So‘ndirilmagan to‘yingan ohak




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

So‘ndirilmagan to‘yingan ohak. So‘ndirilgan ohakka nisbatan birmuncha 
boshqacha tartibda qotadi. Uning kukuni suvda qorilganida nisbatan tez quyuqlashib, 
tez qotadigan plastik ohak xamiri hosil bo‘ladi. Bu jarayonlar fizik-kimyoviy tabiati 
bilan gidravlik va gips bog‘lovchi moddalar qotayotganda ro‘y beradigan 
jarayonlarga o‘xshab ketadi. Akad. A.A. Baykov (Rossiya) ta’limotiga ko‘ra, bu 
jarayonlar quyidagi sxema bo‘yicha davom etadi: eriydi-kolloidlanadi-kristallanadi. 
Kalsiy oksidiga suv tegishi bilan eriydi va to‘yingan eritma hosil qiladi. Erishi 
bilan CaO gidratatsiyalanadi ham. To‘yingan CaO eritmasi Ca(OH)
2
ga nisbatan 
darhol o‘ta to‘yinib qoladi, chunki CaO ga nisbatan Ca(OH)
2
kam eruvchan. Ana 


114 
shunday o‘ta to‘yingan eritmadan odatdagi sharoitlarda CaO ning to‘yingan eritmaga 
mos konsentratsiyasi hosil bo‘lgunicha qattiq modda ajralib chiqa boshlaydi. 
Kalsiy gidrooksidi to‘yingan eritmadan mayda-mayda kolloid zarrachalar 
ko‘rinishida ajralib chiqadi. Bu zarrachalar plastik xossalar tufayli aralashma 
zarrachalari orasidagi ishqalanishni kamaytirib, ohak xamiri (yoki qorishmabop 
aralashma) ning nihoyatda plastik bo‘lib qolishiga yordam beradi. 
Ohakning gidratlanuvchi yangi zarrachalari suvni shimib olishi va xamir 
temperaturasining ko‘tarilishi natijasida tezda o‘ta to‘yingan eritma hosil bo‘ladi. 
Temperatura 
oshishi 
bilan 
ohakning 
eruvchanligi 
kamayadi 
(15-rasm). 
Holbuki,ko‘pgina boshqa bog‘lovchi moddalarning eruvchanligi, aksincha, ortadi. 
Ohak xamiri CaO gidratatsiyalanayotganida ajralib chiqadigan issiqhisobiga qiziydi. 
Gidratatsiyalanayotgan ohak zarrachalari suvni shimishi aralashmaning tezda va 
tobora ko‘proq zichlashishiga yordam beradi. So‘ndirilgan ohak qotayotganda 
shunday bo‘lmaydi. Chunki uning xamiri nihoyatda sersuv bo‘ladi. Undagi suv esa 
faqat bug‘lanish hisobigina ajralib chiqadi. 
Shunday qilib, so‘ndirilmagan tuyilgan ohak xossalari tufayli qorishma tezda 
suvsizlanadi (qotadi). 
Keyinchalik so‘ndirilmagan tuyilgan ohakning qotish jarayoni so‘ndirilgan 
ohakning qotish jarayonidek davom eta beradi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, so‘ndirilmagan tuyilgan ohakdan foydalanayotganda 
suv-ohak nisbati, ya’ni ohak yoki qorishma tayyorlash uchun olingan ohak og‘irligiga 
nisbatan protsent hisobida (yoki ulushda) qancha suv quyilishi alohida ahamiyatga 
egadir. Qancha suv solinishi aniq belgilab olingani taqdirdagina tuyilgan qaynama 
gidratatsion qotishining ijobiy xossalaridan yaxshi foydalanish mumkin. Ohak xamiri 
hosil qilish uchun etarligina suv quyilsa, qorishma tez suvsizlanmaydi va 
mustahkamlanmaydi; zarrachalari orasidagi suv shu qadar kamlik qiladi, zarrachalari 
kristall o‘simtalariga aylangunicha ancha vaqt o‘tadi. CaO gidratatsiyalanishi uchun 
zarur miqdordan 1,5-2 baravar (misol uchun, ohak og‘irligidan 60-70%) ko‘p suv 


115 
solinsa, ohak xamiri judayam qizib va obdan bug‘lana boshlaydi; ajralib chiqayotgan 
bug‘ jadal zichlashayotgan aralashmani buzadi. 
15-Rasm. Ca(OH)
2
va CaO larning haroratga qarab eruvchanligi; 1-CaO; 2-
Ca(OH)
2
Tajriba shuni ko‘rsatadik, suv ohak nisbati 100-150% atrofida bo‘lganda 
gidratatsion qotish eng katta effekt bilan namoyon bo‘ladi (ohak sifatiga qarab). 
Magnezial va dolomitli ohak yoki tarkibida gil aralashmalari ko‘pi bilan 3% bo‘lgan 
ohaktoshlardan olingan ohak kam, shiralisi esa ko‘p miqdorda suv talab qiladi. 
Birinchisining miqdori 100% atrofida bo‘lsa, ikkinchisiniki 150% dir. 
Fizik-mexanik xossalari. Havoda qotadigan ohak ma’lum sifat ko‘rsatkichlari 
bilan xarakterlanadi. Ana shu ko‘rsatkichlariga ko‘ra uch sortga bo‘linadi (15-jadval). 
1 kg kesak (so‘ndirilmagan) ohak xamirning chiqishi deyiladi. Bu ishlab 
chiqarishda ohakning eng muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Ohak xamiri 
qorishmada bog‘lovchilik vazifasini o‘taydi. U qum zarralarini sun’iy toshqilib 
biriktiradi va qorishmabop aralashmaning ko‘ngildagidek eyiluvchan bo‘lishini 
ta’minlaydi. Boshqa bir xil sharoitlarda qorishmaning yoyiluvchanligi qorishma 
tarkibidagi ohak miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Demak, ohak xamiri qanchalik ko‘p hosil 
bo‘lsa, shunchalik kam qaynama-ohak talab qiladi. 


116 
15-jadval 
Havoda qotadigan qurilishbop ohakka nisbatan texnik talablar 
(Standart bo‘yicha) 
Ko‘rsatkichlar nomi 
Navmi 
1- 
2- 
3- 
A. So‘ndirilmagan kesak yoki tuyilgan ohak: quruq 
moddaga hisoblaganda 
Aktiv CaO+MgO miqdori, % 
a) qo‘shilmasiz so‘ndirilmagan ohakda, kamida
b) qo‘shilmali so‘ndirilmagan ohakda, kamida 
Kesak ohakda so‘ndirilmagan donalar miqdori, % 
ko‘pi bilan 
B. Poroshok (kukun) holigacha so‘ndirilgan gidrat 
ohak: 
Quruq moddaga hisoblaganda aktiv CaO+MgO 
miqdori, % 
a) qo‘shilmasiz gidrat ohakda, kamida
b) qo‘shilmali gidrat ohakda, kamida 
Gidrat ohakning namligi, % (nam moddaga 
hisoblaganda), ko‘pi bilan 
To‘yish darajasi, % 
063 nomerli elakdagi qoldiq, ko‘pi bilan 
009 nomerli elakdagi qoldiq, ko‘pi bilan 
85 
64 
10 
67 
50 


10 
70 
52 
20 
55 
40 


10 
60 

25 
50 
30 


10 
Ohak xamirning ko‘p-oz bo‘lishi aktiv CaO+MgO, so‘nmagan donalar va 
kalsiy oksididan qancha borligiga bog‘liq. Tarkibida CaO kam bo‘lgan magnezial va 
dolomit ohakdan oz magnezialli (tarkibida CaO ko‘p) ohakka qaraganda kam ohak 
hamir hosil bo‘ladi. Ohak xamirdan qancha hosil bo‘lishi asosan zarrachalarning 
so‘ndirgandan keyingi dispers (maydalik) darajasiga bog‘liq. Kalsiy oksidi mayda 


117 
zarrachalargacha juda tez so‘nadi. Xolbuki, MgO va o‘ta kuygan zarralar unchalik tez 
so‘nmaydi. Kalsiy oksidining gil-aralashmalari bilan o‘zaro ta’sir etishishidan hosil 
bo‘lgan mahsulotlar esa yo butunlay so‘nmaydi yoki juda sekin so‘nadi. 
Ohakning shirali yoki shirasiz bo‘lishi ham zarrachalarining maydalik 
darajasiga qarab aniqlanadi. Shirali ohak asosan o‘lchamlari jihatidan kolloidlarga 
yaqin juda mayda Ca(OH)
2
zarrachalaridan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida 
so‘nmagan donalar kam. Shirasiz ohak ancha dag‘al so‘nadi, so‘nganda talaygina 
donalari parchalanmay qoladi. 
1 kg kesak qaynama-ohakdan olinadigan ohak xamir hajmi, xamir 
tayyorlashning texnologik usullariga ham bog‘liq. Bevosita kesak ohakni mo‘l suv 
quyib so‘ndirish yoki kukun-ohakka ko‘ngildagidek xamir hosil bo‘lgunicha suv 
quyib turish yo‘li bilan ohak xamir olish mumkin. Tarkibi jihatidan ikkalasi ham bir 
xil bo‘ladi. Biroq odatta kesak ohakni so‘ndirish bilan kukun-ohakni 
so‘ndirgandagiga qaraganda ancha ko‘p ohak xamir hosil bo‘ladi. Boshqa bir xil 
sharoitlarda bu hajmlar nisbati 5:3 bo‘ladi. Gap shundaki, mo‘l suv bilan 
so‘ndirganda zarrachalarining maydalanish darajasi hiyla yuqori bo‘ladi. Chunonchi, 
kukun-ohak zarrasining o‘rtacha o‘lchami 6-10 mk bo‘lsa sut holatigacha 
so‘ndirganda 1 mk bo‘ladi. Oz suv quyganda, aftidan so‘ndirish mahsuloti bir oz 
kuydirib yuborilsa kerak
1

Kesak qaynama-ohak bo‘laklarining o‘lchami ko‘pincha ohak xamir miqdori 
(shuningdek so‘nish tezligi)ga katta ta’sir qiladi. Qaynama donalari ancha mayda 
bo‘lsa, so‘ndirganda nisbatan dispers mahsulot hosil bo‘ladi va bu jarayon tezlashadi. 
Donalarining o‘lchamlari 10 mm gacha bo‘lgan so‘ndirilmagan ohakdan ko‘proq va 
yuqori sifatli ohak xamir chiqadi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish