153
bo‘lishi mumkin. Qaytarilish sharoitlarida Fe
+2
,Ca
+2
o‘rnini almashtirishi mumkin.
Ushbu holda C
2
S ning
β-shakli barqaror bo‘lmaydi va
γ – modifikatsiyaga o‘tadi, bu
klinkerni sochilib ketishi bilan sodir bo‘ladi va uning gidravlik faoliyatini pasayishiga
olib keladi.
Portlandsement klinkerlarida ikki kalsiyli silikat (belit fazasi)
asosidagi qattiq
eritmalar miqdori odatda 20–25 % ni tashkil etadi. Ikki kalsiyli silikat g‘oyatda
murakkab polimorfizm xususiyatiga ega. Xona haroratidan 1500°C gacha bo‘lgan
oraliqda beshta kristall shakllar mavjud bo‘lishi mumkin: C
2
S –
αI
αN I ,
αz I ,
β va
γ
va bularning barqarorlik oralig‘i qizdirish va sovitishda turlicha bo‘ladi.
Xona haroratida
γ– modifikatsiya barqarordir. Ikki kalsiyli silikatning polimorf
o‘zgarishlari ustida Nizel va Tormann tomonidan izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ular
ilgari (1950 y) Bredig tomonidan taklif qilingan sxemaga yanada aniqlik kiritdilar.
Ushbu o‘zgarishlar [SiO
4
]–4
tetraedrlarining aylanishi bilan
va kalsiy atomlarining
sezilarli tarzda siljishi bilan belgilanadi. 600 °C dan past haroratlarda kuzatiluvchi