66
tonnadan 1,6 tonnagacha bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda,
fosfat xom ashyosini
qayta ishlaydigan zavod bir vagon fosforit yoki apatit olib, zavod territoriyasidan
fosfogips tarzida 1,5 vagon fosfogips chiqarib tashlashi kerak,
uni olib borish va
saqlash ko‘plab mablag sarflashni taqazo etadi.
Bundan tashqari, sanitariya talablarini qondirishi, suvning tozaligini kuzatib
turish va tirik mavjudotlarni hayotini muxofaza qilish, ya’ni chiqindi suvlarni yig‘ib,
ana shu suyuq
muhit tarkibidagi fosfogips, ftor birikmalari, yuvilmay qolgan sulfat
kislota, fosfor kislotalarini zararsizlantirish qo‘shimcha mablag sarflashni talab
qiladi.
Fosfogipsdagi gips kristallari bir xil bo‘lmaydi, ba’zi
birlarining reshetkalarida
(panjara) SO
4
2-
ioni, SiO
4
2-
va PO
4
3+
ionlariga, kalsiy ioni esa Al
3+
, Fe
3+
va siyrak er
elementlariga almashgan bo‘ladi. Shuning uchun bunday sun’iy gips fosfogips deb
ataladi. Bu holat oddiy texnologiya asosida fosfogipsdan olinadigan gips bog‘lovchi
moddalarning xossasini yomonlashtiradi. Biroqquyida sanab o‘tiladigan maxsus
ishlab chiqilgan usullar asosida suvsizlantirish yo‘li bilan fosfogipsdan sifati xuddi
eng yaxshi tabiiy xom ashyodan hosil qilinadigandagidan
qolishmaydigan tayyor
bog‘lovchi modda olish mumkin. Bu usullar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Suvda yuvish orqali P
2
O
5
ning eriydigan shaklini yo‘qotish.
2. Erkin fosfor kislotani ohak bilan neytrallash.
3. Ftor yoki xlor apatit tarzida H
3
PO
4
ni cho‘ktirish uchun ohak
sutiga ftor yoki xlor qo‘shib fosfogipsga ishlov berish.
4. Fosfogipsga 120-150 darajali haroratda termik ishlov berish, keyin sulfat
kislota va fosfor kislotalar aralashmasida suvsizlantirish.
Mazkur aralashmada H
2
SO
4
konsentratsiyasi 0,5% ortadi, og‘irlik
massasi
nisbati H
3
PO
4
: H
2
SO
4
birdan kam. Natijada hosil bo‘lgan mahsulotda fosfor kislota
miqdori 0,3 foizgacha, CaF
2
miqdori esa 0,02 foizgacha kamayadi. Shu yo‘sinda
olingan gips tabiiy gips xossalariga yaqinlashadi.
67
5. Birmuncha qoldiq kislotasi va qo‘shimchalari bo‘lgan fosfogipsda gips rN ini
7 dan oshirish uchun etarli miqdordagi ohak yoki kalsiy gidrooksidi qo‘shiladi. Keyin
rN ni 7 gaqadar kamaytirish uchun kuydirib, alyuminiy sulfat bilan ishlov beriladi.
6. Fosfogipsga issiqlik ta’sirida ishlov beriladi. Natijada kalsiy sulfat oraliq
shaklga o‘tadi. Issiqlik ta’sirida ishlov berilgan mahsulot tarkibida yo ohak, yo ohakli
sement,
yo uch valentli temir sulfati, yoki ularning aralashmasi bo‘lgan suv bilan
aralashtiriladi.
Shundan keyin kalsiy sulfat ikki suvli bo‘lguniga qadar gidratlantiriladi,
aralashmalar esa suvda erimaydigan shaklga kiradi. Yana issiqlik ta’sirida ishlov
berilsa, yarim suvli kalsiy sulfat hosil bo‘ladi.
7. Fosfogipsni 60-90
0
C bir yoki bosqichli gidroseparatsiya jarayoni yordamida
tozalash oqibatida sof CaSO
4
2H
2
O kristallari vujudga keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan usullardan biri yordamida
fosfogipsga ishlov
berilganidan keyin binokorlik gipsi va o‘ta mustahkam gips, ohak gipsli bog‘lovchi
modda, fosfoangidrid sement va boshqalar singari havoda qotadigan bog‘lovchi
materiallar hosil bo‘ladi.
Bundan tashqari, ishlov berilgan fosfogipsdan sifatli tabiiy ikki suvli gips
o‘rnida ham foydalansa bo‘ladi.