• Ishlatish sohalari
  • 2-§ Romansement
  • Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/154
    Sana06.12.2023
    Hajmi6,08 Mb.
    #112727
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154
    Bog'liq
    Qurilish materiallari texnologiyasi

    Maydaligi. 
    Gidravlik 
    ohak 
    qanchalik 
    mayda 
    tuyilgani 
    105-110
    0

    temperaturada quritilgan kukuni kvadrat teshigining bir tarafi 0,09 mm bo‘lgan 009 


    134 
    nomerli elakda elash bilan tekshirib ko‘riladi. Elaganda og‘irligi bo‘yicha 10% dan 
    ortiq qoldiq qolmasligi kerak. 
    Ishlatish sohalari.Gidravlik ohak havoda qotadigan ohak qatori ishlatiladi. 
    Lekin undan ancha mustahkam va suvga chidamli qorishma hamda beton ishlanadi. 
    Gidravlik ohak havoda qotadigan shu jihatdan katta farqqiladiki, u suvda ham qota 
    oladi. Shuning uchun ham tobora keng qo‘llanib kelinmoqda. Binolarning nam 
    sharoitlarda ishlatiladigan qismlari, ya’ni asosi, poydevori, shuningdek so‘g‘orish 
    kanallari va unchalik katta bo‘lmagan boshka gidrotexnik inshotlarni qurishda ana 
    shu ohakdan foydalanilmoqda. 
    Gidravlik ohak asosan quruq va nam sharoitlarda ishlatiladigan bino devorini 
    qurish va suvashda ko‘p ishlatiladi. Past marka beton va bir qator ohak-shlak, ohak-
    putssolan ya’ni sement ishlab chiqarishda ham ishlatishga ruxsat etiladi. 
    Yig‘ma beton buyumlari ishlab chiqarishda gidravlik ohakdan kam qavatli 
    binolar ishlatiladigan devorbop materiallar ishlashda foydalaniladi. 
    2-§ Romansement 
    Ohaktosh yoki magnezial mergellarning erib, bir-biriga yopishib qolmaydigan 
    darajada pishganini mayda tuyish natijasida hosil bo‘lgan mahsulot romansement 
    deyiladi. Bunday bog‘lovchi ishlab chikarish uchun ohaktosh va gilning sun’iy 
    aralashmasidan foydalansa ham bo‘ladi. Tishlashish muddatini keragicha o‘zgartirish 
    uchun romansementga 5% gacha gips, shuningdek 15% gacha gidravlik qo‘shilmalar 
    qo‘shib tuyishga ruxsat etiladi. Shunda sementning suvga chidamliligi yanada oshadi 
    .yoki iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘ladi). 
    Kalsiy karbonat va gilning tabiiy aralashmasidan iborat bo‘lgan mergellarda 
    gildan 25-60% gacha bo‘lishi mumkin. Romansement ishlab chiqarish uchun esa 
    tarkibidagi gil aralashma 25-30% ga boradigan mergellar ishlatgan yaxshi. 
    Gidravlik ohak ishlab chikarish uchun 20% gacha gil bo‘lgan ohaktoshlar 
    ishlatilishini, hosil bo‘lgan mahsulotning gidravlik moduli esa 1,7-9 ga teng 
    ekanligini eslasak, u holda romansementning gidravlik moduli 1,7 dan kam 
    bo‘lmaydi. Darhaqiqat, u odatda 1,1-1,7 atrofida bo‘ladi. Demak. gil aralashmalar 


    135 
    kuydirish vaqtida hosil bo‘lgan CaO ning batamom bog‘lay oladigan miqdorda, yoki 
    CaO ni kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari holida bog‘lash uchun kerak 
    bo‘ladiganidan ortiqroq miqdorda bo‘ladi. Gidravlik modul 1,3 yoki undan kam 
    bo‘lganida gil aralashmalar ohak bilan bog‘lanmagan, erkin holicha qoladi. 
    Shunday qilib, gidravlik ohakdan farqli o‘laroq romansementda erkin CaO 
    bo‘lmasligi kerak. Romansementdagi butun ohak gidravlik qota oladigan moddalar, 
    ya’ni kalsiy silikatlari (2CaO

    SiO
    2
    ), kalsiy alyuminatlari (CaO

    Al
    2
    O

    va 
    5CaO

    3Al
    2
    O
    3
    ) va kalsiy ferritlari (2CaO Fe
    2
    O
    3
    ) holida bog‘langan. 
    Erkin kalsiy oksidi yo‘qligi va tarkibida talaygina gidravlik moddalar 
    mavjudligi jihatidan romansement gidravlik ohakdan tubdan farqqiladi: romansement 
    so‘nmaydi, lekin undan ishlangan qorishma va betonlar ancha mustahkam va suvga 
    chidamli bo‘ladi. 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish