Texnologik sxemasi. Mergel ohaktosh portlash yo‘li bilan qazib olinadi,
maydalanadi, saralanadi va kuydiriladi.
Ohak kuydiruvchi agregat sifatida shaxta yoki aylanma pechlardan
foydalaniladi. Shaxta pechlarda kamida 20-40 mmo‘lchamda bo‘lgan ohaktosh,
aylanma pechlarda esa 15-20 mm o‘lchamdagi ohaktosh kuydiriladi.
Mergel ohaktoshlarni kuydirayotganda kalsiy oksidi hosil bo‘ladi. U gil
aralashmalar tarkibidagi kislota oksidlari bilan o‘zaro ta’sir etishadi. Shunda kalsiy
silikatlari, alyuminatlari va ferritlari ham hosil bo‘ladi. Aytib o‘tilgan o‘zaro ta’sir
etishish suyuq faza eritma hosil bo‘lmasdan qattiq fazalarda sodir bo‘ladi. Shuning
uchun ham kuydirilgan material kesaklanib qolmaydi.
Gidravlik ohakni kuydirish temperaturasi amalda 800-900
0
C dan 1000
0
C
gacha bo‘ladi. 1100
0
C dan yuqori temperatura tavsiya qilinmaydi, kuydirish
temperaturasi shundan oshsa, mahsulot so‘nish qobiliyatini yo‘qotadi.
Gidravlik ohak ishlab chiqarish uchun dolomitlashmagan, shuningdek,
dolomitlashgan ohaktoshlar qo‘llaniladi. Dolomitlashgan ohaktoshlardagi MgCO
3
miqdori 20% gacha boradi. Bunday ohaktoshlarni kuydirayotganda talaygina magniy
oksidi hosil bo‘ladi. Magniy oksidi esa kuydirish temperaturasi 800-900
0
C dan ortishi
bilan suvga nisbatan aktivligini tobora kamaytira boradi. Bunday magneziya sekin
so‘nadi va qotib qolgan betonda ham so‘nishni davom etirishi mumkin. Natijada
beton yorilib ketishi mumkin. Shuning uchun ham dolomitlashgan mergel
ohaktoshlarni yuqorida ko‘rsatilgani kabi 800-900
0
C dan oshmaydigan temperaturada
shaxta yoki aylanma pechlarda kuydirish kerak.
127
Shaxta pech turi ishlatiladigan ohaktoshlarning kimyoviy tarkibiga qarab
tanlanadi. Ohaktoshlar dolomitlashmagan bo‘lsa, xom ashyo bilan yoqilg‘i aralash
solinadigan pechlar ishlatiladi. Dolomitlashgan ohaktoshlar esa yoqilg‘i batamom
yongandan, o‘txonasi tashqariga chikarilgan pechlarda yoki ancha tejamli nim gaz
pechlarda kuydirilgani ma’qul. Aks holda, magniy oksidi kuyib ketadi.
Tuyilgan so‘ndirilmagan ohak ishlash dolomitlashmagan ohaktoshlar xom
ashyo bilan yoqilg‘i aralash solingan pechlarda kuydirilgani yaxshi. Chunki mayda
tuyilgan holdagi yoqilg‘i kuli ohakning gidravlik xossalarini oshiradi.
Aylanma pechlar ishlab chiqarishning bu sohasida kam ishlatiladi. Chunki
yoqilg‘i sifatida ko‘mir changini ishlatishga, ko‘mir chang tayyorlashni tashkil etish
uchun ko‘p mablag‘ sarflashga, shuningdek kuydirish uchun ancha ko‘p, ya’ni shaxta
pechlarida kuydirilayotgan vaqtdagi 12-15% o‘rniga ohak og‘iriligiga nisbatan 20%
gacha shartli yoqilg‘i sarflashga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramasdan, boshqa bir qator
ko‘rsatkichlari, jumladan, sermehnatliligi jihatidan shaxta pechlarga qaraganda ancha
tejamli kalta aylanma pechlar ishlatiladi.
Gidravlik ohak kuydirishda shaxta va aylanma pechlarning ish unumi,
taxminan, havoda qotadigan ohakni kuydirish pechlarining ish unumidek bo‘ladi.
So‘ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohak ishlab chiqarayotganda texnologik
operatsiyalar qanday tartibda davom etishi quyidagi sxemadan ko‘rinib turibdi:
128
Охактош кони
Майдалагич
Саралагич сим галвир
Товар фракция
Дозалагич
Куйдириш печи Йирик булаклари
Майдалагич
Кесак охак омбори
Дозалагич
Шар тегирмон
Сепаратор
Товар фракция Йирик булаклар
Туйилган сундирилмаган охак омбори
Идишсиз жунатиш Идишга жойлайдиган машина
Идишда жунатиш
Майдаси
(чикинди)
Улушлагич
Улушлагич
129
16-
16-Rasm. So‘ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohakning texnologik sxemasi
Pechdan olinayotgan kuydirish mahsuloti (so‘ndirilmagan gidravlik kesak ohak
deb yuritiladi) hali bog‘lovchi material hisoblanmaydi va qorishma hamda beton
ishlashida unda foydalanib bo‘lmaydi. Bog‘lovchi modda hosil qilish uchun
so‘ndirilmagan kesak ohak bo‘laklari mayda tuyilishi kerak.
Gidravlik kesak ohak ikki usulda, ya’ni mexanik yo‘l bilan shar tegirmonlarda
va so‘ndirish yo‘li bilan tuyilishi mumkin. Birinchi usulda tuyganda so‘ndirimagan
tuyilgan gidravlik ohak (u qo‘llanib kelinayotgan standart bo‘yicha tuyilgan
so‘ndirilmagan ohak deyiladi), ikkinchi usulda tuyganda esa kukun holigacha
so‘ndirilgan gidravlik ohak olinadi.
10-20 mm gacha bir sidra maydalab olingan kuydirilgan kesak ohak zoldirli
tegirmonlarining sarflash bunkeriga uzatiladi. Bunkerdan ta’minlagich yordamida
130
zoldirli tegirmoniga keragicha solib turiladi. Maydalangan mahsulot yirik donalarini
ayirib tashlash uchun separatorga yuboriladi. Yirik donalari qayta tuyishga, mayda
donalari esa tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. Tuyilgan so‘ndirilmagan gidravlik
ohak germetik berk metall konteynerlarda yoki bitumlashtirilgan qog‘oz qoplarda
tashiladi. Idishsiz jo‘natishda esa maxsus jihozlangan sement tashigich mashinalardan
foydalaniladi.
Kukun holigacha so‘ndirilgan gidravlik ohak tayyorlash texnologiyasidan
ko‘rinib turibdiki, yuqorida bayon etilgan texnologiyadan tubdan farq qiladi.
Gidravlik ohak ham havoda qotadigan ohak singari qimmatli xossaga ega:
unga suv ta’sir qilganida, juda maydalab tuyganda ham shunchalik bo‘lmaydigan
darajada, nihoyatda mayda kukunga aylanib ketadi. Biroq gidravlik ohak tarkibiga
kirgan erkin kalsiy oksidigina so‘nish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Uning gil oksidlari
bilan o‘zaro ta’sir etishish mahsulotlari, ya’ni kalsiy silikatlari, alyuminatlari va
ferritlari so‘nish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. So‘ndirilayotganda ular nisbatan yirik va
amalda suvga nisbatan mo‘rt, so‘nmagan zarralar holida qoladi. Ayni vaqtda xuddi
ana shu birikmalar mayda tuyilganida ohakka gidravlik xossalar beradi. Shuni
nazarda tutib, so‘nmagan donalari elanadi, shar tegimonlarida maydalanadi. So‘ngra
so‘ndirilmagan ohak kukunni bilan aralashtiriladi. Bu usulda ishlab chiqarish jarayoni
quyidagi tartibda o‘tadi.
Kuydirilgan kesak ohak dastlab 10-20 mm gacha o‘lchamda maydalanadi.
Kesak ohak maydalashdan oldin bir necha (3-5) kun omborda ushlab turilgani
ma’qul. Shunda u havodagi nam ta’siridan qisman so‘nadi, natijada navbatdagi
texnologik jarayonlarni bajarish osonlashadi.
Maydalangan mahsulot so‘ndirgich apparatga yuboriladi. Shu maqsadda
odatdagi so‘ndirgich shnek qo‘llaniladi. So‘ndirgich shnekka suv yuborib turiladi.
Ohakni kukun holigacha so‘ndirish uchun zarur suv miqdori ohakdagi erkin CaO
miqdoriga bog‘liq. Kalsiy oksidi ohak og‘irligining 15-25 protsent miqdorida bo‘lishi
kerak. Suv minimal nam so‘ndirilgan mahsulot hosil bo‘ladigan miqdorda quyilishi
131
zarur. Aks holda, gidravlik birikmalar ortiqcha quyilgan suv bilan barvaqt o‘z-aro
ta’sir etishib, qisman gidratatsiyalanadi, natijada sifati pasayadi.
So‘ndirgich shnekda ohak batamom so‘nmaydi. Ohak undan so‘ndirgich
siloslarga yuboriladi va bu erda batamom so‘ndiriladi. Gidravlik ohak sekin
so‘nadigan modda bo‘lgani uchun ko‘pincha 10-15 kungacha siloslarda saqlanadi.
Issiq suv ishlatish so‘ndirish jarayonini ancha yaxshilaydi. Shu maqsadda
so‘ndirgich shnekda ohak bug‘ bilan namlanadi. Silosdagi massaning isishiga ohak
gidratatsiyalanayotgani vaqtida ajralib chiqadigan issiqham yaxshi yordam beradi.
So‘ndirilgan ohak silosdan bir oz so‘nmagan yirik donalar aralashgan kukun
holida chiqadi. So‘nmagan donalarini ajratib olish uchun ohak separatorga yuboriladi.
0,2-0,25 mm o‘lchamdagi mayda tovar fraksiya omborga, yirik so‘nmagan donalari
esa shar tegirmonlarga yuboriladi. Sharli tegirmonda maydalanadi, so‘ngra yana
so‘ndirgich silosga olib kelinadi.
Mazkur texnologiya bo‘yicha bir yo‘la ikki xil mahsulot, ya’ni kuchli gidravlik
ohak va kuchsiz gidravlik ohak olish mumkin. Tarkibida talaygina gidravlik
birikmalar bo‘lgan, so‘nmagan mayda tuyilgan donalari butun ohak massasiga
aralashtirib yuborilmasdan, tayyor mahsulot sifatida ishlatilsa,bu kuchli gidravlik
ohak hisoblanadi. Separatordan olingan mayda fraksiyada gidravlik birikmalar
nisbatan kam bo‘ladi va xossalari jihatidan kuchsiz gidravlik ohak hisoblanadi.
Tarkibida gil aralashmalar ko‘p (gidravlik moduli ko‘pi bilan 4-5 ga teng)
ohaktoshlardan foydalanayotganda bir yo‘la ikki xil ohak ishlab chiqariladi.
|