Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

gel deb ataluvchi elimsimon holatga aylanadi, bu esa gipsning, gidratatsiyalanishi 
deb ataladi. Natijada kolloid holatdagi juda mayda zarrachalardan tashkil topgan gips 
hamiri hosil bo‘ladi va u tezda kristallana boshlaydi. Ikki suvli gips zarrachalarida 
o‘sayotgan ignasimon kristallar o‘zaro zichlashadi va mustahkam tutashgan kristallga 
aylanadi. Kolloid eritma hosil bo‘lishi va bu eritmaning kristallanish jarayoni, yarim 
molekula suvli gipsning ikki molekula suvli gipsga to‘laaylanishiga qadar davom 
etadi. Buym quritilganda undagi eritma holida qolgan yarim suvli gips kolloid 
hamirga aylanadi, so‘ng ikki molekula suvli gips kristallari ajralib chiqadi, buning 
hisobiga buyumning mustahkamligi yanada ortadi. Shuning uchun, gipsdan ishlangan 
buyumlar temperaturasi 70°C gacha bo‘lgan maxsus quritish kameralarida quritiladi. 
Qurilish gipsidan asosan suvoq ishlari uchun ohak-gips qorishmasi 
tayyorlashda va binoqorlik detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Shuniaytib o‘tish muximki, qurilish gipsiga xech qanday qo‘shimcha 
aralashtirmay, o‘zini sof holda ishlatish mumkin, chunki u quriganda yorilib 
ketmaydi. Ohak-gips suvoq qorishmalarida bir hajm gipsga 1...5 hajm ohak 
qo‘shiladi, natijada qorishmaning tishlashishi sekinlashib elastikligi ortadi. 
Bog‘lovchi moddani tejash va ohakning darzketishini yo‘qotish uchun gips va 
ohak aralashmasiga 1…3 hajm qum yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa modda 
(toshqol, pemza, yog‘och kipig‘I va qirindi singari narsalar) qo‘shiladi. Suvoq 
qorishmasi tayyorlashda qurilish gipsiga ohak qo‘shmasa ham bo‘ladi, biroq bunda 
tishlashishni susaytiruvchi biror qo‘shimcha modda aralashtirish kerak. 
Ohak-gips qorishmalari ohak qorishmasini tez qotishi va ancha mustahkamligi 
bilan, gips qorishmasidan esa, elastikligi hamda sekin tishlashishi bilan farq qiladi. 
Gips qorishmasini tayyorlashda gil ham ishlatiladi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, suvoqchilikda ohak va suvoq gipsidan iborat 
binoqorlik qorishmalari ishlatiladi. Ohak, odatda ohak hamiri ko‘rinishida ishlatiladi, 


47 
buning uchun u so‘ndiriladi. Ohakni so‘ndirish ekzotermik jarayon bo‘lib, bunda 
ma’lum miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Gipsni kuydirish esa endotermik jarayon 
bo‘lib, bunda suv ajralib chiqadi va issiqlik yutiladi. Mak-Enelli gipsdan chiqadigan 
namdan ohakni gidratatsiyalashda, ohak gidratatsiyasi issiqligidan esa gipsni 
kuydirishda juda o‘rinli foydalangan. 
Qurilish gipsidan turli gips va gips-beton mahsulotlari tayyorlanadi, bular 
quruq suvoq, devor plitalari va panellar, qavatlar orasiga qo‘yiladigan detallar, 
arxitektura-binoqorlik mahsulotlari, ventilyasiya qutilari, termoizolyasiya plitalari va 
boshqalardir. 
Qurilish gipsining rangi oq bo‘lgani uchun u sun’iy marmar va ba’zi xil 
bo‘yoqhamda bur tayyorlashda ham keng qo‘llanilmoqda, keramika sanoatida 
gipsdan qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek, ko‘zgu va optik shishalar 
ishlab chiqarishda ham gips ishlatiladi. Gips asbest va boshqa materiallar bilan 
aralashma holida issiqlikni o‘tkazmaydigan buyumlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. 
Bundan tashqari, qurilish gipsi bino devorlarining ichki tomonini suvashda, 
naqqoshlikda va bezak buyumlar tayyorlashda keng ishlatiladi. Gips o‘tga chidamli 
bo‘lganligi uchun, undan binoni shamollatuvchi qurilmalar, lift kataklari va boshqalar 
tayyorlanadi. 
Gipsni tashish va saqlash. Gipsli bog‘lovchilarni tashish va saqlashda ularga 
nam ta’sir etmasligi kerak. Ochik joyda gipsni bir oydan ortiq saqlash mumkin emas. 
Aks holda uning mustahkamligi 20% gacha kamayadi. Gips saqlaydigan 
omborlarning pollari yog‘ochdan qurilgan bo‘lishi kerak. 
Yuqori mustahkam gips olishning ikkinchi usuli ham bor: gips-toshni yuqori 
bosimli 
(0,13...0,2 
MPa) 
bug‘da 125°C temperaturada pishirib yuqori 
mustahkamlikka ega, bo‘lgan gips olinadi 
Prof. B.G.Skramtaev va G.G.Bulichevning bu usuli bo‘yicha gips-tosh 
germetik yopiqqozonga solinadi va to‘yingan bug‘ yordamida 0,13 MPa bosim ostida 
pishiriladi hamda kukun qilib tuyiladi. Olingan gipsni qotirish uchun suv miqdori 


48 
60% emas, balki 40…50% olinadi. Bunday gipsning 7 kundan keyingi 
mustahkamligi 15...40 MPa. 
Yuqori mustahkam gips juda muxim inshootlar qurishda, shuningdek 
metallurgiya sanoatida qoliplar tayyorlashda ishlatiladi. 
Angidrit sement. Tabiiy gips-toshni yoki angidritni 600…750°C da pishirib, 
so‘ng tuyib, havoda qotadigan bog‘lovchi modda-angidrit sement olinadi. Sement 
aktivligini oshirish maqsadida unga katalizator sifatidagi qo‘shilmalardan ohak, 
pishirilgan dolomit, domna shlagi va yonuvchi slanets kuli qo‘shiladi. Bu sementni 
akademik P.P.Budnikov ixtiro etgan. 
Angidrit sement sekin tishlashuvchi bog‘lovchidir. Tishlashishning boshlanishi 
1...1,5 soatdan keyin boshlanadi, oxiri esa 24 soatgacha davom etadi, gipsga nisbatan 
suvga chidamli. Siqilishga mustahkamligi bo‘yicha 50, 100, 150 va 200 markalarga 
bo‘linadi. Zichligi 2800…2900 kg/m
3
, uyum tarzidagi hajmiy massasi 850…1100 
kg/m
3
, zichlantirilgandagi hajmiy massasi 1200… 1500 kg/m
3

Kam kuydiriladigan gipsli bog‘lovchi moddalardan farqli ravishda angidritli 
sementning hajmi qotayotganda kengaymaydi. Bu sement gidravlik xususiyatlariga 
ega emas. U nam havo muxitida juda tez qotadi. Namlik muhitda dastlabki qotishdan 
keyin, angidrit sementi quruq muhitda yanada mustahkamlanaveradi. Qotgan 
bog‘lovchi modda suvda uzoq vaqt turib qolsa, uning mustahkamlik darajasi 
pasayadi, keyin quruqlik sharoitida angidrit sementning mustahkamligi yana 
ortaveradi. Agarda angidrit sementga aktivlashtiruvchi modda sifatida domna 
toshqoli qo‘shilsa, uning suvga chidamliligi ortadi. 
Binoqorlik qorishmalari angidrit sementdan tayyorlangan bo‘lsa, 15 
martagacha muzlab erigan holda ham sezilarli darajada bo‘zilmaydi. Uyning choqsiz 
to‘shalmasi, linoleum osti tushalmasi hosil qilish, turli hil suvoq va 
oraliqqorishmalar, organik, anorganik to‘ldirgichli engil betonlar, og‘ir betonlar 
ishlab chiqarish, shuningdek, sun’iy marmar tayyorlashda angidrit sementdan 
foydalaniladi. Angidrit sementdan ishlangan konstruksiya va buyumlarni havo 
namligi 60…70% dan yuqori bo‘lgan erlarda ishlatib bo‘lmaydi. 


49 
Angidrit sement qorishma sifatida g‘isht terishda, suvoqchilikda, izolyasiya 
materiallari ishlab chiqarishda va beton sifatida esa inshootlarning suv ta’sir 
etmaydigan qismlarini qurishda ishlatiladi. 
Pardozbop gips (sement). Zararli aralashmalardan tozalangan gips-toshni 
550…700°C da pishirib, keyin tuyish jarayonida unga alyuminiyli achchiqtosh 
qo‘shib pardozbop gips (sement) olinadi. Pardozbop gips oq rangli bo‘lib, uning nur 
qaytarish koeffitsienti 90% dan kam bulmasligi kerak. Tishlashishning boshlalanishi 
1 soatdan keyin boshlanadi, oxiri esa 12 soatgacha davom etadi. U 100 dan 400gacha 
bo‘lgan markalarda chiqariladi. 
Qurilishda pardozbop qorishma sifatida sun’iy marmar toshlari, me’morchilik 
va bezak buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. 
Yuqori temperaturada pishirilgan gips-tabiiy gips-toshni yoki angidritni 
800…1100°C temperaturada pishirib, keyin mayda qilib tuyilgan bog‘lovchilar 
jumlasidandir. Gips-toshni pishirish jarayonida CaSO
4

2H
2
0 o‘z tarkibidagi barcha 
suvni yuqotib, undagi CaSO

qisman parchalanadi va gipsda aktiv CaO hosil bo‘ladi. 
Bu esa bog‘lovchiga katalizatorlarsiz qotish xususiyatini beradi. 
Yuqori temperaturada pishirilgan gips 100, 150 va 200 markalarda chiqariladi. 
Uning solishtirma massasi 2,8…2,9 g/sm
3
, hajmiy massasi 900…1100 kg/m
3
. Yuqori 
temperaturada pishirilgan gips sekin tishlashuvchan bo‘lib, boshqa gipslarga nisbatan 
suvga chidamlidir. 
Qurilishda g‘isht terish, suvoqchilik, beton buyumlari hamda sun’iy marmar 
toshlari tayyorlashda ishlatiladi. 
Gipsli 
bog‘lovchi 
moddalardan 
O‘zbekistonda 
keng 
foydalanish 
arxeologlarning ko‘rsatishicha, VII—X va X—XIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda 
gips asosan g‘isht terishda, san’at koshonalarini yaratishda, ganch va alebastr 
toshlariga uyib gullar solishda ko‘p ishlatilar edi. Ma’lumki, gips havoda qotadigan 
bog‘lovchidir. Shunga ko‘ra odamlar gipsli bog‘lovchilarni ob-havo, suv nam 
ta’siriga chidamliligini oshirish va mustahkamligini oshirish maqsadida juda ko‘p 
turli aktiv qo‘shilmalar qo‘shib tajribalar o‘tkazishgan: Masalan, gips qorishmasining 


50 
plastikligi, yopishuvchanligi, shuningdek, buyumning chidamliligi, mustahkamligini 
oshirish maqsadida maxsus o‘simlik elimi ishlatilgan. Gipsning ob-havo ta’siriga 
chidamliligini oshirish maqsadida esa qorishmaga usimlik kuli, tuyilgan pista ko‘mir, 
g‘isht kukuni, ohak va boshqalar qo‘shib devorlar qurishda, suvoqchilik va 
me’morchilikda ishlatilgan. 
O‘zbekistan yuqori sifatli gips bog‘lovchilari ishlab chiqaruvchi xom ashyo 
zaxiralariga juda boy. Respublika tumanlarida ikki suvli tabiiy gips (CaSO
4
.
2H
2
0) va 
ganch, shuningdek tabiiy angidrid CaSO
4
zaxiralari juda ko‘p tarqalgan. Ganch 
bilan arziqo‘zining mineralogik tarkibiga ko‘ra, sog‘tuproqning ikki suvli tabiiy gips 
aralashishidan tashkil topgan bir-biriga uxshash jinsdir. Ularning farqi shundaki, 
ganch tabiatda tosh holatida, arziq esa tuproqholatida bo‘ladi . 
Hozir respublikamizda umumiy hajmi 12 mln tonnaga yakin 25 xil gipsbop 
xom ashyo zaxiralari topilgan. Bu gipsbop xom ashyo o‘zining mineralogik tarkibiga 
ko‘ra kimyoviy toza tabiiy gips-toshga yaqin. Kimyoviy toza gipsda CaO mikdori 
32,56% va SO
3
miqdori 46,51% bo‘lsa, Farg‘ona, Sox, Quvasoy, SHursuv, 
Qamishboshi kabi tumanlardan olinadigan tabiiy gipsda o‘rta xisobda CaO ning 
miqdori 32,9%,SO
3
ning miqdori esa 45,2% ni tashkil etadi. 
O‘zbekistonda ishlatiladigan barcha gipsli bog‘lovchilarning 60…70% ini 
qurilish gipsi tashkil etadi. Respublikada ishlatiladigan ko‘pgina qurilish gipslari tez 
qotuvchan. Tishlashishining boshlanishi 4…5 minut, oxiri esa 7…8 minutga teng. 
Ma’lumki, 
yirik 
o‘lchamdagi 
gips-beton 
buyumlarni 
tayyorlashda 
qorishmaning tishlashishini sekinlashtirish katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda 
qorishma tayyorlanayotganda unga 0,25% miqdorda suyak elimi qo‘shiladi. Natijada 
qorishmaning tishlanishi, o‘rta xisobda 5…6 marta sekinlashadi, plastikligi ortadi, 
buyum mustahkamligi esa 20…24% gacha ortadi. Gipsdan ishlangan namunaning 
suv shimuvchanligi 26% bo‘lsa, suyak elimi qo‘shilgandan so‘ng bu kursatkich b 9% 
ga kamayadi. 
O‘rta Osiyoda ko‘p tarqalgan ganch havoda qotadigan bog‘lovchi modda 
bo‘lib, u oddiy qurilish gipsidan tarkibidagi tuproqning ko‘pligi (20…40%) bilan 


51 
farqqiladi. Ganch ham qurilish gipsi singari 170…180°C temperaturada pishirib 
olinadi, ya’ni undagi ikki molekula suvli gips yarim molekulali holga keltiriladi. 
Ganchning sifati, asosan, undagi yarim molekulali gipsning yoki, boshqacha 
aytganda, xom ashyo tarkibidagi ikki molekulali gipsning miqdoriga bog‘liq. Bunda 
gipsning miqdori qanchalik ortsa, ganchning sifati shuncha yuqori bo‘ladi. Hozir 
respublikamizda to‘rtta korxona ganch ishlab chikarmoqda. 
Tabiiy angidrid sement. Respublikada yuqori sifatli tabiiy angidrid 
zaxiralarining juda ko‘p tarqalganligini havoda qotadigan bog‘lovchi angidrid 
sementini ko‘p miqdorda (pishirilgan va pishirilmagan xillari) ishlab chiqarish 
imkonini beradi. 
Xom ashyo tarkibida aktiv moddalarning ko‘p bo‘lishi uni umuman pishirmay, 
faqat mexanik yo‘l bilan qayta ishlab mustahkamligi talab qilingan ko‘rsatkichli 
bog‘lovchi modda olish mumkinligi aniqlandi. Angidrid sementning mustahkamligi 
qurilish gipsi mustahkamligiga nisbatan yuqori. Bu sementga ohak kukuni, 
portlandsement va shu kabi aktiv moddalar qo‘shilsa, uning siqilishidagi 
mustahkamligi 19,8…20,5 MPa gacha etadi. 
Pishirmay tayyorlanadigan, shuningdek, talab qilingan mustahkamlikka ega 
bo‘lgan angidrid sementni ko‘plab ishlab chiqarish iktisodiy jihatdan katta 
ahamiyatga ega. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish