109
13-Rasm . Solishtirma og‘irligi har xil ohak sutidagi CaO miqdori
Ohak suti xamir holigacha suvsizlantirilishi uchun sig‘imi 100 m
3
va bundan
ortiq filtirli idishlar ishlatiladi. Filtr diametri 50-60 mm li trubadan iborat, trubaning
boshidan oxirigacha qum bilan to‘lg‘azilgan teshikchalari bor. Ortiqcha suv
teshikchalaridan idish baravari trubaga qumdan singib oqib tushadi, ohak donalari
qumda ushlanib qoladi. Suv yig‘gichga tushadi. Filtrdan navbatdagi ohakni so‘ndirish
uchun foydalaniladi.
Idishlardagi ohak xamiri vibronasoslar bilan bo‘shatib olinadi. Ohak xamiri
vibratsiya ta’sirida oquvchan massaga aylanadi. Shuning uchun ham uni nasoslar
bilan boshka joyga haydash mumkin. Sokin holatida quyuq massaning o‘zginasi
1
.
So‘ndirilgan ohak qorishma zavodlarida xamir va sut holida ishlatilishi
mumkin. Sut holida ishlatiladigan ohak suti suvsizlantirilmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qorishma qorgichga uzatiladi.