2 bob Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar
Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gipsli bog‘lovchi moddalar ko‘ydirilgan gips-
toshini mayda qilib tuyib hosil qilinadi (gips-tosh asosan tarkibida ikki molekula
suvi bo‘lgan kalsiy sulfatli CaSO
4
∙2H
2
O dan iborat). Gips-toshining ko‘ydirilish
temperaturasiga va sharoitiga qarab qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda
angidridli sement hosil bo‘ladi.
Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi
tog‘-jinsi gipsni (CaSO
4
∙2H
2
O), suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni (CaSO
4
) va
ayrim
26
1-Rasm. Qurilish gips ishlab chiqarish texnologik sxemasi
sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog‘lovchilar olinadi. Standartda ko‘rsatilishicha,
birinchi nav gips ishlab chiqarish uchun tarkibida CaSO
4
∙2H
2
O ning miqdori 90%,
ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam bo‘lmagan tabiiy gips-tosh kerak.
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo‘yicha) zichligi
2200….2400 kg/m3 bo‘lgan jinsdir. Gips-tosh zaxiralarining eng kattasi
O‘zbekistonda Buxora viloyatida mavjud (Kogon gips koni).
150…170
o
C temperaturada kuydirilgan gips toshni tuyib maydalab olingan
maxsulot qurilish gipsi deb ataladi .
Ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatni 65
0
C da qizdirilganda u o‘z
xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta sekin yo‘qolib, digidratatsiyalana
boshlaydi. Bunda gips-tosh 1,5 molekula suvni yo‘qotib, yarim molekul suvli gipsga
sekin aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi.
CaSO
4
∙2H
2
O=CaSO
4
∙ 0,5H
2
O+1,5H
2
O
Gips-tosh 140…170
0
C temperaturada ko‘p miqdorda suvni yo‘qotib, yarim
suvli, tez qotuvchi (CaSO
4
∙ 0,5H
2
O) gipsga tez aylanadi. Bunday bog‘lovchi ba’zan
alebaster deb ham ataladi.
Shunday qilib, qurilish gipsi hosil qilish yuzasidan belgilangan texnikaviy
vazifa ikki molekula suvli gipsni yarim molekula suvli gipsga aylantirishdan iborat
ekan. Tabiiy kalsiy fosfatlarini fosfat kislota hamda konsentratsiyalangan fosfor
o‘g‘itlariga gidro-kimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi-fosfogips
sanoat uchun yirik xom ashyo manbai hisoblanadi.
Maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati eng yaxshi tabiiy
xom ashedan hosil qilinadigan maxsulotdan, qolishmaydigan tayyor bog‘lovchi
modda olish mumkin.
Gips ishlab chiqarish. Qurilish gipsi uch xil usulda ishlab chiqariladi:
Gips-toshni kukunlab tuyiladi va pishiriladi.
Gips-toshni maydalab pishirib, so‘ng tuyiladi.
27
Gips-toshni maydalab, yuqori bosimli suv bug‘ida ishlanadi va quritilib
tuyiladi.
Gips-toshni, asosan, shaxtali va aylanma xumdonlarda yoki bug‘lash
qozonlarida pishiriladi. Shaxtali xumdonlariga gips-tosh 70…300 mm yiriklikda
solinadi, aylanma xumdonlarga 15 mm gacha bo‘lgan yiriklikda, bug‘lash
qozonlariga esa 25…50 mm yiriklikda solinadi: qozonlarda pishirganda esa gips-tosh
kukun qilib tuyilgan holda solinadi. Gips-toshni pishirish usuli eng avval xom
ashyoning xususiyati, olinadigan mahsulotga bo‘lgan talabga qarab tanlanadi.
2-Rasm. Gips qaynatish qozonining sxemasi. 1- tokcha, 2-tubi, 3-issiqlik
quviri, 4- qozonning korpusi, aralashtirgich, 6-bug‘ chiqaruvchi quvir, 7- tutun quviri,
8-ta’minlovchi qism, 9-shiber, 10- ta’minlovchi tarnov.
Gips-tosh bolg‘ali maydalagichlarda yoki po‘lat sharli (zoldirli) tegirmonlarda
maydalanadi. Agar uni kukun darajasigacha tuyish kerak bo‘lsa, avval quritib keyin
maydalanadi. Gips-toshni quritish, tuyish va pishirishni shaxtali yoki g‘ildirakli
tegirmonlarda bajarish mumkin (rasm-1).
Amalda gipsni qaynovchi deb ataluvchi qozonlarda pishirib olish usuli keng
tarqalgan. Po‘lat silindr va vertikal o‘qqa o‘rnatilgan qorgichdan iborat bo‘lgan
qozonga kukun qilib tuyilgan gips solinadi. Qozonning diametri bo‘ylab to‘rtta
issitgich trubalari o‘tkazilgan. Ular solinayotgan xom gipsni pishiradi va tayyor
28
maxsulot qozon tagidagi g‘alvir orqali gips yig‘uvchi bunkerga tushadi. Qozonning 2
m
3
xajmining ish unumi 2 soatda 1000 kg ga teng. Gips kukunining qozonda pishish
vaqti 1…1,5 soat. (2-rasm )
Asosan yarim suvli gipsdan iborat bo‘lgan va gips-toshdan iborat termik
ishlash yo‘li bilan tayyorlanadigan qurilish gipsi deb ataluvchi mahsulotni
fosfogipsdan ham olish mumkin. Yarim suvli gipsning tarkibida 38,63% CaO,
55,16% SO
3
va 6,21% H
2
O bor.
MDX dagi ko‘pgina ilmiy tadqiqot muassasalari fosfogips chiqindilaridan
foydalanish masalasi ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Armaniston
Respublikasi FA Umumiy anorganik kimyo institutining VNIIStrom (Rossiya) bilan
xamkorlikda ishlab chiqqan fosfogipsdan texnikaviy gips ishlab chiqarish metodi-
suyuq muhitlarda qo‘shilmalar ishtirokida (jarayon «tashabbuschi»lari) bosim ostida
fosfogipsni digidratatsiyalashga asoslangan bo‘lib, olingan
-yarim molekula suvli
gips filtirlanadi, issiq suvda chayib quritiladi (3-rasm).
Institut tavsiya etgan sxemaga binoan fosfogips lentali transportyor yordamida
pulpa tayyorlash uchun «chan»ga (sig‘imga) uzatiladi. Pulpada suyuq va qattiq
fazalar nisbati C:Q=4:1. Keyin pulpa markazidan qochirma nasos orqali
quyultirgichga yuboriladi. Oqova suvlar kanalizatsiyaga tushiriladi, quyultirilgan
pulpa esa (S:Q=1:1) markazdan qochirma nasos yordamida repulpator orqali qabul
qilgichga uzatiladi va bu erda «tashabbuschi» qo‘shiladi. Kristallanish jarayonini
normal holga keltirish maqsadida kaliy yoki bariy maleinat yoxud dastlabki fosfogips
massasining 0,1% miqdorida har ikki modda aralashmasidan foydalanish tavsiya
etiladi. Qabul qilgichdan repulpator orkali markazdan qochirma nasos vositasida
quyuq pulpa xom pulpa «chan»iga haydaladi, bu erdan ventil roslagich va markazdan
qochirma nasos yordamida quyuq va xom pulpa aralashmasi ketma-ket o‘rnatilgan
avtoklavlar orqali o‘tkaziladi, bu avtoklavlarda gips degidratatsiyalanadi.
-yarim
gidratli qaynoq pulpa ignali rostlagich hamda issiqlik almashtirgishdan o‘tadi va
aralashtirgichli qabul qilgich bakida to‘planadi. Bu bak bug‘dan isiydigan zmeevik
nay bilan ta’minlangan.
29
Pulpa temperaturasi 90…95
0
C dan pasaymasligi uchun lentali filtirda
filtirlanadi. Filtrat resiverdan bakka yuboriladi, u erda esa nasos yordamida «chan»ga
qaytariladi. Qattiq faza (ya’ni gips) lentali transportyorda quritilgich barabanga
uzatiladi. Kurigan gips bunkerda to‘planadi. Shu yo‘sinda hosil bo‘lgan gips qog‘oz
qoplarga joylanadi.
Criqadigan gazlar natriy metasilikat eritmasi yordamida yuvilib, ftorli
gazlardan tozalanadi.
P.F. Gordashevskiy va V.V. Ivanitskiyning (VNIIStrom) ma’lumotiga ko‘ra,
fosfogipsdan bunday usulda
-yarim gidrat tayyorlashda 300-500 markali mahsulot
hosil bo‘ladi.
30
Fosfogips
Transportyor
Repulpator
Nasos
To‘planadigan sig‘im
Oraliq sig‘im
Maxsus sig‘im
Avtoklav
Truboprovod
Issiqlik almashtirg‘ich
Vakkum filtr
Quritgich baraban
Qabul qilgich bunker
Tegirmon
Pnevmonasos
Tayyor mahsulot ombori
3-Rasm.Fosfogipsni
–yarimgidratga aylantirish sxemasi
|