• Havoda qotadigan ohak ishlatiladigan sohalar
  • Ohak qorishmalar va betonlarning ko‘pga chidashi




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/154
    Sana06.12.2023
    Hajmi6,08 Mb.
    #112727
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
    Bog'liq
    Qurilish materiallari texnologiyasi

    Ohak qorishmalar va betonlarning ko‘pga chidashi. Sun’iy tosh 
    materiallarining emirilishiga ko‘pincha qotib qolgan bog‘lovchida tashqi muhitning 
    agressiv ta’siri natijasida korroziyalanish (emirilish) jarayonlarining rivojlanishi 
    sababchi bo‘ladi. 
    Ohak qorishmalar havo ta’siriga yaxshi chidaydigan materiallardan 
    hisoblanadi. Quruq-havo rejimida qorishmalarning mustahkamlanishi uchun qulay 


    123 
    sharoitlar tug‘iladi. Chunki bu holda ohak xamirining nami qochishi, shuningdek 
    karbonlash jarayoni rivojlanishi natijasida ohak xamiri mustahkamlana boshlaydi. 
    Nam sharoitlarda ohak qorishmalar namiqadi, natijada mustahkamligi 
    bo‘shashadi yoki butunlay buziladi. 
    Batamom qotgan ohak qorishmalar nisbatan sovuqqa ancha chidamli bo‘ladi. 
    Ohak qorishma bilan suvalgan bino oldilarining uzoq vaqt yaxshi saqlanishi bunga 
    yaqqol dalil bo‘la oladi. Ohak qorishmalarning suv va sovuq ta’siriga chidamliligi 
    ularning suv muzlaganda muz hajmi kengayganida ham buzilmaydigan strukturasiga 
    bog‘liq. 
    Havoda qotadigan ohak ishlatiladigan sohalar. Eng muhim bog‘lovchi 
    moddalardan hisoblanadigan havoda qotadigan ohakning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 
    xossalari amalda uni qanday sohada ishlatish kerakligini belgilab beradi. 
    Havoda qotadigan ohak asosan quyidagi sohalarda ishlatiladi: quruq-havo 
    sharoitlaridagi er ustida bino qurish uchun zarur qurilishbop qorishmalar 
    tayyorlashda:
    xuddi shunday maqsadda ishlatiladigan suvoqbop qorishmalar tayyorlashda:
    gidravlik bog‘lovchi, ya’ni ohak-shlak va ohak-putssolan sementlar 
    tayyorlashda: 
    gips-ohak bog‘lovchilar (birga tuyilgan) tayyorlashda: 
    silikat (avtoklav) buyumlar ishlashda: 
    tashqi havosi past sharoitlarda to‘ldirma devor qurayotganda ishlatiladigan 
    shlak betonda (tuyilgan so‘ndirilgan ohak): 
    quriq-havo sharoitlarida ishlatiladigan konstruksiyalar uchun past markali 
    beton tayyorlashda: 
    engil beton tosh (sement yoki qo‘shilmalar bilan aralashtirib) ishlashda: 
    tuzli eritmalar bilan qorayotganda (so‘ndirilgan dolomit ohak):
    issiqni izolyasiyalaydigan va boshqa materiallarni tayyorlashda. 
    Rangli ohak aralashmalar tayyorlashda. 


    124 
    Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarishni tashkil etayotganda u mahalliy 
    bog‘lovchi modda ekanligi nazarda tutiladi. Kerak bo‘ladigan xom ashyo materiallar 
    va yoqilgi deyarli hamma erda topiladi. Uni tayyorlash uchun unchalik murakkab 
    bo‘lmagan uskunalar va ozgina mablag‘ talab qilinadi. Ana shu sabablarga ko‘ra, 
    ohak nisbatan unchalik qimmatga tushmaydi. Mexanizatsiyalashgan va quvvati katta 
    (yiliga 100 ming t ortiq ohak ishlaydigan) korxonalarda esa zavod tannarxi yanada 
    kamayadi. 
    Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish shuning uchun 
    ham maqsadga muvofiq va zarurki, uning asosida mustahkam va yaxshi qurilish 
    buyumlari ishlanishi mumkin, ularni tayyorlash iqtisodiy jihatdan ancha foydali, 
    qimmat turadigan boshqa bog‘lovchi moddalar o‘rnida ishlatsa ham bo‘ladi.


    125 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ohak qorishmalar va betonlarning ko‘pga chidashi

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish