120
quptuproqning quyidagi sxema bo‘yicha o‘zaro ta’sir etishishi ana shunday
reaksiyalardan hisoblanadi:
Ca(OH)
2
+SiO
2
+nH
2
O=CaO
SiO
2
(n+1)H
2
O
Reaksiya natijasida suvga chidamli va mustahkam kalsiy gidrosilikat hosil
bo‘ladi.
Odatdagi sharoitlarda Ca(OH)
2
kremniy oksidi
bilan juda sust reaksiyaga
kirishadi. Temperatura oshishi bilan (ayni vaqtda nam muhit sharoitlari tug‘dirib
berilsa) gidrosilikat hosil bo‘lishi jarayoni ancha tezlashadi. Yuksak temperaturaning
ohak bilan qum kremniy oksidi orasidagi reaksiyaga ana shunday ta’siridan silikat
buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Silikat buyumlar avtoklavlarda 8 ati
bosim va 174
0
C tuyingan suv bug‘ida bug‘lanadi.
Ohakning to‘ldirgichlar bilan birikish darajasi qum zarrachalarining yuzasi
qanaqa ekanligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yuzasi silliq, yumaloqroqqum zarrachalariga
qaraganda yuzasi g‘adur-budur zarrachalar mustahkam yopishadi.
Shuni nazarda
tutib, silikat buyumlar ishlab chiqarishda qum dezintegratorlarda maydalanadi,
dag‘allashtiriladi. Yuzasini g‘adir-budur qilishdan tashqari aktivligi kamroq, yuqorigi
yuza
pardasi
shilib
tashlanadi
va
ohakka
nisbatan
aktivroqqatlamlari
yalang‘ochlanadi.
So‘ndirilmagan tuyilgan ohak tayyorlash uchun xom ashyo tariqasida tarkibida
8 dan 20% gacha gil bo‘lgan gil-ohaktoshlar ham ishlatilishi mumkin. Bu ohaktoshlar
gidravlik
ohak tayyorlashda qo‘llaniladi. Tuyilgan so‘ndirilmagan ohak sortidan qat’i nazar
uning sifati qo‘shimcha ravishda mayda tuyilish darajasi bilan xarakterlanadi.
Tuyilgan so‘ndirilmagan
ohak kukuni, standart ga ko‘ra elanganda 063 nomerli
(teshigi 0,63 mm) elakda ko‘pi bilan 2%, 009 nomerli (teshigi 0,09 mm) elakda ko‘pi
bilan 10% qoldiqqolishi kerak. Shuningdek, so‘nmagan ohakning 0,2-0,3
mm dan
yirik donalari qotgan ohak qorishmalarning darz ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin
deb hisoblaydilar. Shuning uchun ham tuyilgan so‘ndirilmagan ohak ana shunday
o‘lchamdagi donalar bo‘lmasligi kerak.
121
Mustahkamligi. Tuyilgan so‘ndirilmagan ohak mustahkamlik ko‘rsatkichlari
bo‘yicha 4, 10, 25 va 50 markalarga bo‘linadi. «Normal» qum qo‘shib 1:3 nisbatda
tayyorlangan plastik qorishmadan ishlangan va 28 sutkada sinalgan namunalarni
siqqandagi mustahkamlik chegarasiga muvofiq ana shu markalarga bo‘lingan.
Tuyilgan so‘ndirilmagan ohakdan tayyorlangan qorishmalar havoda qotadigan
so‘ndirilgan ohakdan tayyorlanganiga qaraganda
mustahkamroq va suvga
chidamliroq bo‘ladi. Bunga sabab shuki, so‘ndirilmagan tuyilgan ohak kam suv bilan
qoriladi: ortiqcha quyiladigan suv miqdori (kimyoviy reaksiya uchun kerak
bo‘ladigan suvdan ortig‘i) kamayadi, bu esa ancha
zich va mustahkam qorishma
tayyorlashga imkon beradi. Suvning CaO bilan kimyoviy reaksiyaga kirishish uchun
yutilishi ham suyuq fazaning kamayishiga olib keladi. Xolbuki, so‘ndirilgan ohak
ishlatganda ana shunday imkon bo‘lmaydi; so‘ndirilgan ohakning hamma zarralari
gidratlardan iborat bo‘lib, ular suvni kimyoviy yo‘l bilan yuta olmaydi.