86
Kuydirilayotganda karbonat tuzlari qattiq CaO va MgO
oksidlari hamda gazsimon
mahsulot – CO
2
ga dissotsiatsiyalanadi. Gazsimon mahsulot chikarib tashlanadi,
qolgan qattiq oksidlar esa havoda qotadigan so‘ndirilmagan ohak tarkibiga kiradi.
Havoda qotadigan ohak qancha magniy oksidi borligiga qarab oz magnezialli (5%
gacha magniy oksidi bor) magnezialli (5 dan 20% gacha magniy oksidi bor) va
dolomitli (20 dan 41% gacha magniy oksidi bor) ohaklarga bo‘linadi.
Ohakda magniy oksidi va gil-aralashmalar bo‘lishi uning xossalariga, jumladan
so‘nish
tezligiga
1
katta ta’sir qiladi. Havoda qotadigan ohak so‘nish jarayonining
davom etish muddatiga qarab ikkiga bo‘linadi: tez so‘nuvchan ohak-20
min ichida
so‘nadi va asta so‘nuvchan ohak-20 min dan ortiq muddatda so‘nadi.
Qaynama-ohakni so‘ndirayotganda ohak xamiri temperaturasi har xil bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun ham havoda qotadigan ohak ko‘rsatkichiga qarab shartli
ravishda ikkiga bo‘linadi.: past ekzotermik ohak (so‘ndirilayotgan
vaqtdagi eng
yuqori temperaturasi 70
0
C dan past) va yuksak ekzotermik ohak (so‘ndirilayotgan
vaqtdagi eng yuqori temperaturasi 70
0
C dan ortiq).