136
bo‘lsa, gil ohaktoshda tekis joylashadi. Gil yirik kesak holida bo‘lsa,
romansementning sifati pasayadi. U vaqtda ohak bilan gil faqat kesaklar yuzasidagina
o‘zaro ta’sir etishishada. Shunda, hatto gidravlik moduli ancha past bo‘lsa xam,
romansementda talaygina miqdorda erkin ohak qolishi mumkin. U keyinchalik
sement qotayotganda hajman notekis o‘zgarishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Gilning
bir qismi esa ballast holida qola beradi. Shuning
uchun ham mergel sifatini
aniqlayotganda undagi gil zarrachalar yig‘indisi (gidravlik modul mikdori)nigina
emas, shu bilan birga disperslik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
Mergelni kuydirish uchun aylanma va shaxta pechlardan foydalaniladi.
Ohaktosh mergellari kuydirilayotganda xom ashyo bilan yoqilg‘i aralash solinadigan
shaxta pechlar ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Magnezial mergellar
qo‘llanilayotganda o‘txonasi tashqariga chiqarilgan shaxta pechlardan foydalanish
kerak bo‘ladi. Chunki bunday pechlarda kuydirishning belgilangan rejimiga aniq
rioya qilish va past temperaturada kuydirish mumkin bo‘ladi.
Har qanday mergelni ko‘ydirishda ishlatish mumkin bo‘lgan aylanma pechlar,
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
sabablarga qura, ya’ni yoqilg‘i ko‘p sarf bo‘lish, uni
qurish uchun katta mablag‘ talab qilinishi sababli, romansement ishlab chikarishda
unchalik ko‘p qo‘llanmaydi.
Romansementni xom ashyo bilan yoqilg‘i aralash solinadigan shaxta pechlarda
kuydirish uchun shartli yoqilg‘idan taxminan kuydirilgan mahsulot og‘irligining 12-
14% miqdorida, o‘txonasi tashqariga chikarilgan pechlarda 14-16%, aylanma
pechlarda esa 16-20% va bundan ortiq sarflanadi.
Kuydirilgan mergelni tuyishdan oldin ma’lum vaqt (3-5 kun) omborda saqlab
turgan ma’qul. Shu vaqt ichida erkin ohak havo nami ta’sirida qisman so‘nishi
mumkin. Shu bilan romansementning sifati yaxshilanibgina qolmasdan, uni tuyish
ham osonlashadi. So‘ndirilayotgan vaqtda ohakning hajman
kengayishi natijasida
kuydirilgan mergel bir oz yumshayadi.
137
Romansementni maydalash uchun shar tegirmon ishlatiladi. Gips yoki
gidravlik qo‘shilmalardan foydalanayotganda ular kuydirilgan mergel bilan
birgalikda maydalandai. Shunda bir xil jinsli mahsulot hosil bo‘ladi.
Tuyishdan oldin qo‘shilmalar quritish barabanlarida quritiladi: gips-namligi
10% gacha, gidravlik qo‘shilmalar-2% gacha.
Romansement
ikki xil sxemada, ya’ni maydalangan materialni elamasdan
(ochiq sikl) va elab (yopiq sikl) tuyiladi. Elaganda yirik donalari ajralib chiqadi va
qayta tuyishga yuboriladi. Shu bilan mahsulotning sifati ancha yaxshilanadi, tuyuvchi
agregatlarning ish unumi esa oshadi; separatorlarda elanadi.
Romansement ishlab chiqarish uchun ohaktosh bilan gil sun’iy aralashmasidan
foydalanayotganda ularning xom ashyoda tekis joylashishi uchun shar tegirmonlarda
aralashiga tuyiladi. Xom ashyo aralashmasi shaxta yoki aylanma pechlarda
kuydirilishi mumkin. Xom ashyo bilan yoqilg‘i aralash solinadigan shaxta pechlarda
kuydirilsa ham bo‘ladi, ammo yoqilg‘ini aralashmada qo‘maloq tayyorlashdan oldin
bevosita xom ashyo aralashmaning o‘ziga qo‘shgan yaxshi.
Shunda kuydirish
sharoitlari yaxshilanadi.
Aylanma pechlarda ham xom ashyo aralashma qumaloqholida kuydiriladi.
Lekin birmuncha kichik, ya’ni 20-30 mm gacha o‘lchamda bo‘ladi. Yoqilg‘i ularda
presslanmaydi, balki chang-havo aralashmasi holicha bevosita pechga uzatila
beriladi. Kuydirilgan mahsulot shar tegirmonlarda gips va gidravlik qo‘shilmalar
bilan yoki ularsiz tuyiladi.
Ko‘rinib
turibdiki, sun’iy yo‘l bilan tuzilgan aralashmadan romansement
ishlash texnologiyasi tabiiy mergellardan ishlashga qaraganda birmuncha murakkab.
Bundan tashqari, xuddi ana shuncha mablag‘ sarflash va ana shu uskunalarning
o‘zidan foydalanish bilan nisbatan ancha sifatli bog‘lovchi olish mumkin.
Bu usul
asosan mahalliy yoqilg‘i (o‘tin, torf, past kaloriyali ko‘mir va slanets) dan
foydalanilgani taqdirdagina o‘zini oqlaydi.