Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

2-§ So‘ndirilgan ohak 
1. Ohakni so‘ndirish jarayonlari 
Ohakni so‘ndirishdan maqsad tuyilgan ohak olishdir. Mayda ohakning yarim 
fabrikat mahsulot hisoblanadigan kesak qaynama-ohakdan farqi shuki, u bog‘lovchi 
sifatida ishlatilishi mumkin. 
Qaynama-ohak suv ta’sir qilganda o‘z-o‘zidan parchalanib, kukunga aylanadi. 
Nihoyatda mayda mahsulot olish uchun juda oz energiya sarf qilinishi va 
so‘ndirish ustanovkasi oddiy bo‘lgani uchun ohak maydalashning bir necha ming 
yillardan beri ma’lum bo‘lgan bu usuli keng qo‘llanib kelinmoqda. 
Qancha suv quyilganiga karab, ohakni juda mayda quruq kukun va ohak xamir 
holatida so‘ndirish usullari bor. Har ikkala holda ham ana shu nomdagi mahsulot 
olinadi. 
Ohakni so‘ndirish jarayoni quyidagi sxema bo‘yicha o‘tadigan kimyoviy 
reaksiya bilan sodir bo‘ladi: 
CaO+H
2
O⇄Ca(OH)
2
+15,5 kkal 
O‘ngdan chapga yo‘nalgan strelka reaksiya qaytar reaksiya ekanligini 
ko‘rsatadi, ya’ni tegishli sharoitlarda avvaliga hosil bo‘lgan kalsiy oksidi gidrati 
Ca(OH)
2
ning kalsiy oksidi (CaO) va suv (H
2
O) ga parchalanishi mumkin. Ohakni 
so‘ndirayotganda juda ko‘p, ya’ni 1 gramm-molekula ohakka 15,5 kkal yoki 1 kg dan 
277 kkal issiq ajraladi. So‘ndirilayotgan mahsulot temperaturasi shu qadar ko‘tarilib 
ketishi 
natijasida 
Ca(OH)
2
degidratatsiyalanishi 
mumkin. 
Lekin 
547
0
C


101 
temperaturada, ya’ni suv bug‘larining Ca(OH)
2
ustidagi parsial bosimi atmosfera 
bosim bilan tenglashganidagina batamom degidratatsiyalanadi. Degidratatsiya ancha 
past, qariyb 300
0
C temperaturada ham qisman sezilarli bo‘lishi mumkin. 
Muhit etarli darajada ancha nam bo‘lsa va yuksak temperatura ko‘tarilishiga 
yo‘l qo‘yilmasa, jarayon talab qilingan yo‘nalishda o‘tadi va qaytar reaksiya 
bo‘lmaydi. Ohakni so‘ndirayotganda ana shu hisobga olinadi. 
Kesak ohak so‘ndirish vaqtida hosil bo‘ladigan suv bug‘larining dispergirlash, 
ya’ni parchalab bo‘lib yuborish ta’siri natijasida zarrachalarining o‘rtacha o‘lchami 
0,01 mm dan oshmaydigan nihoyatda mayda poroshok-kukunga aylanadi. Ohak 
zarrachalarining ich-ichiga kirib ketgan nam CaO bilan o‘zaro kimyoviy ta’sir 
etishadi va shu vaqtda ajralib chiqqan issiqlik suvni bug‘ga aylantiradi. Bug‘hajmi 
suyuq faza hajmiga qaraganda keskin kengayishi natijasida ohak zarrachalarida ichki 
cho‘zuvchi zo‘riqishlar paydo bo‘ladi va ohak maydalanadi. Natijada so‘ndirish 
mahsuloti (kukun ohak) yanada g‘ovaklashadi va uning tashqi hajmi so‘ndirilmagan 
ohak hajmiga nisbatan kengayadi. Hajmining taxminan 2-3,5 baravar kengayishi 
ohak sifatiga bog‘liq bo‘ladi (1-sort oz magnezialli ohak hajmi hammadan ko‘p 
kengayadi). 
Ohakni kukun ohak, ya’ni po‘k mayda zarrachali quruq kukun holigacha 
so‘ndirayotganda nazariy jihatdan hisoblaganda so‘ndirilmagan ohak og‘irligining 
32,1% cha suv talab qilinadi. Biroq, suv juda ko‘p bug‘lanishini hisobga olib, uning 
miqdori ohak tarkibidagi kalsiy oksid miqdoriga qarab 2-2,5 baravar ko‘paytiriladi, 
ya’ni o‘rtacha hisobda qaynama-ohak og‘irligining 60-75% gacha suv qo‘shiladi. 
Tarkibida kalsiy oksidi ko‘p bo‘lgan ohaklarga magnezial yo dolomit ohaklarga 
nisbatan ko‘p suv talab qilinadi. 
Ortiqcha suv ohakni so‘ndirayotganda ajralib chiqqan issiq ta’siridan bug‘lanib 
ketadi. Natijada so‘ndirilgan mahsulot quruq kukundan iborat bo‘lib qoladi 
Ohakni ohak xamiri holatiga qadar so‘ndirish uchun kukun ohak holigacha
so‘ndirayotgandagiga qaraganda ancha ko‘p suv solinadi. Bu holda ham suv miqdori 
ohak tarkibida CaO va magniy oksidi bilan gil aralashmalardan qancha borligiga 


102 
bog‘liq. Ammo o‘rtacha hisobda 1 og‘irlik qism qaynamaga 2-3 og‘irlik qism suv 
sarflanadi. 
Ohakni so‘ndirish tezligi va natijalari esa uning kimyoviy tarkibi, kuydirish 
temperaturasi va rejimiga, ohak qancha saqlangani va so‘ndirish uchun qancha suv 
solinganiga bog‘liq bo‘ladi. 
Havoda qotadigan ohakning asosiy qismini kalsiy oksidi tashkil qiladi. Biroq, 
yuqorida aytib o‘tilgandek, ohakda CaO dan tashqari ozmi-ko‘pmi magniy oksidi va 
gil aralashmalar bo‘ladi. Ularning bir qismi CaO bilan kimyoviy birikma tarzida 
birikishi mumkin, qolgan qismi esa erkin holda qoladi. MgO va gil aralashmalar 
borligi sababli so‘nish jarayoni sustlashadi va so‘ndirilgan ohak sifati yomonlashadi. 
Ulardan qancha borligiga qarab, kuchli ekzotermiyaga ega bo‘lgan , tez so‘nadigan 
va plastik, mayda dispers (ushlab ko‘rganda yog‘li) xamir hosil qiladigan ohak yoki 
so‘ndirganda kam issiq chiqaradigan, sust so‘nadigan va so‘nish mahsulotida 
parchalanmagan yirik zarrachalar ko‘p uchraydigan shirasiz ohak hosil qilinishi 
mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, qurilishbop qorishmalar tayyorlayotganda 
shirali ohakdan shirasiziga qaraganda kam talab qilinadi. 
Magniy oksidi 5% dan ortiq bo‘lsa, ohak sezilarli darajada shirasizlanib qoladi. 
3-4% dan ortiq gil aralashma bo‘lsa ohak odatda ancha shirasizlanadi. Ohak magniy 
oksidi tufayli shirasizlanishiga sabab shuki, MgO sekin so‘nadigan modda, kuydirish 
temperaturasi oshishi bilan uning so‘nish jarayoni yanada sekinlashadi.
Bug‘ bosim ortishi bilan magniy oksidining so‘nish jarayoni keskin kuchayishi 
aniqlangan. Shu tariqa, so‘ndirishning avtoklav (14 ati gacha bug‘ bosimida) usuli 
paydo bo‘ldi. Bu usul MgO dan ancha bo‘lgani taqdirda ham nihoyatda sifatli 
mahsulot olishga imkon beradi. 
Ohakning so‘nish tezligi suv temperaturasiga ham bog‘liq. Chunki sovuq suv 
ishlatganda issiqning anchagina qismi ohak bo‘laklarini maydalab yuboradigan 
bug‘ning hosil bo‘lishi uchun emas, balki suvni issitishga sarf bo‘ladi. Bug‘hosil 
bo‘lish jarayoni sekinlashsa, hosil bo‘lgan kalsiy gidrat oksidining ohakning 
gidratlanmagan zarrachalari yuzasida qatlamlanib qolishiga sababchi bo‘ladi. Shunda 


103 
suvning yangi zarrachalar yuzasiga o‘tishi qiyinlashadi. Natijada so‘ndirish jarayoni 
sekinlashadi. 
Ohak 
aralashtirib 
turilganda, 
bu 
jarayon 
unchalik 
kuchli 
bo‘lmaydi,chunki bu holda Ca(OH)
2
pardasi buziladi va suv yangi zarrachalarga 
bemalol o‘tib kela beradi. 
Amalda so‘ndirish jarayoni tezlatish uchun 40-50
0
C gacha issitilgan suv 
ishlatiladi va ohak yaxshilab aralashtirib turiladi. Suvga ba’zi xlorli tuzlar, ya’ni 
CaCl
2
. NaCl solinganda ham so‘nish jarayoni sezilarli darajada tezlashadi. Chunki 
tuzlar ta’sirida ohak ancha eruvchan bo‘lib qoladi. Sulfat kislota yoki uning tuzlari 
qo‘shilsa, so‘nish jarayoni sekinlashadi: ohak bilan reaksiyaga kirishib, qiyin 
eruvchan kalsiy sulfatini hosil qiladi. Ohak zarrachalari ustida kalsiy sulfatining 
paydo bo‘lishi suvning zarracha ichiga kirishiga to‘sqinlik qiladi.
10-rasmda ko‘rinib turibdiki, kuydirish temperaturasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
ohak shunchalik sekin so‘nadi. Sababi shuki, kuydirish temperaturasini oshirganda 
kuydirilgan ohaktosh ancha zichlashib, g‘ovakligi kamayadi, g‘ovaklari torayadi: 
bunday sharoitlarda suv yaxshi o‘ta olmaydi va so‘nish jarayoni sekinlashadi. 
10-Rasm. Ohak so‘ndirish muddatining ohaktoshni kuydirish temperaturasiga 
bog‘liqligi. 
Ohak uzoq vaqt saqlanganida uning so‘nuvchanligi sustlashadi. Chunki ohak 
havodagi nam va karbonat angidridni o‘ziga tortib oladi, zarrachalari yuzasida 
suvning o‘tishiga to‘sqinlik qiladigan va uncha-munchaga erimaydigan kalsiy 


104 
karbonat hosil bo‘ladi. Hozirgina kuydirilgan ohak juda tez so‘nadi va undan boshqa 
bir xil sharoitlarda ancha shirali ohak xamiri hosil bo‘ladi. 
So‘ndirish uchun qancha suv olingani so‘nish jarayoni tezligiga va so‘ndirilgan 
ohak sifatiga katta ta’sir qiladi. Suv keragidan ko‘p bo‘lsa (xamir holatigacha 
so‘ndirishda) suvi kam vaqtdagi (kukun ohak holigacha so‘ndirish)ga qaraganda 
hiylagina dispers ohak hosil bo‘ladi. Suv etishmasligi natijasida ohak «kuyishi», 
ya’ni hozirgina kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Ca(OH)
2
pardasi hosil bo‘lishi 
mumkin. Pardadagi suv unga tegib turgan kalsiy oksidi qatlamlarinig 
gidratatsiyalanishiga sarf bo‘lib, parda yanada qalinlashadi. 
Ohak zarrachalarining mayda-yirikligi ham sezilarli darajada ta’sir qiladi: 
qanchalik mayda bo‘lsa, Ca(OH)
2
zarrachalari shunchalik tez va to‘la hosil qiladi. 
Shuning uchun ham kesak ohak avvaliga 5-10 mm o‘lchamda maydalaniladi. Misol 
uchun, silikat avtoklav buyumlar ishlab chiqarayotganda maydalab, kukunsimon 
holatida so‘ndiriladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish