-§ Ilmiy-texnika taraqqiyotining kurilish materiallari sanoatidagi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

2-§ Ilmiy-texnika taraqqiyotining kurilish materiallari sanoatidagi 
samaradorligi 
Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati zamonaviy asbob-uskuna, ilg‘or 
texnologiya va ishlab chiqarilishning -konveyer metodlari, avtomatlashtirishning 
zamonaviy vositalaridan foydalanishga asoslangan, yuqori darajada rivojlangan 
sanoat tormog‘iga aylanmoqda. Mohiyatiga ko‘ra qurilish materiallari sanoatining 


17 
hozirda bir qancha muhim tarmoqlari, ya’ni sement, yig‘ma temir-beton, asbotsement 
va boshqalar vujudga keldi.
Eng keng tarqalgan qurilish materiallaridan biri sement qurilish «noni» dir. 
Yuqorida aytib o‘tilgan murakkab vazifa sement sanoatini texnik jihatdan qayta 
qurollantirish va shu yo‘l bilan texnologik jarayonlarning yuqori samarodorligiga 
erishish bu sohaning jadallik bilan rivojlanishgiga olib keladi. 
Ushbu tarmoqning texnikaviy bazasini quyidagi muhim omillar bo‘yicha 
yanada rivojlantirish mumkin: 
1. 
Yangi va yanada unumli pechlar, tegirmonlar, shuningdek boshqa 
turdagi asbob-uskunalar (agregatlar, mashina, mexanizm va apparatlar)ni joriy etish 
va o‘zlashtirish. 
2. 
Asbob-uskunalarni modernizatsiyalash. 
3. 
Mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangi texnologik 
jarayonlarni joriy qilish. 
4. 
Ishlab chiqarishdagi og‘ir va sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish 
va kompleks avtomatlashtirish. 
5. 
Ilmiy tadqikotlar natijalarini ishlab chiqarish amalyotiga tadbiq etish. 
6. 
Materiallar va yonilg‘ilarning yangi turlarini ishlatish, asosiy hamda 
yordamchi materiallar xom ashyosining sifatini o‘zgartirish. 
Sement sanoati korxonalarining texnik darajasini oshirishning asosiy 
yo‘nalishlaridan biri yangi, ko‘p quvvatli asbob-uskunalar yaratish va 
o‘zlashtirishdir. Shuni aytish kerakki, sement ishlab chiqarish hajmi faqat yangi 
zavodlar qurish hisobiga emas, balki klinker kuydiriladigan pechlar va maydalash 
agregatlarining yangi turlarini joriy qilish bilan ham oshiriladi. Hozirgi vaqtda 
qullanilayotgan uzunligi 150-185 m, diametri 4-5 m bo‘lgan aylanma pechlar o‘rniga 
yaqin vaqtlarda dunyoda eng yirik pechlar-uzunligi 230 m va diametri 7 m bo‘lgan, 
soatiga 125 tonna yoki yiliga 1 million tonna klinker ishlab chiqarish quvvatiga ega
bo‘lgan pechlar, shuningdek, diammetri 7 m, uzunligi 95 m va siklon issiqlik 
almashtiruvchisi bo‘lgan pechlar qo‘llaniladi. Yangi pechlar 150 metrli pechlarga 


18 
nisbatan 5 marta, 185 metrli pechlarga nisbatan esa 1,7 marta unumli. Ishlab 
chiqarish quvvati hisobidagi solishtirma kapital sarflar tegishlicha 40…15%, klinker 
kuydirish tannarxi 20…10% gacha kam. Mamlakatimizdagi Navoiydagi sement, 
zavodida ikkita shunday liniyalar bor. Yuqori unumli asbob-uskunalar 
qo‘llanilishining katta iqtisodiy samara berishiga Ohangaron sement kombinatida 
ishga tushirilgan 7 kilometr uzunlikdagi lentali transportyor yaqqol misol bo‘ladi. U 
maydalash fabrikasidan ohaktosh etkazib beradi. O‘n yillar mobaynida bu 
transportyor nuqsonsiz ishlamokda. Lentaning tutashadigan qismlari uzilganda 
vulkanizatsiya usulida biriktiriladi. O‘n yillar mobaynida umumiy uzunligi 14000 
metrlik lentaning 700 metri yoki 5 protsenti almashtirildi. Uch smenali ishda 
transportyorga 26 kishi xizmat qiladi. Avtomobil transportiga karaganda, 
transportyorda tashilganda xom ashyoning tannarxi kamayib kelmoqda. Texnika 
yutuqlarini joriy etishning yana bir yo‘li asosiy texnologik asbob-uskunalarni 
modernizatsiyalash buiycha kompleks ishlar olib borishdir. Masalan, Ohangaron 
sement zavodlarida pech sovutqichlari va yuritmalarini o‘zlashtirish orqali aylanma 
pechlardan foydalanish ancha yaxshilandi, natijada ulardan foydalanish koeffitsienti 
1…1,5% ortdi. Bekobod sement kombinatida aylanma pech rekonstruksiya qilindi 
(diametri 3 metrdan 3,6 metrgacha kattalashtirildi). Natijada, mehnat unumdorligi 
ortdi. Hozirgi kunda boshqa pechlar ham rekonstruksiya qilinmoqda. 
1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 3,6x3,3x3,6x150 m o‘lchamli pechlarda katta 
rekonstruksiya ishlari olib borish, ularni 170 metrga qadar o‘zaytirish, diametrini esa 
4,6-5 metrgacha kengaytirish, takomillashgan klinker sovutgichlar o‘rnatish 
pechlarning 
samaradorligini 
oshiradi. 
Bundan 
tashqari, 
pechlar 
yanada 
takomillashgan tayanch qurilma konstruksiyalarga, kuydirish jarayonlarini avtomatik 
rostlash sistemasi, pechning holatini va korpus qizishini kuzatuvchi apparatlarga ega 
bo‘lishi kerak. 
Hozirgi vaqtda 5x185 metr o‘lchamli yirik pechlarni modernizatsiya 
qilishning eng samarali usullari izlaniyapti. Quvasoy sement kombinatida eski, ish 


19 
unumi past aylanma pechlarni unumi yuqori pechlar bilan almashtirilishi natijasida 
unumdorlik oshdi. Shuningdek, texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda 
yangilarini joriy etish asosida ham sement ishlab chiqarish ko‘paymoqda. Chunonchi, 
5x185 metr o‘lchamdagi pechlar bilan zamonaviy texnologik liniyalarini ishga 
tushirish texnologik asbob-uskunalari og‘irligini 3,6x3x3,6x150 metr o‘lchamli 
pechga nisbatan (bir soatdagi unumdorlikning 1 tonnasi hisobida) 15%, qurilish 
taxmini 30%, kapital mablag‘larini 12%, mehnat sarfini 2,5%, kuydirish tannarxini 
15% kamaytirish imkonini beradi. 
To‘rt texnologik liniyaga ega bulgan, yiliga 2,4 million tonna mahsulot ishlab 
chikarish quvvatiga ega bulgan 5x185 metr o‘lchamli pechlar bilan jihozlangan 
sement zavodlariga nisbatan, quvvati 1,2 million tonna bo‘lgan ikkita shunday 
texnologik liniyali zavodlarning 1 tonna quvvatga solishtirma kapital mablag‘lar sarfi 
15…20%, tannarxi esa 5% kam, 2,4 million tonna mahsulot ishlab chiqarish 
quvvatiga ega bo‘lgan zavod uchun solishtirma kapital mablag‘lar va mahsulot 
tannarxini hisobga oluvchi, hamda sement 700 kilometr masofaga tashilgandagi 
sarflar 1,2 million tonna mahsulot etkazish quvvatiga ega bo‘lgan va sementni 300 
kiliometr masofaga tashiladigan zavod sarflari bilan bir xil. Hozir mamlakatimizda 
barcha sementning 50 protsentga yaqini ho‘l usulda ishlab chiqarilmokda. Lekin 
yangi texnologik negizida qayta vujudga kelgan va ancha tejamli hisoblangan 
«quruq» usulning istiqboli porloq. 
Sutkasiga 3000 tonna klinker ishlab chikarish quvvatiga ega bo‘lgan 7x6,4x95 
metr o‘lchamli pechda quruq usulda ishlab chikarish texnologiyasini yaratish va joriy 
etish muhim ahamiyatga ega (Qizilqumsement zavodi). Mazkur qurilmaning 
samarodarligini shundan ham bilish mumkinki, bu usul liniyalaridagi ishchilarning 
mehnat unumi hozirda mavjud liniyalardagi ishchilarning ish unumidan taxminan 
ikki marta ko‘p. Shu bilan birga 1 tonna klinker olish uchun sarflanadigan yonilgi 
1,5…2 marta kamayadi. 


20 
Bekobod, Quvasoy va boshqa sement zavodlari 60 metrdan 100 metrgacha 
uzunlikdagi pechlar bilan jihozlangan. Ularni siklonli issiqlik almashtirgich o‘rnatish 
yo‘li bilan quriq usulga o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Mamlakatimiz, jumladan, respublikamizdagi sement sanoatining barcha 
korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, sermehnat ishlarni 
mexanizatsiyalashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash borasida ko‘plab tadbirlarni 
amalga oshirish belgilangan.
1-jadval 
Rekonstruksiya qilingan pechlar mahsulot ishlab chiqarish haqidagi ba’zi 
ma’lumotlar (Yujgiprotsement ma’lumotlari) 
Rekonstruksiya xarakteri 
Pechlar 
soni 
Klinker ishlb 
chikarishning yillik 
o‘sishi (ming tonna) 
Hamma 
pechlarda 
Bitta 
agregatda 
Uzunligi 108 metrgacha bo‘lgan va issiqlik 
almashtiruvchi qurilmalarsiz pechlarda, asosan 
bug‘lanish zonasi diametrini kengaytirish yo‘li 
bilan profilni o‘zgartirish 
90 
2000 
22 
Shaxta pechlarida dam berish asbobining 
qayishqoqligini oshirish 
22 
600 
27 
Qisqa pechlar diametrini 3,6 metrgacha 
kengaytirish, shlam konsentratorlari o‘rnatish 
30 
1500 
50 
Uzunligi 127 va 118 metrli pechlar diametrini 3,6 
metrgacha kengaytirish 
30 
1500 
50 
Uzunligi 150 metr bo‘lgan pechlar diametrini 4 
metrgacha kengaytirish 

500 
70 


21 
Ishlab chiqarish jarayonini quruq usulda olib 
boriladigan qiska pechlar diametrini 3,6 metrga 
qadar kengaytirish, siklonli issiqlik 
almashtirgichlar o‘rnatish 

600 
100 
Ishlab chiqarish jarayoni quruq usulda olib 
boriladigan 3x50 metr o‘lchamli 
pechlarni3,6x118 metr o‘lchamli pechlar bilan 
almashtirish 

190 
95 
Avtomat tarzda ag‘daruvchi vagonlar, toshqol, gips va boshqalarni 
bo‘shatuvchi tebranma ag‘dargichlarning qo‘llanilishi mehnat unumdorligini 25% 
gacha oshiradi. Masalan, birgina respublikamizning o‘zida tashish, saqlash, ortish-
bo‘shatish jarayonlarida jami sementning 6…8% isrof bo‘ladi. Isroflangan sementni 
o‘rtacha bir protsent kamaytirish hisobiga yiliga bir necha ming tonna sement tejash 
mumkin. 
Pech va kukunlash agregatlarining texnologik jarayonlari avtomatik tarzda 
sozlanib turilishi lozim. Hisoblashlardan ma’lum bo‘lishicha, pechlardan (4x150; 
4,5x170 va 5x185 metr) ilg‘or zavodlarda erishilgan o‘rtacha progressiv darajaga 
etkazib foydalanish ana shunday pechli zavodlar gruppasida ishlab chiqarish 
unumdorligini 7…10% ga oshirish imkonini beradi. SHuni ham aytish kerakki, 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish aylanma 
pechlardan ham yaxshi foydalanish imkonini beradi. 
Ilmiy tadqiqotlar borasida ham sementchi mutaxassislar oldida katta vazifalar 
bor. Bunday tadqiqotlardan muhimi sutkasiga 5000 tonna (soatiga 200 tonna) klinker 
ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan, aylanma pechli avtomatlashtirilgan liniyada 
sementni quruq usulda ishlab chiqarish uchun zaruriy texnologiya va qurilmalar 
yaratishdir. 
Navoyida ishga tushirilgan sement zavodi 7x6,4x95 metr o‘lchamli aylanuvchi 
pechga ega bo‘lgan uchta texnologik liniyada bo‘lib, har biri soatiga 125 tonna 


22 
klinker etkazib beriyapti. Loyihaviy yillik sement ishlab chikarish quvvatini 3400 
tonnaga 1990 yili etkazildi. Ikkinchi bosqichda belgilanganiga ko‘ra, alohida 
texnologik jarayonlarning istiqbolini hal etishni hisobga olib, zavodlarning yillik 
quvvati 4,6 million tonna bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Loyihada keltirilishicha, 3 va 4 
liniyani qurish va barcha texnologik jarayonlarda katta quvvatga ega bo‘lgan asosiy 
hamda yordamchi asbob-uskunalar ishlatish, xom ashyo aralashmasi tayyorlash, xom 
ashyoni maydalash va quritish, klinkerni kuydirish hamda sovitish, sementni 
kukunlash va tayyor mahsulotni ortishni o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish 
jarayonlarini optimallashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasini 
tatbiq etish mo‘ljallangan. Bundan tashqari, changli gazni va havoni tozalash, ish 
jarayonida chang chiqaruvchi barcha asosiy hamda yordamchi texnologik jarayonlar 
aspiratsiyasining samarali sxemalarini ishlatish ko‘zda tutilgan. 
Respublikada ishlab chiqarilayotgan sementning sifat strukturasi yanada 
yaxshilanib, sement xillari ham kupayadi. Sementning tez qotadigan, o‘ta 
mustahkam, kengayuvchi, plastifikatsiyalanuvchi, gidrofob, manzarali (oq va har xil 
rangli) va boshqa qimmatli energiya tejamligi texnologiya buyicha maxsus xillarini 
ishlab chiqarish hajmi ancha ortadi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Ilmiy-texnika taraqqiyotining kurilish materiallari sanoatidagi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish