Romansementning qotishi, xossalari va ishlatilishi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Romansementning qotishi, xossalari va ishlatilishi. Gidravlik ohak 
tarkibidagi gidravlik komponentlar qotayotganda qanday jarayonlar ro‘y bersa, 


138 
romansement qotayotganida ham ana shunday jarayonlar sodir bo‘ladi. Romansement 
kukuni suv bilan qorilganda kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari gidratlanadi 
va kalsiy gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar va gidroferritlar hosil qiladi. Gidratlar 
juda ham mayda kolloid zarrachalar ko‘rinishida ajralib chiqadi va yopishqoq, 
yoyiluvchan massa hosil qiladi. Ular sement zarralari orasidagi ishqalanishni 
kamaytiradi va shu bilan sement xamirini plastik qiladi. Ma’lum vaqtdan keyin xamir 
mustahkamlana boshlaydi, quyuqlashadi, tishlashish jarayoni rivojlanadi. Kolloid 
massalar sement xamir erkin suvni yo‘qotishi natijasida koagulyasiyalanishi tufayli 
xamir mustahkamlanadi. 
Sement xamiri yanada zichlashganidan keyin butunlay noplastik bo‘lib qoladi 
va berilgan shaklni saqlaydigan kattiq jismga aylanadi. Biroqhali unchalik 
mustahkam bo‘lmaydi (sement xamirning bunday holatiga tishlashishning oxiri 
deyiladi). Kolloid massalar yanada mustahkamlanishi va qisman kristallanishi 
natijasida sementosh metindek mustahkam bo‘lib qoladi. 
Gidravlik qo‘shilmalar va gips bo‘lsa, qo‘shimcha jarayonlar paydo bo‘ladi. 
Gips portlandsementda qanday rol o‘ynasa, bu erda ham ana shunday rol o‘ynaydi, 
ya’ni u tishlashish jarayonini sekinlashtiruvchilik vazifasini o‘taydi. Gips sementning 
asosiy komponenti, ya’ni nisbatan oson eriydigan kalsiy alyuminatlari bilan o‘zaro 
ta’sir etishadi va ularni qiyin eriydigan moddalarga aylantiradi, natijada tishlashish 
jarayoni sekinlashadi. 
Gipsdan qancha qo‘shish kerakligi romansement tarkibidagi alyuminatlar 
mikdoriga bog‘liq: odatda 5% dan oshmaydi. Ba’zan sement mustahkamligini 
oshirish maqsadida gipsdan ko‘proqqo‘shiladi. Ko‘pi bilan qancha qo‘shish kerakligi 
har bir ayrim holda laboratoriyalarda o‘tkazilgan sinovlarga asoslanib turib 
belgilanishi kerak. 
Gidravlik qo‘shilmalarga kelganda, romansementda ma’lum miqdorda erkin 
ohak bo‘lgani yoki ana shu erkin ohak u qotayotgan vaqtida oz miqdorda ajralib 
chiqadigan hollarda gidravlik qo‘shilmalarning ohakning qotishidagi roli namoyon 


139 
bo‘la boshlaydi. Gidravlik qo‘shilmaning qum tuprog‘i (SiO
2
) suvda ohak bilan 
o‘zaro ta’sir etishadi va kalsiy gidrosilikatlari (2CaO

SiO
2

nH
2
O) ni hosil qiladi. 
Mustahkamligi. Romansement sekin qotadigan, mustahkamligi nisbatan past 
(28 kunlik) markali bog‘lovchi modda hisoblanadi. Bu uning tarkibidan ma’lum: 
asosan sekin qotadigan mineral-ikki kalsiy silikatdan iborat (ammo uzoq saqlagan 
ikki kalsiy silikat ancha mustahkam bo‘lishi mumkin). Romansement avvaliga juda 
sekin qotishi sababli undan tayyorlangan betonlarni qotishining dastlabki 5-7 
sutkasida bevosita suv ta’siriga uchratib bo‘lmaydi. 
Biroqquruqhavo sharoitlarida kotish ham mustahkamligiga yomon ta’sir qiladi: 
suv haddan tashqari ko‘p bug‘lansa, gidratatsiya jarayonlari sekinlashadi yoki 
butunlay to‘xtaydi. Romansementning dastlabki davrda (7 kungacha) qotishi uchun 
eng kulay sharoit nam havo sharoitidir. 
Romansementning qotishi va uning mustahkamlanish xarakteriga atrofdagi 
muhit temperaturasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Temperaturaning oshishi juda yaxshi, 
pasayishi esa salbiy rol o‘ynaydi. 5-10
0
C temperaturada romansement amalda 
qotishdan butunlay to‘xtaydi. 
Romansement 1:3 tarkibli qattiqqorishmadan ishlangan va 28 kunligida 
siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga qarab (standartga ko‘ra) uch, ya’ni 25, 50 va 
100-markaga bo‘linadi. 7 kunlik namunalarning siqilishdagi va cho‘zilishdagi 
mustahkamlik chegarasi kuyidagicha bo‘lishi kerak (17-jadval). 
17-jadval 
Romansementning mexanik mustahkamligi 
Sementning markasi 
Mustahkamlik chegarasi, MPa 
Siqilishda 
Cho‘zilishda 
25 
50 
100 
1,0 
2,5 
5,0 
0,3 
0,5 
0,8 
 


140 
Mayda tuyilishi. Romansement iloji boricha mayda tuyilish kerak, chunki 
qanchalik 
mayda 
bo‘lsa, 
shunchalik 
mustahkam 
chiqadi. 
Standartda 
romansementning maydalik darajasi quyidagicha belgilangan: 021 nomerli elakda 
ko‘pi bilan 5% va 009 nomerli elakda ko‘pi bilan 25% (og‘irlik hisobida) 
qoldiqqolishi kerak. Lekin bu dag‘al tuyish hisoblanadi. Yanada maydaroq, masalan, 
009 nomerli elakda 10-15% qoldiqqoladigan qilib tuyilsa, sement markasini 1,5-2 
baravar oshirish mumkin bo‘ladi. To‘g‘ri, bir qator holarda sementni yanada 
maydalash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Romansementning qotishi, xossalari va ishlatilishi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish