-§ Magnezial bog‘lovchilar




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

5-§ Magnezial bog‘lovchilar 
Magniy xlorid (MgCl
2
) ning suvli eritmalariga qoriladigan va mayda tuyilgan 
kaustik magnezit yoki kaustik dolomit kukunlaridan iborat havoda qotadigan 
bog‘lovchi moddalar magnezial bog‘lovchi materiallar deb ataladi. 
Kaustik magnezit kukuni bilan magniy xlorid eritmasining havoda tez 
qotadigan xamirsimon aralashmasi ba’zan Sorel sementi deb (ixtirochining nomi 
bilan) ataladi. 
Kaustik magnezit va magnezial sementning kimyoviy tarkibi tufayli organik 
to‘ldirgich (yog‘och qipig‘i, qirindi-tarashasi va boshqa) larning birikishi-yopishishi 
uchun qulay sharoitlar tug‘ildi. Ular magnezial bog‘lovchilar muhitida chirimaydi va 
parchalanmaydi. Magnezial bog‘lovchilar bilan asbest va boshqa tolasimon 
to‘ldirgichlar ishlatish ham ancha foydali. 


79 
Kaustik magnezit tabiiy magnezitni 750-850
0
C temperaturada kuydirib, 
so‘ngra pishgan mahsulotni kukunsimon holgacha tuyish yo‘li bilan olinadi. 
Magnezit magniy karbonat (MgCO
3
) tuzidan iborat bo‘lib, tabiatda ikki xil, 
ya’ni amorf va kristall ko‘rinishda uchraydi. 
Kristall magnezit (tarkibidagi qo‘shilmalarga qarab) qul rang, oq, ba’zan sarig‘ 
va hatto jigar rang tusda aniq kristall tuzilishda va shishadek yaltiroq bo‘ladi. Unda 
CaCO
3
va FeCO
3
ko‘rinishlardagi qo‘shilmalar bor. Ammo sof holida ham uchraydi. 
Magnezitning kimyoviy tarkibi kuyidagicha: 47,82% MgO va 52,18% CO
2
.
Kaustik dolomit tabiiy dolomit (MgCO
3
·CaCO
3
) ni kuydirish natijasida 
olinadi. U kalsiy va magniyning qo‘sh tuzidan iborat bo‘lib, quyidagi kimyoviy 
tarkibga ega: 54,2% CaCO
3
va 45,8% MgCO
3

Kaustik magnezit ishlab chiqarish tayyorlash jarayonlari (xom ashyoni qazib 
olish, saralash, maydalash) va asosiy jarayonlar (kuydirish hamda tuyish) dan iborat. 
Xom ashyo ishlab chiqarish sxemasiga qarab maydalanadi. Masalan, shaxta 
pechlar uchun yirik, aylanma pechlar uchun maydaroq material zarur. 
Magnezitni kuydirish uchun pechlarning hamma turidan (xumdondan tortib 
maxsus konstruksiyadagi mexanik pechlargacha) foydalanish mumkin, ammo 
ko‘pgina o‘txonasi tashqariga joylangan shaxta pechlarda kuydiriladi. 
Kuydirayotganda magnezit parchalanadi va quyidagi reaksiya bo‘yicha magniy 
oksidi bilan angidrid gaziga ajraladi: 
MgCO
3
= MgO+CO
2
Magniy karbonatning parchalanish reaksiyasi endotermik reaksiya hisoblanadi, 
ya’ni bu reaksiya sodir bo‘lishi uchun talaygina miqdorda issiqlik (1kg MgCO

ga 
344 kkal) sarflash talab qilinadi. Magniy karbonat 500
0
C da parchalana boshlaydi deb 
qabul qilsa bo‘ladi, lekin 600-650
0
C da talabdagidek tez o‘tadi. Zavod sharoitlarida 
magnezit nisbatan ancha yuqori, taxminan 800
0
C, aylanma pechlarda esa 1000
0

gacha temperaturada kuydiriladi. 
Magniy karbonatning parchalanish reaksiyasi umuman qaytarma reaksiyadir. 
Reaksiya talabdagidek yo‘nalishda bo‘lishi uchun reaksiya mahsulotlaridan biri, ya’ni 


