashishga moyillik namoyon bo‘ladi, va bunda 
ko‘p issiqlik hosil bo‘ladi va hatto bug‘lanish kuzatiladi. Aralashtirish davom ettirilsa 
tishlashish sekinlashishi mumkin va bunda plastik oson ishlanuvchi massa olinadi. 
Tishlashishni boshqaruvchi sifatida ikki molekula suvli kalsiy sulfat (gips) 
qo‘llaniladi. Uning kiritilishi tishlashish muddatlarining me’yorida bo‘lishini 
ta’minlaydi. Havoda va nam atmosferali muhitida me’yorida qotadi, biroq suvga 
tushirilishida yoyilib keta boshlaydi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish