122
Notekis kuydirishning zararli ta’sirini ohakni yanada mayda tuyish bilan ancha
kamaytirish mumkin: o‘ta pishgan juda mayda zarrachalar hajmi absolyut kam
kengayadi va undagi ichki cho‘zuvchi zo‘riqishlar ham kuchsizroq bo‘ladi. Bunday
hollarda ohakni vibro tuyish tavsiya qilinadi.
Sifatli kuydirilgan ohak hajmining notekis o‘zgarishiga
kalsiy oksidining
Ca(OH)
2
ga aylanishi va qayta kristallanishi ham sababchi bo‘lishi mumkin. CaO tez
gidratlanishi va talaygina issiq ajralib chiqishi natijasida ana shunday o‘zgarish sodir
bo‘ladi. Buning oldini olish uchun iloji boricha issiqni chetlatish kerak. Shuning
uchun ham qishki sharoitlarda tuyilgan so‘ndirilmagan ohak ishlatish ancha sifatli
qorishmalar tayyorlashga imkon beradi. Qayta kristallanish
qotayotgan sistema
strukturasiga zararli ta’sir qilmasligi uchun materialning ortiqcha kengayishga yo‘l
qo‘ymaydigan qoliplar ishlatiladi.
Ohakning gidratlanishini sekinlashtiradigan qo‘shilmalar qo‘shish yaxshi
natijalar beradi. CaO suv bilan butun vaqt davomidv bir tekisda reaksiyaga kirishadi,
sodir bo‘layotgan struktura jarayonlar bir me’yorda rivojlana boradi. Sulfit-spirt
barda 0,15-0,3 miqdorda qo‘shiladi va sulfatlar (gips, magniy sulfati va boshqalar)
ana shunday qo‘shimchalardan hisoblanadi. Sulfatlar ohak og‘irligining 3-5%
gacha
miqdorida alohida yoki barda bilan birga qo‘shiladi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, qotayotganda talaygina issiq ajralib chiqishi
salbiy hodisagina bo‘lib qolmay, so‘ndirilmagan ohakda tayyorlangan qorishmalar
qishda ishlatilayotganda yaxshi foyda berishi mumkin. Chunki qorishma tez muzlab
qolmaydi.
Bunday qorishmalar, yuqorida aytib o‘tilganidek, so‘ndirilmagan ohak
nihoyatda ekzotermik bo‘lgani (ko‘p issiq chiqarishi) sababli tezroqquriydi.