-§ So‘ndirilmagan kesak-ohak




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

1-§ So‘ndirilmagan kesak-ohak 
So‘ndirilmagan kesak-ohak ishlab chikarish texnologik jarayoni, keltirilgan 
sxemadan ko‘rinib turibdiki, asosan ohaktosh qazib olish, uni tayyorlash va 
kuydirishdan iborat. 
1. Xom ashyo materiallari va ularni tayyorlash 
So‘ndirilmagan kesak-ohak ishlab chikarish uchun tarkibida kalsiy karbonat 
ko‘p bo‘lgan tog‘ jinslari (ohaktoshlar) dan foydalaniladi.Ohaktoshlar cho‘kindi tog‘ 
jinslari bo‘lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari jihatidan xilma-xil turlarga 
bo‘linadi. Biroq uning asosiy qismi kalsiy
karbonatdan iborat.Boshqa moddalar, ya’ni 
(magniy karbonat, gil va har xil oksidlar) bo‘lishiga sabab shuki, ohaktoshlar 
cho‘kindi holda hosil bo‘ladi; karbonatlar cho‘kkanida bu moddalar ham cho‘kkan. 
Aralashmalarning miqdoriga qarab ohaktoshlarning rangi oq rangdan qora rangacha 
1
Стандарт лаборатория синови вақтидаги сўниш тезлиги деганда кесак-оҳакни сув билан қорган 
вақтдан хамири максимал температурагача қизигунига кадар ўтган давр тушунилади. 


87 
boradi. Bitum va ko‘mir moddalar qo‘shilgan bo‘lsa ohaktosh qoramtir bo‘ladi. 
Sarig‘, qo‘ng‘ir, kul rang tusda bo‘lishi ohaktoshdagi temir va marganets 
aralashmalari ta’siridan; kimyoviy jihatdan sof kalsiy karbonat oppoq bo‘ladi. 
Odatda ohaktoshlarga gil aralashmalari qo‘shilgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra 
ohaktoshning quyidagi turlari uchraydi: sof ohaktosh (tarkibida 5% gacha gil 
aralashmalari bor): mergel (gil)li ohaktosh (tarkibida 5 dan 10% gacha gil 
zarrachalari bor); ohak-karbonat mergel (tarkibida 10 dan 30% gacha gil zarrachalari 
bor) va mergel (tarkibida 30 dan 50% gacha gil zarrachalari bor) ohaktosh. 
Keltirilgan klassifikatsiyadan ko‘rinib turibdiki, havoda qotadigan ohak ishlab 
chiqarish uchun faqat sof ohaktosh va qisman mergeli (gil) ohaktoshnigina ishlatish 
kerak. 
So‘ndirilmagan kesak ohak ishlab chiqarish texnologiyasi sxemasi 
5-Rasm. So‘ndirilmagan kesak ohak ishlab chiqarish texnologiyasi sxemasi 
Ёкилги омбори Охактош кони
Таъминлагичли бункер Тош бункери (таминлагичи билан)
Майдалагич Панжара сим галвир
Сим галвир Элак ости махсули Йирик булаклар
Майдаси Товар фракция Майдалагич
Бункер
Сим Галвир
Дозалагич
Товар фракция
Майдаси Бункер Йириги
(чикиндига)
Дозалагич
Куйдириш печи
Кесак охак омбори
Улушлагич 


88 
Havoda qotadigan ohak xossalariga katta ta’sir etadigan ikkinchi modda 
magniy karbonatdir. Karbonatli tog‘ jinslari tarkibida qancha MgCO

borligiga karab, 
salginadolomitlashgan ohaktosh (tarkibida 5-10% MgCO

bor), ohaktosh dolomit 
(tarkibida 20-40% MgCO

bor) va dolomit (tarkibida 40-46% MgCO

bor) ga 
bo‘linadi. 
Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun dolomitlashgan ohaktoshlarning 
hamma turlari ishlatilishi mumkin. Ularni kuydirganda tegishlicha oz magnezialli va 
dolomitli ohak hosil bo‘ladi. 
Havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo‘llaniladigan karbonatli tog‘ 
jinslarining hammasi standart bo‘yicha uch, ya’ni A, B va V klassga bo‘linadi. 
Bunday bo‘lishi uchun tog‘ jinslari tarkibida qancha karbonat, magniy karbonat va gil 
aralashma (SiO
2
, Al
2
O
3
va Fe
2
O
3
oksidlari) borligi asos qilib olingan. Quyida (9-
jadval) ohaktoshning har klassiga nisbatan qo‘yiladigan talablar keltirilgan. 
9-jadval 
Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan ohaktoshlarning 
kimyoviy tarkibi 
Ohaktoshlar klassi 
Tarkibi, % hisobida 
CaCO
3
MgCO
3
ko‘pi bilan 
Gil aralashmalar 
ko‘pi bilan 



95 
82 
50 
2,5 
10 
40 



Ohaktoshlar strukturasi jihatidan zich, bo‘sh va g‘ovak bo‘lishi mumkin. Shuning 
uchun ham ohaktoshlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
donador-kristall yoki marmar (mayda kristall strukturali) ohaktosh; 
zich-kristall strukturali ohaktosh; 
zoldirchalar to‘plamidan iborat yaxlit ohaktosh; 
ohaktosh tuf (g‘ovak ohaktosh); 


89 
o‘lgan jonli organizmlar kosasidan iborat ohaktosh –chig‘anok; 
yumshoq-bo‘sh tog‘ jinsi-bo‘r. 
Shaxta pechlarda kuydirib, havoda qotadigan ohak ishlab chikarish uchun 
strukturasi zich hamma ohaktoshlardan foydalanilsa bo‘ladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish