31
kristallardan tarkib topgan tolali jins hamda qatlam strukturali
yassi tiniq kristallar
tarzida joylashgan plastinkasimon gips.
Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan gips monoklin singoniyaga mansub.
Uning kristalli to‘ri Ca
2+
ionlar hamda SO
4
2-
sulfat tetraedralarini o‘z ichiga olgan suv
molekulalaridan iborat qatlamlar bilan bo‘lingan qavatlardan tarkib topadi.
Koordinatsiya soni 8 bo‘lgan Ca
2+
ionlari va SO
4
2-
ioni bilan suv molekulalariga
nisbatan bir-biri bilan kuchliroq bog‘langan. Shuning uchun suv molekulalari
joylashgan (012) yuzalarga ko‘ra ikki gidrat kristallari nihoyatda birikuvchanligi
bilan farqlanib turadi. Birikuvchanlik (111) bo‘yicha kamrok, (100) bo‘yicha esa sust.
Ikki molekula suvli gips qiziganida
dastlab suv molekulaning Ca
2+
va SO
4
2-
ionlari
bilan sustroq bog‘lanishlari uziladi va kristall to‘rdan suv yo‘qoladi.
Odatda gips ustunsimon va tabletkasimon shakllarda kristallanib, ko‘pincha
qaldirg‘och dumini eslatuvchi qo‘shayrilar hosil qiladi. Shuningdek, qirralari qiyshiq
va yuzasi silliq yostiqsimon kristallar ham gips uchun xos. Qo‘shayri tizimlar hosil
bo‘lishi tufayli ikki yoki bir necha tarsaksimon qayrilgan shakldagi kristallar ham
uchraydi. Kristallar ba’zan yirikroq shoxshabba shakllarga birlashadi.
Kristallarning
yorug‘lik nurini sindirish ko‘rsatkichi:
Ng=1,5305; Np=1,5207.
Optik o‘qlar oralig‘idagi burchak 2V=58
0
. Gips kristallari rangsiz va shaffof,
biroq tarkibida aralashmalar bo‘lsa, xilma-xil, masalan, kul rang, sarg‘imtir, qizgimtir
ranglarga ega bo‘ladi. Gipsda bir tekis tarqalgan oz miqdordagi aralashmalar gipsdan
hosil qilinadigan bog‘lovchi moddaning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Gips-toshning zichligi undagi aralashmalarga bog‘liq bo‘lib 2200…2400 kg/m
3
ni tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan shag‘alning hajmiy massasi 1300… 1600
kg/m
3
dan iborat bo‘lib, namligi keskin raishda 3…5 % va undan ko‘p chegarada
o‘zgarib turadi. Moss shkalasi bo‘yicha gipsning qattiqligi 2.
Gipsning suvda eruvchanligi (kalsiy sulfat hisobida) 18
0
S temperaturada –
0,2% 40
0
C temperaturada-0,21 va 100
0
C da – 0,17 %. Shuni aytish kerakki,
temperaturaning 32
0
S dan 41
0
C gacha oralig‘ida gipsning
eruvchanligi eng yuqori
32
bo‘ladi. Turli tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, gipsning suvda eruvchanligi
turlicha. Gipsning suvda eruvchanligi gipsning o‘ta to‘yingan eritmalar hosil qilish
qobilyatiga, shuningdek uning kristallarining katta kichikligiga bog‘liq. Gulletning
ma’lumotiga ko‘ra 25
0
C
da gipsning eruvchanligi, kalsiy oksid hisobida 2 mkm
kattaligidagi kristallar uchun 2,08 g/l ga etadi, kristallar kattaligi 0,3 mkm bo‘lganda
esa eruvchanlik 2,47 g/l ga teng. Agar kalsiy oksid gidrati ishtirok etsa, kalsiy
sulfatning eruvchanligi susayadi. Gipsning suyultirilgan xlorid kislota va azot
kislotalardagi, shuningdek ayrim tuz eritmalardagi eruvchanligi
suvdagiga nisbatan
yuqori.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik gipsda past bulib, 1,6…46
0
C temperaturada 0,3 Vt/
(m
K)ga teng. Angidritning kristall to‘ri har biri to‘rttadan molekulali elementar
kataklardan iborat bo‘lib, zich joylashishi tufayli kalsiy sulfat boshqa turlarning
kristall to‘rlariga qaraganda ancha mustahkam.
Ikki molekula suvli gipsdan farqli o‘laroq angidrit o‘zaro
perpendikulyar
holatdagi uch yo‘nalishda mustahkam birikish qobiliyatiga ega. Angidrit kristallari
asosan mayda bo‘lib ularni ajratib turuvchi yuzasi g‘adir-budir chiziklar bilan
o‘yilgan. Angidritning sindirish ko‘rsatkichlari:
Ng=1,614; Np=1,57
Sof angidrit oq rangli bo‘lib, o‘z aralashmalariga qarab u gips singari xilma-xil
tusga kiradi. Angidrit ikki molekula suvli gipsga nisbatan ancha zich va mustahkam
jinsdir. Uning zichligi 2900…3100 kg/m
3
.