80 
CO
2
tabiiy yoki su’niy yo‘l bilan chikarib tashlanadi, shuningdek kuydirish 
temperaturasi nazariy zarur temperatura darajasidan oshiriladi. Biroq juda ham yukori 
temperaturadan foyda yo‘q, chunki MgO ning bog‘lovchilik xossalari yomonlashadi. 
Magnezitni 1300
0
C dan ortiq temperaturada kuydirish natijasida»o‘ta pishgan» 
magnezit hosil bo‘ladi. Bunday magnezitni tuyganda bog‘lovchi modda bo‘lmay 
qoladi, balki o‘tga chidamli magnezit buyumlar ishlab chikarish uchun xom ashyo 
sifatida ishlatishga yaraydi, xolos. 
Demak, CO
2
batamom ajralib chiqqanida kuydirish temperaturasida qanchalik 
past bo‘lsa, kaustik magnezit shunchalik sifatli chiqadi. 
Kaustik magnezit qanchalik sifatli pishirilganini uning solishtirma og‘irligiga 
qarab aniqlash mumkin. Standartga qaraganda solishtirma og‘irligi 3,1-3,4 g/sm
2
bo‘lishi kerak. Kuydirilmagan magnezitning solishtirma og‘irligi o‘rtacha hisobda-3, 
«o‘ta kuydirilgani» niki esa –3,7 g/sm
3
. Shuning uchun ham chala kuydirilganda 
magnezitning solishtirma og‘irligi 3,1 dan past, o‘ta pishirganda 3,4 g/sm
2
ortiq 
bo‘ladi. 
Dolomitlar keskin o‘zgaruvchan tarkibli birikmalardir. Shuning uchun ham 
kaustik dolomit ishlab chiqarayotganda tabiiy dolomit kimyoviy tarkibini bilishga 
katta e’tibor berilishi lozim. Buning uchun konda uning o‘rtacha namunalarini tanlab 
olib, kimyoviy tahlil qilib ko‘rish zarur. 
Tabiiy dolomitni taxminan 650-750
0
C da (chala) kuydirganda kaustik dolomit 
hosil bo‘ladi.Kaustik magnezit ishlab chiqarayotgandagidek dolomit shaxta va 
aylanma pechlarda chala kuydirilishi mumkin. 
Dolomitni chala kuydirganda MgCO

dekarbonlashadi (parchalanadi) va MgO 
ga aylanadi. CaCO
3
ning ko‘p qismi parchalanmay qoladi, chunki uning dissotsiatsiya 
temperaturasidan yuqori chala kuydirish natijasida tarkibida magniy oksidi, ohaktosh 
va ozgina miqdorda ohak bo‘lgan mahsulot hosil bo‘ladi. 
800-1000
0
C xaroratgacha gacha ko‘tarilganda kuydirilgan mahsulot tarkibida 
anchagina miqdorda so‘na oladigan kalsiy oksidi bor dolomit ohakdan iborat bo‘ladi.


81 
1300
0
C xaroratdan yuqori bo‘lsa, «o‘ta pishgan» dolomit hosil bo‘ladi. Bu ham «o‘ta 
pishgan» magnezit singari o‘tga chidamli buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Qoritqilar. Magnezial bog‘lovchi moddalar uchun magniy xloridning suvli 
eritmalari, shuningdek magniy sulfati, temir sulfatlarining eritmalari va boshqa tuzlar 
qoritqi bo‘lishi mumkin. Kaustik magnezitni suv bilan qorilganda qotgan sement tosh 
nisbatan unchalik mustahkam bo‘lmaydi. Holbuki xlorid yoki magniy sulfati bilan 
qorganda nihoyatda mustahkam sement tosh hosil bo‘ladi. 
Tarkibida magniy xlorid suvli eritmasi bo‘lgan ko‘llar sanoat miqyosida 
magniy tuzlar qazib olish manbalari hisoblanadi. 
Magniy xlorid ma’lum miqdordagi suvli eritma holida qoritqi sifatida 
ishlatiladi. Odatda solishtirma og‘irligi 1,09-1,26 g/sm
3
gacha bo‘ladi. 
Magnezial sement komponentlarining o‘rtacha ulushi aktiv magniy oksidi 
(kaustik magnezit umumiy og‘irligining taxminan 85% ini tashkil etadi) va qattiq 
(quyuq) olti molekula suvli magniy xloridga hisoblaganda (og‘irligi jihatidan) 67-62 
% MgO va 33-38 % MgCl
2
·6H
2
O dan iborat.
Sulfat kislotani magniy oksidi bilan neytrallab magniy sulfati olish mumkin. 
Magniy 
sulfatidan 
foydalanayotganda 
kuyidagicha 
ulushlanadi: 
suvsizlantirilgan MgSO
4
ga hisoblanganda 80-84% magniy oksidi va 20-16% magniy 
sulfati. MgSO

li qorishmadan tayyorlangan sement tosh MgCl

li qorishmadan 
ishlanganga qaraganda unchalik mustahkam bo‘lmaydi. Biroq magniy sulfatli 
qorishmadan tayyorlangan sement toshning gigroskopikligi magniy xloridli 
qorishmadan ishlangan sement toshnikidan ancha past bo‘ladi. 
Tayyor buyumlarning gidroskopikligini kamaytirish va ularning suvga 
chidamliligini oshirish maqsadida kaustik magnezitga qoritqi sifatida birgina o‘zi 
yoki magniy xloridi bilan birgalikda temir kuporosi ishlatiladi. Temir kuporosini 
qo‘shish magnezial sementning tishlashishini tezlashtiradi va buyumlarda sho‘ra-
dog‘larni kamaytiradi. 
Xossalari va ishlatilishi. Kaustik magnezit, shuningdek, kaustik dolomitning 
qotish jarayonini, A.A. Baykov nazariyasiga ko‘ra, uch davrga ajratish mumkin. 


82 
Birinshi magniy oksidning gidratatsiyalanishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayon 
davomida qo‘shaloq birikma MgO·MgCl
2
·6H
2
O hosil bo‘ladi (qoritqi sifatida 
MgCl

olingan bo‘lsa). Gidratatsiya va qo‘shaloq tuzning hosil bo‘lish reaksiyalari 
deyarli qorib bo‘lgandan keyinroq boshlanadi. 
Ikkinchi davr-tishlashish yoki kolloidlanishi. Reaksiyalar natijasida hosil 
bo‘lgan birikmalar o‘ta to‘yingan eritma hosil qiladi va gel (iviq) shaklida ajralib 
chiqadi; tishlashishi tez boshlanib, tez tugaydi, qotgan massaning kolloid holati esa 
uzoq vaqt davom etadi. 
Uchinchi davr davomida kolloid massa yaxna holatida qayta kristallashish yo‘li 
bilan kristall o‘simtaga aylanadi. Kristallar hosil bo‘lsa-da, ular juda ham kichik, 
kolloid o‘lchamlarga yaqin o‘lchamlarda bo‘ladi. 
Magnezit xom ashyoni 800-850
0
C temperaturada kuydirib, so‘ngra maydalab 
tayyorlanadigan kaustik magnezitning solishtirma og‘irligi, standartga ko‘ra, 3,1-3,45 
g/sm
3
, hajm og‘irligi –0,65 dan 0,85 t/m
3
gacha bo‘lishi kerak. 21 nomerli elakda 
ko‘pi bilan 5% material qolishi, 0085 nomerli elakdan materialning kamida 75% i 
o‘tishi kerak. 
Kaustik magnezitning kimyoviy tarkibini quyidagi ma’lumotlardan bilib olish 
mumkin (8-jadval). 
Kaustik magnezit tishlashishi kamida 20 minutdan keyin boshlanishi, kechi 
bilan 6 soatdan (qorgan vaqtdan hisoblaganda) tugatish kerak. Kaustik magnezitni 
normal sharoitlarda sinayotganda hajman bir tekis o‘zgaradigan bo‘lishi zarur. 
Bir sutkadan so‘ng cho‘zilgandagi mustahkamlik chegarasi kamida 1,5 MPa 
bo‘lishi kerak (tuzli eritmada qorilgan kaustik magnezit bilan yog‘och qipiqlari 
aralashmasini sinayotganda; qipiqsiz tayyorlansa, bir sutkadan so‘ng cho‘zilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 5,0-10,0 MPa ga, siqilishdagisi esa 30,0-40,0 MPa ga etadi). 
Dolomit xom ashyoni magniy karbonat dissotsiatsiyasi temperaturasidan 
yuqori, biroq kalsiy karbonatnikidan kam (700
0
C ga yaqin) temperaturada chala 
kuydirilib tayyorlanadi gan nimpishiq dolomitning solishtirma og‘irligi 2,87-2,85 
g/sm

atrofida, hajm og‘irligi esa 1,08 dan 1,11 t/m

gachabo‘lishikerak. 


83 
Nimpishiq dolomit kaustik magnezitga nisbatan qo‘yiladigan talablarga mos 
darajada maydatuyilgan bo‘lishi kerak. 
8-jadval 
Kaustik magnezitning kimyoviy tarkibi 
Komponentlarning nomi 
Magnezit tarkibida og‘irlik 
bo‘yicha, % hisobida 
2-klass 
3-klass 
Magniy oksidi, (MgO) kamida……………………. 
Kalsiy oksidi, (CaO) ko‘pi bilan……………… 
Xlorid kislotada erimaydigan qoldiq, ko‘pi 
bilan…………………………………………………. 
Bir yarim miqdorli oksidlar Al
2
O
3
+Fe
2
O
3
110
0
C dagi namligi, ko‘pi bilan………………….. 
83 
2,5 
2,5 
normala 
1,5 
75 
4,5 

nmaydi 
1,5 
Kaustik magnezit namunalarning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi (3,7 
va 28 sutka tutilgan) tegishlicha kamida 1,0, 1,6 va 2,5 MPa bo‘lishi lozim. 
Namunalar og‘irligi bo‘yicha 9 qism kaustik magnezit va 1 qism qipiq 
aralashmasidan yasaladi. 
Magnezial bog‘lovchi choksiz ksilolit pol qurishda ishlatiladi. Bunday pollarda 
asosiy to‘ldirgich sifatida yog‘och qipiqlaridan foydaniladi. Ksilolit pollar gigiena 
talablariga mosligi va ko‘pga chidashi bilan farqqiladi. Issiqni kam o‘tkazuvchanligi 
jihatidan eman parketga o‘xshaydi. Ksilolit pol ko‘pchilik foydalanadigan joylar 
(vokzal, klub, magazin, kasalxona va boshqalar) da, turar joy binolarining yordamchi 
xonalari (koridor, oshxona, zinapoya maydonchalari va hakozalar)da, shuningdek 
rejimi quruq fabrika va zavod binolarida quriladi. 
Yog‘och maydasi (qipiq, yog‘och uni) va magnezial sementdan polga 
ishlatiladigan presslangan plitalar yasaladi. 
Magnezial bog‘lovchilar xonalarning ichini suvashda ham ishlatiladi. Bunday 
hollarda to‘ldirgich sifatida odatdagi daryo yoki soy qumini ishlatish mumkin. 
Bunday suvoq nihoyatda mustahkam bo‘ladi. Bundan tashqari ana shunday suvoq 


84 
ishlatganda sement kam sarf qilinadi va binoning tezroq foydalanishga topshirish 
imkoni tug‘iladi. 
Har xil qurilish detallari (deraza taglari, zinapoyalari, yaxlit tom, tomga 
yopadigan plitalar va boshqalar), fibrolit plitalar va issiqo‘tkazmaydigan turli 
materiallar ishlashda ham ana shu bog‘lovchilardan foydalaniladi. 


85 

Download 6,08 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish