qism Gidravlik boglovchi moddalar




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

2 qism Gidravlik boglovchi moddalar 
5 bob Gidravlik oxak va romansement 
1-§. Gidravlik ohak 
Odatda tarkibida 6 dan 20% gacha gil aralashma bo‘ladigan mergel 
ohaktoshlarni erib, bir-biriga yopishib qolmaydigan darajada kuydirib, keyin mayda 
tuyganda hosil bo‘ladigan bog‘lovchi moddaga gidravlik ohak deyiladi. 
Gidravlik ohak tuyilgan so‘ndirilmagan («tuyilgan so‘ndirilmagan ohak») va 
kukun holigacha so‘ndirilgan (mayda tuyilgan so‘nmagan zarrachalar aralashmasi 
bilan) ohak holida ishlab chiqariladi. 
Qotish tezligi va mexanik jihatdan qanchalik mustahkamlanishiga qarab, 
gidravlik ohak ikkiga bo‘linadi: kuchli gidravlik ohak va kuchsiz gidravlik ohak. 
Ohakning gidravlik darajasi gidravlik (asosiy) modul (m) miqdori bilan 
aniqlanadi. Gidravlik modul ohak (xom ashyo) tarkibidagi kalsiy oksidi va kislota 
oksidlarining miqdor nisbati bilan ifodalanadi: 
Ohakda faqat havoda qotadigan CaO qanchalik ko‘p, ya’ni asosiy modul 
qanchalik katta bo‘lsa, uning gidravlik xossalari shunchalik past bo‘ladi, chunki CaO 
ko‘p bo‘lsa, ana shunday xossalarga ega bo‘lgan boshqa moddalar (kalsiy silikat, 
alyuminat va ferritlar) kam bo‘ladi. Gidravlik ohak gidravlik modullining miqdori, 
1,7-9 ga teng. Gidravlik moduli 1,7-4,5 ga teng bo‘lgan ohak kuchli gidravlik ohak, 
moduli 4,5-9 gacha bo‘lgan ohak kuchsiz gidravlik ohak hisoblanadi. Gidravlik 
modul 9 dan ortiq bo‘lsa, ohak amalda gidravlik xossalarga ega bo‘lmaydi va u 
havoda qotadigan ohak hisoblanadi. 
Ikki kalsiyli silikat (2CaO

SiO
2
), ikki kalsiyli ferrit (2CaO

FeO
2
) va bir kalsiyli 
alyuminat (CaO

Al
2
O
3
) kuydirilayotganda hosil bo‘ladigan va kuydirish mahsulotini 
gidravlik xossali qiladigan birikmalardan hisoblanadi. CaO ning SiO
2
, Al
2
O
3
va 
Fe
2
O
3
larni ko‘rsatilgan birikmalar tarzida bog‘lay oladigan eng ko‘p miqdori 1,7-1,8 
og‘irlik qismini tashkil qiladi. Gidravlik ohakning asosiy moduli odatda bir oz yuqori 
)
%(
%
3
2
3
2
2
O
Fe
O
Al
SiO
CaO
m





126 
–9 gacha, ko‘pincha 3-5 bo‘ladi, ya’ni gidravlik ohakda CaO ning 9 og‘irlik qismiga 
1 og‘irlik qism kislota oksidlari to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, gidravlik ohak 
tarkibida, gidravlik birikmalar-kalsiy silikatlar, alyuminatlar va ferritlar bilan 
birgalikda ozmi-ko‘pmi erkin CaO ham bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, gidravlik 
ohak ishlab chiqarish xususiyatlari, uning xossaalari va ishlatilish sohalari ham har 
xil. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish