133
16-jadvalda ko‘rinib
turibdiki, kuchli va kuchsiz gidravlik ohaklar normal
qotish uchun turli sharoitlar talab qilinadi. Kuchsiz gidravlik ohakni suvga solguncha
21 sutka, kuchli gidravlik ohakni esa atiga 7 sutka havoda saqlash kerak.
16-jadval
Gidravlik ohakning mexanik mustahkamligi
Ohak turlari
Saqlash shartlari
Siqilishga
mustahkamlik
chegarasi
1
,
MPa
Cho‘zilishga
mustahkamlik
chegarasi, MPa
Nam havoda
Suvda
Necha sutka
Kuchsiz
gidravlik
21
21
7
35
0,6
0,8
0,2
0,33
Kuchli
gidravlik
7
7
21
49
2,0
3,0
2
0,5
0,7
Hajman tekis o‘zgarishi gidravlik ohakning qotayotganda
hajman qanchalik
tekis o‘zgarishi ohak xamirdan tayyorlangan kulcha namunalarni sinash yo‘li bilan
aniqlangan. Nam-xavo sharoitlarida 7 sutka saqlangandan so‘ng
namunalar suvga
solib qo‘yiladi. Suvda 10 sutka saqlanganidan keyin kulchalar darz ketmasa va
qiyshaymasa, gidravlik ohak hajman tekis o‘zgarishi bo‘yicha sinovdan yaxshi o‘tgan
hisoblanadi. Aks holda
uni ishlatish mumkin emas, chunki ana shunday ohakdan
tayyorlangan ohak qorishma qotganidan keyin ham buzilishi mumkin.So‘nmagan
yirik ohak donalari hajman notekis o‘zgartiradi.
Chunki ularda erkin CaO,
shuningdek o‘ta pishgan magniy oksidi (dolomitlashgan ohaktosh ishlatganda)
bo‘ladi.