110
Kesak ohak omboridan maydalashga uzatiladi va tegirmonda yaxshi tuyilishi
uchun 15-20 mm o‘lchamda maydalanadi.
Tuyadigan agregatlar sifatida bir kamerali shar tegirmonlar SM-15 va SM-174
hamda ikki kamerali SM-14 tipidagi tegirmon ishlatiladi.
Ayrim hollarda A va V
tipidagi aerobil tegirmon ishlatilishi mumkin (14-jadval).
Ohakni nihoyatda mayda (mayin) maydalash uchun vibratsion tegirmonlar
ishlatiladi. Kesak ohakda o‘ta kuygan donalar juda ko‘p (3-5% dan ortiq) bo‘lganida,
ana shunday maydalanadi. Ohakni vibratsion tegirmonga solishdan oldin ko‘pi bilan
2 mmo‘lchamgacha shar yoki bolg‘achali tegirmonlarda maydalab olinadi.
Yopiq siklda tuyiladi. Maydalangan mahsulot separatorda elanadi.
Yirik
donalari separatorda qaytadan maydalashga, maydasi esa
tayyor mahsulot omboriga
yuboriladi. SHuni nazarda tutish kerakki, so‘ndirilmagan
tuyilagan ohak ishlab
chiqarish uchun ko‘p, ya’ni 1t ohakka 30-40 kVt-soat va bundan ham ortiq elektr
energiya sarflanadi. Holbuki, so‘ndirilgan ohak ishlab chiqarish uchun atiga 4-5 kVt-
soat elektr energiya talab qilinadi.
So‘ndirilmagan tuyilgan ohak iste’molchilarga berk metall konteynerlarda yoki
bitumlashtirilgan qog‘oz qoplarda jo‘natiladi. Chunki
tuyilgan qaynama-ohak
havodagi nam ta’siridan salga so‘na beradi, kesaklashib, hajman kengayib ketadi va
idishni yorib yuboradi. Bevaqt gidratatsiyalanishi sababli kuydirilgandan keyin 30
sutkadan ortiq saqlanmasligi kerak. Bitumlashtirilgan qog‘oz
qoplarda kam
magnezialli ohak 10 sutka, dolomit ohak 20 sutkadan ortiq turmasligi zarur.
112
14-jadval
Tegirmonlarning texnik ta’rif-tavsifi
Ko‘rsatkichlar nomi
Sharli tegirmon
Aerobilli
tegirmon
SM-15
SM-174
SM-14
A
V
Barabanning ichki diametri,
mm
Barabanning
ish uzunligi,
mm
Ish unumi (maydaligi 009
nomerli
elakda
15%
qoldiqqolishiga
qarab
aniqlanadi) m/soat
Ohak bo‘yicha
Ohaktosh bo‘yicha
Donador
domna
shlaki
bo‘yicha
Elektr dvigatelining quvvati,
kVt
900
1800
0,8
0,7-1
0,5
19,7
1500
1500
2
1,6-2,4
1,1
55
1500
5700
5,1
1-6
2,8
130
-
-
2,3
1,8-2,8
1,3
50
-
-
4,6
3,6-5,6
2,6
90