- § Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

2- § Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi 
Shuni nazarda tutish kerakki, hamma qo‘shilmalar portlandsement xossalarini 
qisman o‘zgartiradi. Uning asosiy sifat ko‘rsatkichlari (mustahkamligi, chidamliligi, 
mustahkamlanish tezligi) asosan klinker sifatiga bog‘liq. Portlandsement klinkeri 
odatda qovushib pishgan holdagi o‘lchamlari 10…20 mm dan 50…60 mm gacha 
mayda va yirik donalar (kesak yoki bo‘laklar) ko‘rinishida olinadi. Qovushib pishgan 
klinker o‘zining mikrostrukturasiga ko‘ra murakkab zarrachasimon turli kristallar va 
qisman shishasimon mahsulotlar aralashmasidan iborat. Klinker sifati asosiy oksidlar 
miqdori (kimyoviy tarkibi bo‘yicha), mineralogik tarkibi va asosiy oksidlarning 
o‘zaro nisbatiga qarab baholanadi. 
Kimyoviy tarkibi. Klinkerning kimyoviy tarkibi katta chegarada o‘zgarib 
turadi. Portlandsement klinkerini ishlab chiqarish uchun xom ashyo materiallari 
sifatida gil va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil jinslar turli moddalar (minerallar) dan 
tashkil topgan. Ularda asosan 3 ta oksid bor: SiO
2
, Al
2
O
3
va Fe
2
O
3
. Ohaktoshlar 
asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid-SaO va SO
2
dan 
iborat. Klinker kuydirilganda SO
2
gazi ajraladi; CaO, SiO
2
, Al
2
O
3
va Fe
2
O
3
asosiy 
oksidlar bo‘ladi va asosiy klinker minerallarini hosil qiladi. 
Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda sement sifatiga ma’lum 
darajada ta’sir ko‘rsatuvchi oksidlar ham bo‘lishi mumkin. Bular odatda magniy 
oksid (MgO), ishqorlar (Na
2
O va K
2
O), titan ikki oksid (TiO
2
), fosfor angidrid (P
2
O
5

va sulfat kislota angidridi (SO
3
) dir. Portlandsement tarkibidagi asosiy va qo‘shimcha 
oksidlar miqdori kuyidagicha bo‘ladi : 
CaO-63…67%; SiO
2
-21…24%; Al
2
O
3
-4…8%; Fe
2
O
3
-2…4% ;MgO-0,5…5%; 
SO
3
-0,3…1%; Na
2
O va K
2
O- 0,4…1%; TiO
2
va Cr
2
O
3
-0,2…0,5%; R
2
O
5
-
0,1…0,3%. 


143 
1450°C temperaturada kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta’sirida so‘nish 
qobiliyatini yuqotmasa ham, u juda sust so‘nadi. Uning so‘nish jarayoni qotib qolgan 
sementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijasida qorishma va beton yoriladi. 
Bunday xavfli holning (sement hajmining notekis o‘zgarishining) oldini olish uchun 
portlandsement tarkibidagi erkin magniy oksid miqdori standart tomonidan 
chegaralanadi va 4,5% dan - oshmasligi zarur
1

Portlandsementda kaliy va natriy oksidlar bo‘lmasa yaxshi, chunki ular 
portlandsementning tishlashish muddatiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ishqorlar 
betonda to‘ldirgichlar bilan (to‘ldirgich tarkibida amorf qumtuproq bo‘lsa) o‘zaro 
kimyoviy ta’sir etishishi mumkin. Natijada qotgan betonning darz ketishiga sababchi 
bo‘ladigan natriy va kaliy silikatlar hosil bo‘ladi. Bu reaksiya atrof-muxitda etarlicha 
nam bo‘lsa xam juda tez ketadi. Shu sababli gidrotexnik betonlar uchun sement va 
to‘ldirgichlar tanlanayotganda sementda qancha ishqor borligi hisobga olinishi lozim 
va to‘ldirgichlar shu jumladan amorf qumtuproq (opal, kremniy, slanets va 
boshqalar)dan qancha borligi aniqlanadi. Bundan tashqari, portlandsementda ko‘p 
miqdorda ishqoriy metall oksidlar bo‘lsa, beton yuzasida sho‘r dog‘lar hosil bo‘lishi 
mumkin. 
Standartga ko‘ra, portlandsement tarkibidagi ishqor istalgan miqdorda bo‘lishi 
mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, er usti konstruksiyalarini 
qurishda ishlatiladigan qorishma va betonlar uchun esa 1% dan ortiq ishqori bo‘lgan 
portlansdement ishlatish tavsiya etilmaydi. Sementda 4% gacha titan ikki oksid 
bo‘lsa, u sement sifatiga yomon ta’sir qilmaydi. Ammo TiO

juda ko‘payib ketsa, 
sementning mustahkamlik ko‘rsatkichlari pasayadi. 
Fosfor angidrid 1,5…2% dan ortsa, portlandsementning qotish jarayoni 
sekinlashadi (sulfat kislota angidridi portlandsement texnik xossalariga qanday ta’sir 
qilishi xakida quyida gapiriladi). 
1
Айрим заводларда ишлаб чиқарилаётган портландцемент таркибида магний оксидининг микдори 6% 
гача рухсат этилади. Аммо бундай портландцемент автоклавда 2,0 МПа буғ босими остида қотаётган 
ҳажмий текис ўзгариши албатта синаб кўрилиши лозим. 


144 

Download 6,08 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- § Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish