15 bob Rangli asbest-sement buyumlar..............................................................417
1-§ Asbestsement buyumlarga rang berish usullari va bo'yoqlar...........................417
16-bob Asbestsementli mahsulotlarining qotishi................................................420
1-§ Qotish jarayoni va unitezlatish usullari.............................................................420
2-§ Asbestsement listlarining qotishi......................................................................422
3-§ Qumli portlansement asosida tayyorlangan listlarning qotish omillari.............424
4-§ Quvurlarning qotishi..........................................................................................426
17-bob Asbestsement buyumlarini tayyorlashda ishlatilgan
suvni qayta tozalash..............................................................................................430
18-bob Texnologik jarayonning nazorati va tayyor
maxsulotlarning sifati................................................................................434
1-§ Xom ashyo va materiallar tavsifi......................................................................434
2-§ Asbestsement listlarni ishlab chiqarishning nazorati........................................434
3-§ Korxona ishlab chiqaradigan mahsulotning nomenklaturasi va tavsifi……….442
4-§ Tayyor asbestsement quvurlarining sifat nazorati.............................................443
GLOSSARIY…………………………………………………………………..449
ADABIYOTLAR.........................................................................................454
8
1 bob. KIRISH
Xalq xujaligining rivojlanishida qurilish materiallarining ahamiyati juda katta.
Sanoat va uy-joy qurilishining kun sayin o‘sib borishi qurilish materiallariga bo‘lgan
ehtiyojni yanada oshirmoqda. Shuning uchun qurilish materiallari hamda ularni
ishlab chiqarish texnologiyasi, ulardan yasalgan buyumlar tarkibini bilish va
o‘rganish har bir izlanuvchi-mutaxassis uchun muhimdir. Shu bilan birga, mutaxassis
kuyidagilarni yaxshi bilishi lozim: a) materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan
xom ashyo; b) xom ashyoni qo‘shimcha ishlash va buyum tayyorlash jarayoni; v)
qurilish materiallarining xossalari, ularni sinash usullari va qabul qilish; g) tashish va
saqlash usullari; d) materiallarning qurilishda, kerakli joylarda ishlatilishi; e)
materiallarni tejash yo‘llari.
Qurilish materiallaridan tayyorlangan mahsulot qurilish buyumlari yoki
konstruksiyalar deb ataladi. G‘isht bloklari, temir-beton buyumlar va konstruksiyalar,
yog‘och fermalar va boshqalar shular jumlasidandir.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ularni xalq xo‘jaligida ishlatishning
o‘ziga xos tarixi bor. Eng qadimgi va ko‘p tarqalgan qurilish materiallari gil
hisoblanadi. Gil qurilish materiali sifatida insoniyat taraqqiyotining boshlang‘ich
davridayoq ishlatilgan. Vaqt o‘tish bilan inson gildan har xil shakldagi buyumlar
tayyorlashni va ularning mustahkamligini oshirish maqsadida uni kuritish hamda
kuydirishni o‘rgangan.
Bog‘lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo‘l bilan hosil
qilinganligi ma’lum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik
qo‘shimchalardan tayyorlangan beton inshoatlar qadimgi vaqtlardan hozirgi
davrgacha saqlanib kelmoqda. Bunday inshotlarning ichki va tashqi qismini bezashda
metall chiqindilaridan yasalgan naqshdor koshinli buyumlar ishlatilgan. Injenerlik
inshoatlari uchun-gil, tosh, yog‘och to‘sinlar; turar joy uchun-qamich, palma shoxlari
9
va boshqalar ko‘plab ishlatilgan. Misr va Mesopotamiyada bundan 5-6 ming yil avval
yasalgan shisha buyumlar topilgan.
Mamlakatimizda turli binokorlik materiallari ishlab chiqarish juda qadimdan
boshlangan.
Binokorlar o‘rtasida asta-sekin g‘isht teruvchilar toshtaroshlar, ohak
tayyorlovchilar va boshqa kasb ustalari ajralib chiqadi. Shahar devorlari, minoralar,
masjid va qasrlar (masalan Buxoro, Samarkand, Xiva yodgorliklari) kabi inshoatlar
qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni oshirgan. Eramizdan oldingi to‘rtinchi asrda
qurilgan qadimgi Xorazm chor atrofi qalin devorlar bilan chikilgan to‘rtta o‘rab
silindrsimon minoradan iborat. Minoralarning usti tekis qilib ishlangan. Bunday
inshoatlarni qurishda qo‘shilmalar bilan ganch qorishmasi va giltuproqdan pishirilgan
yapolaq g‘ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan.
Qorishma
tayyorlashda
mamlakatimiz
o‘zbek quruvchilari xilma-xil
qo‘shilmalardan keng foydalanganlar. Jumladan, vulkon shishasi, oq gil (kaolin).
Hayvon qoni, tuxum sarig‘i, suyak elimi, shirali moddalar qorishmalarining
mustahkamligi va chidamliligini oshiruvchi modda vazifasini o‘tagan.
Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyini
qurishda bunday qorishmalar bilan birga chang-g‘isht qorishmasidan va ohak-g‘isht
qorishmasidan iborat betonlar ko‘p ishlatilgan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshidan esa sement sanoati tez taraqqiy eta
boshladi.
Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishiga, binobarin,
qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keladi. Gidrotexnik inshoatlarni
qurish zarurati suvga chidamli bog‘lovchi moddalar izlashni talab etsa, temir-beton
konstruksiyalarning qurilishda keng ishlatilishi portlandsementning yangi, tez
qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish ehtiyojini tug‘dirdi. Sementning mineral suvi
ta’sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi sement turi-
sulfatga chidamli portlandsement ixtiro qilinadi. Natijada qurilish materiallari ishlab
chikarish bir necha marta ortdi. Mahsulotning sifati yaxshilandi, assortimenti kupaydi
va yangi texnologik usullar joriy qilindi.
10
Hozirgi qurilish materiallari ishlab chikaradigan korxonalar yuqori unumli
mashinalar bilan jihozlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli barcha texnologik
boskichlar mexanizatsiyalashtirilgan. Ko‘pgina korxonalarda esa avtomatik
boshkaruvli konveyerlar ishlamoqda.
Temir-beton konstruksiyalarning vazni va ularga sarflanadigan material sarfini
kamaytirish, chidamlilik muddatini oshirish, keng yuzali va yupqa konstruksiyalar
yaratish, mustahkamligi yuqori bo‘lgan betondan foydalanish hozirgi kundagi asosiy
vazifalardan biridir, bu esa sement sifatini yanada yaxshilash va uning markasini
oshirishni taqozo etadi. Beton va temir-beton ilmiy tadqiqot instituti
tadqiqotchilarining fikricha, 300 markali beton tayyorlashda 400 markali
portlandsementga nisbatan 500 va 600 markali portlandsement ishlatish quyidagi
samarani beradi: sement sarfi 20% gacha kamayadi, zavodlarda buyumlarga issiqlik
yordamida ishlov berish muddati 3…4 soat qisqaradi, ayni vaqtda texnologik
liniyalarning unumdorligi va metall qoliplar ishlatilish tezligi ortadi, shu koliplarga
bo‘lgan ehtiyoj 15…20% kamayadi, monolit betonning qotish muddatini qisqartirish
hisobiga tayyor konstruksiyalarni topshirish muddati taxminan 20% ga qisqaradi.
Nihoyat, yuqori markali betonlardan keng ko‘lamda foydalanish konstruksiyalarda
material sarfini qariyb 20% va ularning tannarxini 8…10% kamaytirish imkonini
beradi. Bu ishlarni amalga oshirish 500, 600 va undan yuqori markali sementlarni
ishlab chiqarishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shunday qilib, sement aktivligining bir
markaga ortishi (10MПa) uni ishlab chiqarish miqdorini taxminan 15% ko‘paytirish
bilan barobar. Binobarin, beton konstruksiyalarining xilma-xilligi, qurilish ishlari
sharoitining o‘zgaruvchanligi va turli noqulay muhit omillari mutaxassislar oldiga
maxsus texnik xossaga ega bo‘lgan sement ishlab chiqarish vazifasini qo‘yadi.
Hozirgi vaqtda gidroelektrostansiya va transport inshoatalarida, oddiy va
oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton buyumlar sanoatida, dengiz va okeanda olib
boriladigan qurilishlarda, avtomobil yo‘llari va aerodrom qurilishlarida, neft va gaz
quduqlarini burg‘ulashda, asbotsement mahsulotlari, o‘tga chidamli beton va
boshqalar ishlab chiqarishda maxsus sementlar keng ishlatilmoqda. Bulardan
11
tashqari, ular har qanday ob-havo sharoitida, yilning turli faslida ishlatilishi mumkin.
Qurilish ishlarida texnikaning taraqqiyoti qurilish usullarini yanada takomillashtirish
va avvaldan ishlatilib kelingan ayrim qurilish materiallari o‘rniga yangi qurilish
materiallari ishlab chiqarishni talab etadi.
Maxsus sementlar yaratish va ularni ishlab chiqarish sohasi sementshunoslik
fani va texnologiyasining jadal sur’atlarda rivojlanishiga sabab bo‘ladi. O‘zining
kimyoviy va mineralogik tarkibiga ko‘ra bir-biridan farqlanadigan bunday
sementlarga ehtiyoj yildan-yilga o‘sib bormoqda. Shu ehtiyojni hisobga olib
O‘zbekiston olimlari sement sanoatchilari bilan hamkorlikda mahalliy xom ashyo
sifatida O‘rta Osiyo respublikalari uchun zarur bo‘lgan maxsus sementlar yaratib,
ishlab chiqarishga tavsiya etdilar. Sement ishlab chiqarish silikatlar kimyoviy
texnologiyasi sohalaridan biri bo‘lib, dastlabki xomashyoni kuydirilishida hosil
bo‘lgan klinker, maydalangandan so‘ng suv bilan o‘zaro ta’sirga kirishib toshsimon
modda hosil bo‘lishi fizik-kimyoviy jarayonlariga asoslanadi.
Beton tayyorlash texnologiyasini mukammalashtirishda o‘zbek olimlarining
ishlari alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekistonda portlandsement xossalarini o‘rganish va ularning ishlab
chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda ko‘pgina ilmiy tekshirish institutlari va
laboratoriyalari hamda oliy o‘quv yurtlari ish olib bormoqda. Respublikamizda juda
ko‘p mahalliy sement turlarini o‘rganish va ishlatishga doir adbiyotlar nashrdan
chiqgan.
O‘zbekiston, sement sanoatining birinchi to‘ng‘ich Bekobod sement zavodi
(qurilgan 1926 yildan) hozirgacha o‘tgan vaqt ichida zamonaviy va to‘la
avtomatlashtirilgan og‘ir industriya rayoniga aylandi. Respublikamizdagi qurilish
materiallari, ayniqsa sement ishlab chiqaruvchi zavodlar yuqori unumli mashina va
agregatlar bilan jihozlangan. Ayniqsa qurilish materiallarining «noni» bo‘lgan
portlandsementning salmog‘i ancha ortmoqda.
O‘zbekistonda katta hajmdagi qurilish ishlari va qurilish ishlarini
industrialashtirish qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish zarurligini
12
taqozo etmoqda, shu jumladan asbestsement materiallari va buyumlarini ishlab
chiqarish miqdorini oshirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida asbestsement buyumlari ko‘zga
ko‘ringan o‘rinlarni egallab kelmoqda va fuqaro uy-joy va qurilish sanoatida keng
qo‘llanishga ega bo‘lmoqda. Qurilish materiallari ichida asbestsement buyumlari
qator ijobiy xossalari tufayli birinchi o‘rinlaridan birini egallab kelmoqda.
Mustahkamlik, o‘tga chidamlilik, havoga turg‘unligi, engilligi kabi xossalari
asbotsementlarning chidamligini ta’minlab kelmoqda. Unga turli shakllarni
berishning qulayligi, turli-tuman shakldagi qurilish materiallarni olish mumkinligi
asbestsement buyumlarini ishlatish soxalarini kengaytirishga imkon bermoqda.
|