-§ Havoda qotadigan ohakning qotishi,xossalari va ishlatilishi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

5-§ Havoda qotadigan ohakning qotishi,xossalari va ishlatilishi. 
Ohak qotayotganida ro‘y beradigan jarayonlar. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 
so‘ndirilgan ohak qotayotganida qurilishbop qorishma tarkibiga kiradigan ohak 
xamirining plastik holatidan qattiq (xamir, toshdek qotadigan) holatga o‘tishi juda 
sekin, shu bilan faqatgina tegishli quriqhavo sharoitlarida ro‘y beradi. 
Ohak xamiri bir qancha omillar, chunonchi, suvning bug‘lanishi va kalsiy 
gidroksidining kristallanishi natijasida qotadi. Nami qochishi natijasida kalsiy 
gidroksidining mayda zarrachalari o‘zaro yaqinlashadi va qushilib, kristallar hosil


113 
qiladi. Suvi bug‘langan sayin kristallar tobora ko‘paya boradi, o‘zaro chatishib ohak 
xamiri massasiga sanchilgan mustahkam kristall o‘simtaga aylanadi. 
Karbonlashish ham ohak xamirining mustahkamlanishiga yordam beradi: ohak 
nam bo‘lsa havodagi karbonat angidridni o‘ziga tortadi va quyidagi reaksiya bo‘yicha 
kalsiy karbonatga aylanadi: 
Ca(OH)
2
+CO
2
+pH
2
O=CaCO
3
+(p+1)H
2
O. 
Ohak qorishmalar odatda unchalik chuqur karbonlashmaydi: bir necha oyda 
ko‘pi bilan 5-7 mm ga boradi. Bunga sabab shuki, ohak xamiri yuzasida hosil 
bo‘ladigan CaCO
3
pardasi karbonat angidrid gazining kalsiy gidrooksidiga singib 
borishiga ko‘proq to‘sqinlik qila boshlaydi. Shuni nazarda tutib, xulosa qilish 
mumkinki, karbonlashish ohak xamiri endigina qota boshlagan davrda qurish 
jarayoniga qaraganda mustahkamligiga kam ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham 
ohak xamiridan ishlangan buyumlarning qotishi uchun qulay ochiq-quruqhavo 
sharoitlarini yaratib berish (musbat harorat va atrofdagi muhit sal nam bo‘lishi) 
kerak. 
Ohak qorishma yuzasida kalsiy karbonat angidrid pardasi hosil bo‘ladi, asosan 
buyumlarning suvga chidamliligi yanada oshadi. Kalsiy gidrooksidi suvda nihoyatda 
yaxshi (1litrda 1,3 grammgacha) eriydi, holbuki kalsiy karbonat angidridining 
eruvchanligi bundan 40 baravar kam, ya’ni 1litr suvda ko‘pi bilan 0,03 g eriydi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Havoda qotadigan ohakning qotishi,xossalari va ishlatilishi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish