3-§ Fosfogipsdan havoda qotadigan materiallar olish
Yuqorida aytib o‘tilganidek, zamonaviy usullardan foydalanib tabiiy gipsdan
olingan barcha turdagi havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar qayta ishlangan
fosfogipsdan tayyorlanishi mumkin:
Xavoda qotadigan bog‘lovchi materiallar olish uchun fosfogipsni qayta ishlash
xususidagi ilk bor laboratoriya tadqiqotlari 1933-1935 yillarda o‘tkazilgan. o‘sha
paytda P.P.Budnikov, M.I.Gershman va S.M.Royak kabi tadqiqotchilar qurilish gipsi
hosil qilishgandi-yu, ammo ular ikki sababga binoan bunday gipsni sanoat miqyosida
ishlab chiqarish maqsadga muvofiq emas, degan fikrga keldilar: birinchidan
fosfogipsda mavjud bo‘lgan fosfat kislota tayyor mahsulotni tishlab qolish muddatini
68
qisqartiradi, ikkinchidan, qurilish fosfogipsining mexanik xususiyatlari g‘oyat past
darajada bo‘lib, u faqat qurilish gipsiga qo‘shimcha sifatidagina qo‘llanishi mumkin.
Mazkur tadqiqotlar fosfogipsning ekstraksiya jarayonida kristallanishining
optimal sharoitlari hali ham hal qilinmagan va fosfogipsdan suvda eruvchan fosfat
kislotasini yuvib chiqarish jarayoni ancha murakkab bo‘lgan vaqtda, ya’ni sulfat
kislota bilan fosforitlarning parchalanish jarayonini o‘rganishning dastlabki davrida
olingan fosfogips namunalarida o‘tkazilgan edi.
Ma’lumki, qurilish gipsiga fosfat kislota tarzida 0,63 foiz P
2
O
5
qo‘shish
bog‘lovchi modda qotayotganida uning mustahkamligini cho‘zilish va siqilishga
bo‘lgan chegarasini muvofiq tarzda 23 dan 15 gacha va 100 dan 33 kg/sm
2
gacha
kamaytiradi. Bu hol fosfogipsdan u kuydirilguniga qadar suvda eriydigan fosfat
kislotaning ko‘p qismini yo‘qotish kerakligidan dalolat beradi. Amerika patentlarida
ko‘rsatilishicha, hatto suvda eriydigan P
2
O
5
ning 0,1% ham tayyor mahsulot
mustahkamligini ancha kamaytiradi, ko‘p miqdordagi fosfat kislota esa gidratlanishda
kristallanish jarayonini shu qadar buzadiki, natijada kuydirilgan gips yaroqsiz bo‘lib
qoladi.
O‘g‘itlar va insektifungitsidlar ilmiy tadqiqot institutida ekstraksiya jarayonini
o‘zlashtirish hamda yaxshi kristall strukturali fosfogips olish mobaynida fosfat
kislotani yo‘qotishning ikki oddiy usuli sinab ko‘rildi:
a) Fosfogipsni to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv bilan yuvish;
b) Suvda eriydigan kislotani ohak suti bilan neytrallash.
Muayyan miqdordagi havoda quritilgan fosfogips uy haroratidagi suvga
solingandan keyin filtrlanib yuvilgach, fosfogips suvda eriydigan fosfat kislotadan
osongina xalos bo‘ladi. Agar fosfogips tarkibida 2% P
2
O
5
bo‘lsa, uni yuvib tozalash
uchun bir kilogramm havoda quritilgan fosfogipsga 2-2,2 litr suv kifoya qiladi.
Suvda eriydigan P
2
O
5
ni ohak suti bilan neytrallash. Buning uchun fosfogips
pulpasiga hisob-kitob asosida tarkibida 10% Ca(OH)
2
bo‘lgan ohak suti qo‘shiladi,
keyin pulpa 2 soat mobaynida qorishtiriladi. Neytrallash reaksiyasining tugashi
fenolftalein bo‘yicha kuzatilib turiladi.
69
Fosfogips suvda eriydigan P
2
O
5
dan yuvib tozalangandan so‘ng undan
fosfogipsli bog‘lovchi olish mumkin. Ana shunday bog‘lovchi moddaning sifati
mexanik mustahkamligi hamda tishlashish muddatlari bo‘yicha GOST talablariga
muvofiq keladi.
Qurilish gipsi tez tishlashadigan va tez qotadigan bog‘lovchi moddadir. Odatda
u 5-15 daqiqa ichida tishlashadi. Bu hol bir qancha noqulayliklarga sabab bo‘ladi,
chunki qorilgan gipsni tishlashib qolmasidan ilgari ishlatish kerak. Agar tishlashish
jarayoni buzilsa, hosil bo‘layotgan kristall o‘simtalari parchalanib ketadi va
mustahkamligi keskin kamayadi. Shu boisdan tishlaguniga qadar ishlatib tugatish
uchun gipsni yo oz-oz miqdorda qorish yoki gipsga tishlashish jarayonini
susaytiruvchi har xil moddalar qo‘shish mumkin. Sulfit-spirtli barda, tanakor, kazein
va boshqalar ana shunday xususiyatli moddalar jumlasiga kiradi.
Zavodlarda gipsdan binokorlik detallari tayyorlash va ularni sovuqda qotirishda
qurilish gipsining tishlashishini tezlashtirish talab etiladi. Buning uchun qurilish
gipsiga ikki suvli gips, osh tuzi, kaliy sulfat va natriy sulfat, sulfat kislota, ishqorlar,
kremniy ftoridli kaliy va boshqa bir qancha moddalar qo‘shiladi.
Qurilish fosfogipsi havoda qotadigan bog‘lovchi modda bo‘lib, suv ichida barpo
etiladigan inshoatlarda undan foydalanib bo‘lmaydi, chunki bunda qotish vaqtida
hosil bo‘ladigan ikki suvli gips erib, kristallarning o‘sib tutashgan strukturasi
parchalanib ketadi.
Gips qayta quritilganda uning mustahkamligi yana tiklanadi. Gipsdan
tayyorlangan mahsulotning suvga bu qadar kam chidamli bo‘lishining asosiy sababi
suv pardalarining qotgan gipsdagi kristall strukturalar ayrim elementlarini ajratib,
parchalovchi ta’sir ko‘rsatishidir. Agar gipsdan tayyorlangan mahsulot yog‘in sochin
namlikdan saqlansa, uzoqqa chidaydi
Qurilish gipsidan, asosan suvoq uchun ohak-gips qorishmasi tayyorlash va
binokorlik detallari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Shunisi diqqatga sazovorki, qurilish gipsiga hech nima aralashtirmay, o‘zini sof
holda ishlataverish mumkin, chunki u quriganda yorilib ketmaydi. Ohak-gips cuvoq
70
qorishmalarida bir xajm gipsga birdan to besh xajmgacha ohak qo‘shiladi, natijada
qorishmaning tishlashishi sekinlashib, elastikligi ortadi.
Bog‘lovchi moddani tejash va ohakning darz ketishiga barham berish, uchun
gips va ohak aralashmasiga birdan to uch hajmgacha qum yoki uning o‘rnini
bosadigan boshqa modda (toshqol, pemza, yog‘och qipigi va qirindisi singari
narsalar) qo‘shiladi. Suvoq qorishmasi tayyorlashda qurilish gipsiga ohak qo‘shmasa
ham bo‘ladi, biroq bunda tishlashishni susaytiruvchi biron modda aralashtirish kerak.
Ohak-gips qorishmalari ohak qorishmasidan tez qotishi va ancha mustahkamligi
bilan, gips qorishmasidan esa elastikligi hamda sekin tishlashishi bilan farqlanadi.
Gips qorishmasida gildan ham foydalaniladi.
Qurilish gipsidan xilma-xil gips va gips-beton mahsulotlar tayyorlanadi.
Chunonchi: quruq, suvoq, devor plitalari va panellar, qavatlar orasiga qo‘yiladigan
detallar, arxitektura-binokorlik mahsulotlari, ventilyasiya qutilari, termoizolyasiya
plitalari va boshqalar. So‘nggi vaqtlarda qurilish ishlarining industrlashishi
munosabati bilan gipsdan tayyorlanadigan binokorlik mahsulotlari tobora keng
qo‘llanilmoqda.
Bugina emas, qurilish gipsi oq rangli bo‘lganligidan, u sun’iy marmar va ba’zi
xil bo‘yoqhamda bo‘r tayyorlashda ham qo‘llanilmoqda. Keramika sanoatida gipsdan
qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek ko‘zgu va optik shishalar ishlab
chiqarishda ham gips asqotadi. Gips asbest va boshqa materiallar bilan aralashma
holida issiqlikni o‘tkazmaydigan buyumlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Fosfogipsdan angidrid sement olish. Bundan ellik besh yil muqaddam kimyogar
olim P.P. Budnikov, oz miqdordagi ishqorlar, kislotalar, o‘rta va nordon tuzlar
erimaydigan angidridning gidratlanishiga imkon berishini ko‘rsatib o‘tgan edi.
Angidrid sementi asosan suvsiz kalsiy sulfatdan tarkib topgan, tabiiy yoki
sintetik gipsni 600-700 daraja haroratda kuydirib olinadigan va keyin boshqa turli
qo‘shilmalar-katalizatorlar bilan birgalikda kukun xoligacha maydalangan
mahsulotdir. Ko‘shilmalar sifatida ohak, har xil sulfatlar, kuydirilgan dolomit, asosiy
maydalangan domna toshqoli va boshqa bir qancha materiallar ishlatiladi.
71
Fosfogipsdan angidrid sement olish borasida R.E. Simonovskaya, P.F.
Gordashevskiy va V.I. Berezovskiy (Rossiya) maxsus tadqiqot o‘tkazishgan. Ular
bog‘lovchi modda qotishida katalizatorlar sifatida natriy sulfat va natriy biosulfat,
fosfogips singari moddalardan foydalanishdi.
Odatda angidrid sementga faollashtiruvchi moddalar angidridni maydalash
vaqtida qo‘shiladi, shu moddalardan suvda yaxshi eriydiganlarini angidrid sementini
suvda qorish vaqtida aralashtirish mumkin. Mazkur bog‘lovchi modda qotishi
qo‘shgidrat hosil bo‘lishi tufayli ro‘y beradi.
Angidrid sementining suvga bo‘lgan talabi va suv singdirish qobiliyati asosan
uning qay darajada maydalanganligiga bog‘liq, me’yoridagidek quyuq bo‘lgan
qorishma hosil qilish uchun odatda 30-35% suv qo‘shiladi.
Kam kuydiriladigan gipsli bog‘lovchi moddalardan farqli o‘laroq, angidrid
sementi qotayotganda hajman kengaymaydi.
So‘z yuritilayotgan mazkur sement gidravlik xususiyatlarga ega emas. U nam
havo muhitida g‘oyat jadal sur’atda qotadi. Namlik muhitda dastlabki qotishdan
keyin angidrid sementi quruq muhitda tobora mustahkamlanaveradi. Kotgan
bog‘lovchi modda suvda uzoq vaqt turib qolsa, uning mustahkamlik darajasi
pasayadi, keyin quruqlik sharoitida angidrid sementining mustahkamligi yana
ortaveradi. Bordi-yu angidrid sementiga faollashtiruvchi modda sifatida domna
toshqoli qo‘shilsa, uning suvga chidamliligi ortadi.
Binokorlik qorishmalari angidrid sementidan tayyorlangan bo‘lsa, 15
martagacha muzlab-eriganda ham sezilarli darajada buzilmaydi. Uyning choksiz
tushalmasi, linoleum osti tushalmasi hosil qilish, turli xil suvoq va oraliqqorishmalar,
organik va noorganik to‘ldirgichli engil betonlar, og‘ir betonlar ishlab chiqarish,
shuningdek, sun’iy marmar tayyorlashda angidrid sementidan foydalaniladi. Angidrid
sementidan ishlangan konstruksiya va buyumlarni havo namligi 60-70 foizdan yuqori
bo‘lgan erlarda qo‘llab bo‘lmaydi.
72
Ohak-fosfogips bog‘lovchi materiallar. 1940 yili tadqiqotchilar Mak-Enelli
tomonidan tafsiflangan usul kuydirmay turib gips va ohakdan bog‘lovchi moddalar
olish usulini qo‘lladilar.
Umuman olganda, suvoqchilikda ohak va suvoq gipsidan iborat binokorlik
qorishmalari ishlatiladi. Ohak odatda ohak xamir tarzida qo‘llaniladi, buning uchun u
so‘ndiriladi. Ohakni so‘ndirish ekzotermik jarayon bo‘lib, bunda muayyan darajada
issiqlik ajralib chiqadi. Gipsni kuydirish esa endotermik jarayon bo‘lib, bunda suv
ajiralib chiqadi va issiqlik yutiladi. Mak-Enelli gipsdan chiqadigan nam ohakni
gidratatsiyalashda, ohak gidratatsiyasi issiqligidan esa gipsni kuydirishda juda o‘rinli
foydalangan.
Tadqiqotchi
R.E.Smirnovskaya
mazkur
usul
bo‘yicha fosfogips va
so‘ndirilmagan ohakdan suvoqqorishmasi olishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan ikki
turdagi fosfogips tarkibida 0,4 va 0,2 foiz suvda eruvchan R
2
O
5
bo‘lgan va umumiy
namligi 45 foizni tashkil etadigan yuvilgan hamda yuvilmagan fosfogips qo‘llaniladi.
Tajriba davomida fosfogips so‘ndirilmagan ohakni birga qo‘shib aralashtirish va
kukunlash yo‘li bilan maqbul sifatga ega bo‘lgan suvoqqorishmasi hosil qilish
mumkinligi aniqlandi. Ochiqhavoda etti kun saqlangandan keyin bu qorishmaning
cho‘zilish mustahkamligining chegaraviy ko‘rsatkichi 0,6-0,7 MPa ni tashkil etdi.
Fosfogips suvoqqorishmasining tarkibiy qismlaridan biri sifatida ishlatilganda,
undan fosfor kislotani yuvib chiqarib tashlashga xojat qolmaydi. Fosfogipsda
gidroskopik namning kamayishi tayyor mahsulot mustahkamligining ortishiga imkon
beradi.
Suvoq uchun ishlatiladigan aralashma tayyorlashning qurilmali agregatlarda
fosfogips bilan ohakni bir vaqtda qorishtirish va kukunlashdan iborat. Asos qilib
olingan materiallarning xususiyatlariga ko‘ra, gips-ohak bog‘lovchi moddalarning
nisbiy miqdori 50-70 foiz fosfogips va 30-50 foiz ohakdan iborat. Xosil bo‘lgan
mahsulotni ma’lum vaqtgacha barcha jarayonlar to‘la kechib bo‘lishi uchun tindirib
qo‘yish lozim.
73
Ammo
fosfogipsdan
havoda
qotadigan
bog‘lovchi materiallar olish
imkoniyatlari kengligiga qaramay, ularning qo‘llanish ko‘lami cheklangan. Xavoda
qotadigan bog‘lovchi materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar qurilishda
faqat ichki pardozlash ishlarida qo‘llaniladi, shuning uchun fosfogipsni qayta
ishlashning yuqorida sanab o‘tilgan usuli juda katta miqdordagi fosfogipsdan to‘la
foydalanishni ta’minlay olmaydi.
|