Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Ohaktoshni qazish. Ohaktosh konlari ko‘p hollarda er yuzasida bo‘ladi. 
Ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi: portlatiladi, keyin portlatilgan tog‘ jinslari bir 
cho‘michli ekskavatorlar yordamida transportga yuklanadi. Ohaktoshlarning yirik 
xarsanglari pnevmatik yoki elektr bolg‘alar bilan maydalanadi. Ba’zan kichkina 
zaryadlar yordamida takror portlatib maydalanadi. 
Ohaktoshlar temir yo‘l yoki tosh yo‘lda qatnaydigan transport vositasida yoki 
kon yaqinida, ya’ni 1 kg masofada bo‘lsa, transportyorlar yordamida tashiladi. 
Transportyor yordamida tashish eng qulay, unumli va kam mehnatli usuldir. Kon 3 
km masofada bo‘lganda ohaktoshlarni yukini o‘zi ag‘daradigan mashinalarda 
tashigan foydali, yukini o‘zi ag‘daradigan mashinalarda yaxshi ishlashi uchun usti 
qattiq, pishiq yo‘llar kerak. Kon 3 km dan ortiq masofada bo‘lganida temir yo‘ldan 
foydalanilgani maqul. 
Xom ashyoni qazib olishni tashkil qilayotganda ohaktosh cho‘kish natijasida 
hosil bo‘lganiga katta ahamiyat berish kerak. Chunki ohaktoshlarning kimyoviy va 
mineralogik tarkibi kon sathi va uning qalinligi (quvvati) bo‘yicha ancha farqqiladi. 
Ohaktosh qatlamida linzasimon uyum yoki qatlam holida gil uchrashi ham mumkin. 
Havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo‘llaniladigan ohaktosh tarkibida aralashma 
ko‘p bo‘lsa, uni ishlatib bo‘lmaydi. Shuning uchun kondan ohaktosh qazib ola 
boshlashdan oldin uning hamma uchastkasini puxta tekshirib chiqarish kerak. 
Ohaktosh mazkur erda sifati jihatidan qanchalik bir xilligiga qarab yoppasiga 
yoki tanlab-tanlab qaziladi. Ohaktosh sifati jihatidan ayrim uchastkalarda bir xil 
bo‘lgani yoki salgina farqqilgani taqdirdagina yalpi (yoppasiga) qaziladi. Sifati 
keskin farqqilsa, tanlab-tanlab qaziladi. Bunday qazishda ohakning tannarxi oshadi
shu bilan birga ishonchli bo‘lmay qoladi. Gap shundaki, qazish vaqtida ohaktoshning 
sifati yoki sifatsizligini rang va qattiqligiga qarab aniqlash mumkin. Buning uchun 


90 
katta tajriba kerak. Shuning uchun ham ohaktosh, to‘plangan joylar sifati jihatidan 
bir-biridan keskin farqqilsa, ohak zavodi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan nisbatan 
yaxshiroqqon qidirish kerak bo‘ladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish