141
6-bob. Portlandsement
1- §. Tarkibi va klassifikatsiyasi
Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba’zi hollarda esa maxsus
qo‘shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi modda
portlandsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko‘p bo‘ladi
(70…80%). Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh
bo‘laklar
klinker deyiladi. Portlandsementni klinker
tarkibiga mos keladigan
mahsulotning xom ashyo aralashmasini to‘la eritish yo‘li bilan ham olish mumkin.
GOST 10173-85 va 31108-2003 ga ko‘ra portlandsement xossalarini
o‘zgartirib turish, shuningdek, uning tannarxini kamaytirish
maqsadida klinkerga
aktiv (gidravlik) va inert mineral qo‘shimchalar qo‘shishga ruxsat etiladi. Inert
qo‘shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvars qum va boshqalar) miqdori 10% dan, aktiv
(trepel, diatomit, trass va boshqalar) qo‘shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi
kerak. Biroq gidravlik qo‘shimchalar 20% va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin. U
holda maydalangan mahsulot nima qo‘shilganiga qarab boshqa, ya’ni qo‘shilma
sifatida donador
domna shlagi ishlatilsa,
shlakportlandsement deb, tabiiy gidravlik
qo‘shilmalar ishlatilsa,
putssolan portlandsement deb ataladi.
Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko‘pi bilan 3% gips (sulfat kislota
angidridiga nisbatan hisoblaganda) qo‘shiladi. Bu bilan
sementning tishlashish
muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir qiladi .
Shunday qilib, portlandsement klinker, gidravlik (yoki inert) qo‘shilma va gips
aralashmasidan iborat. Bundan tashqari unda oz miqdorda — 1 % gacha boshqa
moddalar, masalan, sement sifatini bo‘zmaydigan, ammo uning yaxshiroq
maydalanishiga yordam beradigan intensifikatorlar (qurum, ko‘mir) ham bo‘lishi
mumkin. Zamonaviy qurilishda portlandsement va uning turlari asosiy material bo‘lib
hisoblanadi, undan turli bino va inshootlarni kurish uchun zarur bo‘lgan
beton va
temir-beton konstruksiyalar yasalmoqda.
142
Sement sifati borgan sari yaxshilanmoqda, uning mustahkamlik kursatkychlari
ortmoqda. Portlandsementning o‘rtacha markasi 500 dan (GOST 310—85) ortib
ketdi, sement turlari ham ko‘paymoqda, bir qator maxsus sementlar chiqarilmoqda.