-§ Gips bog‘lovchilarining qotishiga qo‘shilmalarning ta’siri




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

4-§ Gips bog‘lovchilarining qotishiga qo‘shilmalarning ta’siri 
Qotish xususiyatiga ko‘ra gips bog‘lovchilari ikkiga bo‘linadi: tez qotuvchi 
gips bog‘lovchilari (qurilish, o‘ta mustahkam, qolip va meditsina gipslari); sekin 
qotuvchi (angidritli sement va yuqori darajada kuydirilgan gips) gips bog‘lovchilari. 
Gipsning tishlashish va qotish vaqtlari xom ashyoning xossasi, uni tayyorlash 
sharoiti, saqlanish muddati va sharoitiga, qo‘shiladigan suv miqdori (suv bilan gips 
nisbati — C/G) bog‘lovchi modda va suvning temperaturasi, aralashtirish 
sharoitlariga va ular tarkibida biror qo‘shilmalarning borligiga bog‘liq. 


42 
Rolandning fikricha, gipsda uning eruvchanligining kuchaytirish yoki 
sekinlatish imkonini beradigan moddalarning borligi gidratatsiyaning tezlashishi yoki 
sekinlashishi uchun sharoit yaratadi. Uning ta’qidlashicha, gidratatsiya tezligi ham 
erigan modda tabiatiga, ham uning eritmadagi konsentratsiyasiga bog‘lik. Gipsning 
(yarim 
gidratning) 
eruvchanligini 
kuchaytiruvchi 
moddalar—tezlatgichlar, 
eruvchanligini susaytiruvchi moddalar sekinlatgichlar hisoblanadi. 
Noorganik va organik birikmalar qo‘shilmasining gips eruvchanligiga, 
tishlashish vaqti va qurilish gipsining mustahkamligiga ta’sirini o‘rgangan Riddel 
ham shunday xulosaga kelgan. Masalan, NaCI tuzi yarim molekula suvli gips va 
ekstrix-gips gidratatsiyasi tezlatgichi bo‘lib, angidritga ta’sir etmaydi. CaCl
2
esa 
yarim molekula suvli gipsga ta’sir qilmaydi, lekin ekstrix-gips va angidrit 
gidratatsiyasini sekinlashtiradi. MgCl
2
tuzi yarim molekula suvli gipsni 
gidratatsiyasini tezlashtiradi, ekstrix-gips va angidritni sekinlashtiradi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, tishlashishni sekinlatgich va tezlatgichlar gips 
buyumlarining natijaviy mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq ayrim sirt-
aktiv 
moddalardan 
o‘rtacha 
miqdorda 
(0,1...0,3%)qo‘shish 
buyumlar 
mustahkamligining faqat ularni yumshatuvchi faktor sifatida va suv-gips nisbatining 
kamayishy hisobigagina emas, balki hosil bo‘layotgan ikki gidrat kristallarining 
adsorbsion modifikatsiyasi hisobiga ham ortishiga imkon beradi. Shuningdek, sirt-
aktiv qo‘shilmalar yordamida, gipsning doimiy sarfi o‘zgarmagan sharoitda, beton 
aralashmasining xarakatchanligini oshirish mumkin. 
So‘nggi vaqtlarda qotish jarayonini vaqt davomida normaga solish uchun 
ba’zan sirt-aktiv moddalar va stabilizatorlar bilan birgalikda turli polimer moddalar 
ishlatilmoqda. Masalan, J.P.Dokukina yarim gidratning tishlashish tezligini 
sekinlashtirish uchun dikarbon kislotalar sopolimerlaridan foydalanishni tavsiya etdi. 
Ular sirt-aktiv modda bo‘lib, faqat tishlashish vaqtini sekinlatibgina qolmay, balki 
polimerlangandan so‘ng turli strukturalarning hosil bo‘lishiga imkon beradi, bunday 
strukturalar qotayotgan gipsning fizik-mexanik xossalariga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. 


43 
Ko‘pgina qo‘shilmalar, masalan, sulfit-spirt bardasi va ayniqsa, natriy abietat 
havo tortuvchi moddalar hisoblanadi, bu moddalar betonga qo‘shilganda beton 
aralashmasida bir tekis tarqalgan havo pufakchalari soni ortadi. Ana shunday 
qo‘shilmalardan foydalanish betonning sovuqqa chidamliligini oshiradi. Shuni ham 
aytib o‘tish muximki, hamir elastik holatda bo‘lgan va qattiq strukturali sinchlari 
bo‘lmagan dastlabki davrda asosan kontraktatsiya va sedimentatsiya hisobiga 
betonning reaksiyaga kirishishi ko‘zatiladi. Hosil bo‘layotgan ikki gidratning keyingi 
shiddatli kristallanish davrida qotayotgan sistema kengaya boshlaydi. Organik 
sekinlatgichlar, odatda, qotish vaqtida gipsning qisqarishiga olib keladi, qattiq 
strukturali sinchni erta hosil qiluvchi tezlatgichlar esa, aksincha, gipsning 
kengayishiga imkon beradi. 
Gipsga qo‘shilma sifatida sekinlatgich va tezlatgichlardan foydalanish tarkibiy 
qismlardan xar birining xossalaridan foydalanishga imkon beradi. Shunday qilib, 
qo‘shilmalarning ta’sir qilish xususiyatini bilgan holda qotayotgan gipsning hajmiy 
deformatsiyasi miqdorini kerakli yo‘nalishda normaga solib turish mumkin. 
Gipsning tishlashish tezligini kamaytirish va buyumlar mustahkamligini 
oshirish uchun Shasseven suv-gips qorishmasi temperaturasini 80
o
C dan yuqori 
temperaturada saqlab turishni tavsiya etdi, bunda u yarim gidrat bilan to‘yingan va 
ikki gidratga nisbatan o‘ta to‘yingan qorishmada temperatura qancha yuqori bo‘lsa, 
undagi gips shunchalik o‘zoq vaqt kristallanmay turishiga asoslangan. Yarim gidrat 
bilan to‘yingan qorishma temperaturasining pasayishi gipsning kristallanishini 
tezlashtiradi. Shassevenning ko‘rsatishicha, qorishmada 80°C temperaturada ikki 
gidratning kristallanish tezligi 16°C temperaturadagiga nisbatan 30 marta kam. 
70...88°C dan, yuqori temperaturagacha qizdirilgan gips aralashmasi bir necha soat 
davomida harakatchan bo‘lib turaveradi (agar temperatura kerakli rejimda saqlab 
turilsa). Bunda gips sovitilganda mustahkamlik kamaymay, normal tishlashish 
kuzatiladi. Shasseven o‘tkazilgan tajribalarning natijalari amaliy ahamiyatga ega, 
chunki bunda qorilgan yoki qoliplovchi agregatda turgan gipsning


44 
tishlashishini ma’lum vaqt kechiktirish hamda ko‘plab miqdorda gips va gips-beton 
aralashmalari tayyorlash imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari, qorishma tayyorlashda 
suvni kam ishlatish mumkin bo‘ladi, buning natijasida esa buyumlarning 
mustahkamligi ortadi. 
Gipsning qotish jarayonida uning hajmi taxminan 1 % kengayadi. Bu esa, 
gipsdan me’morchilik buyumlari tayyorlashda, yoriqlarni berkitishda va boshqa 
maqsadlarda foydalanishga qulaylik yaratadi. GOSTda ko‘rsatilishicha, qurilish gipsi 
tishlashishining boshlanishi 4 minutdan keyin, oxiri esa 6 minutdan 30 minutgacha 
davom etishi kerak. Demak, qurilish gipsi tez tishlashadigan va tez qotadigan 
bog‘lovchi moddadir. 
Bu hol bir qancha noqulayliklarga sabab bo‘ladi, chunki qorilgan gipsni 
tishlashib qolmasdan ilgari ishlatish lozim. Agar tishlashishi jarayoni buzilsa, hosil 
bo‘layotgan kristall o‘simtalari parchalanib ketadi va mustahkamligi keskin 
kamayadi. Shu sababli gipsni tishlashgunga qadar ishlatib tugatish uchun yoki oz-oz 
miqdorda qorish yoxud gipsga tishlashish jarayonini susaytiruvchi moddalar qo‘shish 
mumkin. 
Gipsning tishlanish vaqtini uzaytirish uchun unga maxsus susaytirgichlar 
qo‘shiladi. Kolloid eritma hosil qiluvchi, yarim suvli gipsning (zichligi 2500…2800 
kg/m
3
, uyum tarzidagi hajmiy massasi 800...1100 kg/m
3
, zichlashtirilgan holdagi 
hajmiy massasi 1250...1450 kg/m
3
) erish tezligini susaytiruvchi va, natijada ikki 
molekula suvli gipsning kristallanishini kechiktiruvchi materiallarga suyak elimi, 
kozein, jelatin, glitserin, magniy, kalsiy tuzlari misol bo‘ladi. Gipsning tishlashish 
vaqtini uzaytirish uchun 60°S gacha isitilgan suv ham ishlatish mumkin. 
Zavodlarda gipsdan binoqorlik buyumlari tayyorlash va ularni sovuqda qotirish 
uchun qurilish gipsining tishlashishini tezlashtirish talab etiladi. Buning uchun 
qurilish gipsiga ikki suvli gips, osh tuzi, kaliy sulfat, sulfat kislota, ishqorlar, 
kremniy-ftoridli kaliy va boshqa bir qancha moddalar qo‘shiladi. 
Qurilish fosfogipsi havoda qotadigan bog‘lovchi modda bo‘lib, suv ichida 
quriladigan inshootlarda undan foydalanib bo‘lmaydi, chunki bunda qotish vaqtida 


45 
hosil bo‘ladigan ikki suvli gips erib, kristall o‘simtalari parchalanib ketadi va 
mustahkamligi keskin kamayadi. 
Gips qayta quritilganda uning mustahkamligi yana tiklanadi. Gipsdan 
tayyorlangan mahsulotning suvga bu qadar chidamsiz bo‘lishining asosii sababi 
shundaki, suv pardalarining qotgan gipsdagi kristall strukturalari ayrim elementlarni 
ajratib, parchalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Gipsdan tayyorlangan mahsulot yog‘ingarchilik 
va namlikdan saqlansa, u uzoqqa chidaydi. Nam muhitda tayyorlangan gipsli 
buyumlar o‘z mustahkamligini 50% gacha kamaytiradi. Suvda chidamlilik 
xususiyatini oshirish uchun gipsdan tayyorlangan buyum va qismlar suv ta’sir 
etmaydigan moddalar bilan shimdiriladi, ularning sirti bo‘yaladi yoki gipsga 
so‘nmagan ohak, sement, shlak va tosh uni, kul yoki tuyilgan domna shlagi kabi 
moddalar qo‘shiladi. 
Qurilish gipsi ko‘proq tuyilsa, juda mayin va tez tishlashuvchi qolipbop gips 
hosil bo‘ladi. 
Qurilish gipsi o‘z sifatiga ko‘ra ikki navga bo‘linadi. Gipsning' cho‘zilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 40x40x160 mm o‘lchamli qolipga quyib tayyorlangan 
namunalarda aniqlanadi. GOST talablarini qanoatlantiradigan gips qorishmasini 
tayyorlash uchun suv miqdoriga katta ahamiyat berish kerak. 
1-nav qurilish gipsini suv bilan qorishtirilganda 1,5 soat vaqt o‘tgach, 
siqilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida 4,5 MPa, 2- nav gipsniki esa 3,5 MPa 
bo‘lishi kerak. 
Gipsning qotishi. Gipsning qotish jarayoni uning gidratatsiyalanishi bilan 
boshlanadi, ya’ni bunda yarim molekula suvli gips qaytadan kristall holatdagi ikki 
molekula suvli gipsga aylanadi: 
CaSO
4

0,5H
2
O+1,5H
2
O=CaSO
4

2H
2

Aslida gipsning qotishi uchun kam suv talab qilinsaham, gips qorishmasini
ishlatish qulay bo‘lishi uchun suv ko‘proq solinadi. Buyumning mustahkamligini 
oshirish uchun undagi ortiqcha suv quritish yo‘li bilan yo‘qotiladi. 


46 
Akademik A.A.Baykovning nazariyasi bo‘yicha, gips qotayotganda asosan, 
kuyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar ruy beradi. Yarim molekula suvli gips suvda 
qisman erib, ikki molekula suvli kiyin eruvchan gips hosil qiladi . Gips zarrachalari 

Download 6,08 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Gips bog‘lovchilarining qotishiga qo‘shilmalarning ta’siri

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish