-§ Juda katta xaroratda kuydiriladigan gips (ekstrix-gips)




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

5-§ Juda katta xaroratda kuydiriladigan gips (ekstrix-gips) 
Ikki molekula suvli gips yoki angidridni 800-1000
0
S tkmperaturada kuydirib 
olingan mahsulot tuyilsa, ana shunday gips tayyor bo‘ladi. 
Juda katta temperaturada kuydirilgan gipsning angidrid sementdan farqi 
shundaki, u katalizatorsiz ham qota beradi. Crunki gips ko‘rsatilgan temperaturalarda 
kuydirilganda CaSO

qisman parchalanadi, ya’ni CaO erkin holatda yoki 
mCaSO
4
·nCaO tipida kalsiy sulfat asosiy birikmalari tarzida ajralib chiqadi. Xuddi 
ana shu birikmalar katalizatorlar hisoblanadi. Ular ishqoriy muhit vujudga keltiradi. 
Natijada juda katta temperaturada kuydirilgan gipsning eruvchanligi yanada oshadi 
va shu bilan ikki molekula suvli gipsning hosil bo‘lish jarayoni tezlashadi. Ikki 


52 
molekula suvli gips kristallarining hosil bo‘lishi esa angidrid sement qotayotgan 
vaqtdagidek asosiy qotish jarayoni hisoblanadi. 
4-Rasm. Qurilish gipsining ishlab chiqarish sxemasi. 
1-ta’minlagich, 2, 7, 9, 12,15 -bunker, 3- tasmali transportyor, 4- bolg‘ali 
maydalagich, 5- elevator, 6- shnek, 8- taqsimcha ta’minlagich, 10 – o‘choq, 11-
aylanma pech, 13- chang cho‘ktiruvchi moslama, 14- ventilyator, 16- zoldrli 
tegirmon. 
1. Tayyorlash texnologiyasi 
Juda katta temperaturada kuydirilagan gips texnologiyasi deyarli angidrid 
sement texnologiyasiga o‘xshaydi, biroq unga nisbatan soddaroq, chunki katalizator 
qo‘shilmaydi. Asosiy ishlab chiqarish operatsiyalariga gips toshni maydalash, 
kuydirish va kuydirilgan mahsulotni kukun holigacha (asosan shar tegirmonlarda) 
tuyish asosiy ishlab chikarish jarayonlaridan hisoblanadi. (4-rasm) 
Angidrid sement olinayotgan vaqtdagidek, asosan nim gaz o‘txonali shaxta 
pechlarda kuydiriladi. Bunday hollarda kalsiy sulfidi hosil bo‘lmasligi uchun pechda 
oksidlantirish muhiti yaratmoq lozim. Chunki bog‘lovchi tarkibida 0,1% dan 
ziyodroq kalsiy sulfidi bo‘lsa, qotayotganida bog‘lovchi hajman noteks o‘zgaradi va 
mahsulotning mustahkamligi pasayadi. Shaxta pechlarda kuydirish uchun shartli 
yoqilg‘idan tayyor mahsulot og‘irligining 10-15% miqdorida sarflanadi. 


53 
Kuydirish rejimi va ishlanayotgan bog‘lovchining hossalari ko‘p jihatdan xom 
ashyo tarkibiga bog‘liq. Gips toshda dolomit va ohaktosh qo‘shilmalarning bo‘lishi 
kuydirish jarayoni vaqtida erkin kalsiy va magniy oksidalarining hosil bo‘lishiga olib 
keladi. Ularning miqdori 5-7% bo‘lsa, foydali hisoblanadi. 
Kuydirish vaqtida kalsiy sulfati va kalsiy karbonatlari tarkibida qum tuproq, gil 
tuproq va temir oksidlari kabi aralashmalar bo‘lgan ana shu qo‘shilmalar bilan o‘zaro 
ta’sir etishganida birlamchi kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari hosil bo‘ladi. 
Ular kalsiy sulfatning parchalanish temperaturasini pasaytiradi. 
2. Xossalari va ishlatilishi 
Juda katta temperaturada kuydirilgan gipsga bo‘lgan texnik shart-sharoitlar 
(TU) ga ko‘ra, bunday gipslar uch xil, ya’ni 100, 150 va 200 markada chiqariladi. Bu 
markalar qumsiz plastik xamir (1:0) dan ishlangan 28 kunlik namunalarning minimal 
mustahkamligiga qarab aniqlanadi. 
Juda katta temperaturada kuydirilagan gips qurilishbop gipsga qaraganda ancha 
mustahkam. Bunga asosiy sabab shuki, qorish uchun ozgina suv qo‘shiladi (normal 
quyuq xamir hosil qilish uchun 25-35% cha suv quyiladi) va juda mayda tuyiladi. 
Gipsni shibbalab qoliplash uning shibbalamasdan qoliplashga qaraganda 25% 
mustahkamroq bo‘lishiga yordam beradi. 
Qanchalik mayda tuyilgani 1sm
2
yuzasida 100 ta ko‘zi bor elakda ko‘pi bilan 
2% va 900 ta ko‘zi borida ko‘pi bilan 10% qoldik qolishga qarab aniqlanadi. 
Juda katta temperaturada kuydirilgan gips qotayotganda qurilishbop gipsga 
qaraganda ozgina bo‘lsa ham hajman kichrayadi. Juda katta temperaturada 
kuydirilgan gipsdan ishlangan buyumlar, qurilishbop gipsdan tayyorlangan 
buyumlarga qaraganda suvga va sovuqqa ancha chidamli bo‘ladi. 
Juda katta temperaturada kuydirilagan qotgan gips ishqalanishga katta qarshilik 
ko‘rsatadi. Shu jihatdan u boshqa xil gipslardan katta farqqiladi. Uning ishqalanishga
qarshiligi, masalan, polga ishlatiladigan keramika plitalarnikidan uch marta katta 
bo‘ladi. 


54 
Angidrid sement qaysi sohalarda ishlatilsa juda katta temperaturada 
kuydirilagan gips ham ana shu maqsadlarda ishlatiladi. Bundan tashqari, undan 
choksiz pollar qurishda, deraza tagi taxtalari, zinalar va manzarali plitalar 
tayyorlashda foydalansa ham bo‘ladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Juda katta xaroratda kuydiriladigan gips (ekstrix-gips)

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish