-§ O‘zbekiston kurilish materiallari sanoatining taraqqiyotining




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

1-§ O‘zbekiston kurilish materiallari sanoatining taraqqiyotining 
bosqichlari
Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda sement sanoati vujudga 
kelishining o‘ziga xos tarixi bor. 
1926 yilning iyunida Markaziy osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda ilk bor 
sement ishlab chikarila boshlandi. 
Dastlabki uch yil davomida korxona portlandsement ishlab chikarishni 
o‘zlashtirib, yiliga 28 ming tonnadan mahsulot berdi. O‘sha kezlarda zamonaviy 
hisoblangan bu zavod soatiga 4 tonna klinker ishlab chikaradigan bitta 45 metrli 
aylanma pechga ega edi. Unda xom ashyo va klinkerni tuyuvchi sharli tegirmonlar va 
1000 kVt quvvatli elektrostansiya bor edi, 
1936-1937 yillardagi birinchi rekonstruksiyadan so‘ng zavod yiliga 155000 
tonna mahsulot bera boshladi. Zavod 1959 yili qayta rekonstruksiya qilinib, ancha 
kengaytirildi. Ikkita 118 metrli aylanma pech o‘rnatildi. 1961 yili yana bitta 150 
metrli pech ishga tushirildi. Natijada zavodning yillik quvvati 720000 tonnaga etdi. 
Endilikda zavod texnologiyasi uzluksiz takomillashib, ulkan korxonaga aylandi. 1970 
yili korxona quvvati 800000 tonnani tashkil etgan bo‘lsa. 1990 yil oxiriga borib 
sement ishlab chiqarish 1 million tonnaga yaqinlashdi. Bunga pechlarning quvvatini 
oshirish orqali erishildi. 


13 
Shuni aytish kerakki, mazkur zavodda dastlabki vaqtlarda sementning asosiy 
tarkibiy qismi bo‘lmish ohaktoshdan tashqari Suluktadan keltiriladigan maxsus 
tuproqham ishlatilar edi. Geolog olim, O‘zbekiston FA ning haqiqiy a’zosi 
A.S.Uklonskiyning taklifiga binoan 1927 yili Sulukta tuprog‘i mahalliy lyoss bilan 
almashtirildi. SHundan beri respublika zavodlarida sement ishlab chiqarishning 
ikkinchi tarkibiy qismi sifatida mahalliy lyoss tuprog‘i ishlatilmoqda. 1929 yili 
xukumat qaroriga binoan Quvasoy sement zavodi qurila boshladi. 1932 yilning 21 
fevralida bu zavod ishga tushirildi. Birinchi yili Quvasoy zavodi 42,2 mln. tonna 
sement ishlab chiqardi. Ammo murakkab jarayonlarning ko‘pchiligi qo‘l kuchi bilan 
bajarilar edi. Texnologiya takomillashib, ishchi va injener-texnik xodimlar 
malakasining o‘sishi tufayli birinchi besh yil ichida zavodning ishlab chiqarish 
quvvati 120500 tonnaga etdi. 1946-1951 yillarda zavod rekonstruksiya qilinishi 
natijasida sement ishlab chiqarish yiliga 200000 tonnani tashkil qildi. 1951-1959 
yillar mobaynida Quvasoy zavodida katta rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, 
zavod 
kengaytirildi 
va 
150 
metrli 
pechlar 
bilan 
jihozlangan, 
to‘la 
maxanizatsiyalashgan ikkita texnologik liniya ishga tushirildi. 1959 yilga kelib 
hamma pechlar gaz bilan ishlaydigan bo‘ldi. Zavod quvvati 1960 yili 670000 tonnani, 
1970 yili esa qariyb 800000 tonnani tashkil qildi. 1990 yil oxirida zavod 1 million 
tonnaga yaqin mahsulot berdi.
Ikkinchi jahon urishidan so‘ng Rossiya zavodlaridan ko‘chirib keltirilgan 
jihozlar hiobiga Angren shahrida bir soatda 6,2 tonna sement ishlab chiqarish 
quvvatiga ega bo‘lgan, uzunligi 57,5 metr, diametri 3 metr bo‘lgan bir pechli zavod 
qurildi. Kichik zavodlardan biri xisoblangan bu zavodning yillik quvvati 40 ming 
tonnaga ham etmas edi. Zavod 60-yillarning o‘rtalarida qayta jihozlanib, 80 metrlik 
pechlar o‘rnatildi. Zavodning o‘rtacha yillik quvvati esa 50 ming tonnani tashkil etdi. 
Respublikamizda oq va rangli sementga bo‘lgan ehtiyoj juda katta ekanligini 
hisobga olgan holda Angren sement zavodi oq sement ishlab chiqarishga qayta 
jihozlandi. Bunda laboratoriya va zavod sharoitida Angrendagi past sifatli kaolinitli 
tuproqdan 
va 
Ohangaron 
ohaktoshidan 
juda 
yaxshi 
pishadigan 
yuqori 


14 
mustahkamlikka ega bo‘lgan oq sement olish mumkinligi ko‘rsatib berildi 
(M.G‘ulomov tavsiyasiga binoan). Bunday sementga turli rang berish ham oson. 
Shuning uchun zavod ok sement ishlab chiqarishga mo‘ljallab jihozlana boshlandi. 
1977 yilning boshiga qadar Angren sement zavodi yiliga 60 ming tonna oq sement 
ishlab chiqardi. 
Sement sifatini, xususan, uning oqlik darajasini oshirish va rangli sement 
xillarini ko‘paytirish maqsadida Angren sement zavodini yangi texnika bilan qayta 
jihozlash va 2-pechni o‘rnatib ishga tushirish zarurati to‘g‘ildi. Bu tadbirlarning 
amalga oshirilishi natijasida zavod quvvati ikki marta ortdi.
1968 yilning boshida Ohangaron sement zavodi ishga tushirildi. Hozirgi 
Ohangaron sement zavodi yiliga qariyb 2 million tonna sement ishlab chiqarmoqda. 
O‘zbekiston sementchilari olimlar bilan hamkorlikda ish olib borib, uysozlik 
zavodlariga tez qotadigan sement, irrigatsiya inshootlari uchun sulfatga chidamli 
sement, neft va gaz quduqlari uchun tamponaj sement, yo‘l qurilishi hamda 
pardozlash ishlariga – oq va rangli sement hamda boshqa xil sement ishlab 
chiqarishni o‘zlashtirdilar. 
Korxonalardagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, yangi xom ashyo 
manbalarini so‘nggi texnologik sxemalari asosida qo‘llash loyihalari yaratilmoqda. 
Ohangaron kaolini, aluniti, Olmaliq, Samarqand ammofos zavodlarining chiqindisi-
fosfogips va boshqa mineral xom ashyolarni kompleks qayta ishlash natijasida 
qo‘shimcha ravishda ko‘plab sement tayyorlash mumkin bo‘ladi. 
«Yujgiprotsement» instituti loyihasi (Ukraina Respublikasi) asosida kad 
ko‘targan Navoiy sement zavodi ko‘p jihatlariga ko‘ra odatdagi korxonalardan 
farqqiladi. U O‘rta Osiyoda birinchi marotaba «quriq usul» deb ataladigan 
texnologiya asosida ishlaydi. Bunda xom ashyoni kuydirish uchun sarflanadigan 
yonilg‘ining 30…35 % ti tejaladi. Bu usul yordamida olib boriladigan ish jarayonida 
ko‘p chang ajralib chiqqanligi uchun uzoq vaqt qo‘llanilmay kelindi. Haqiqatan ham 
sement changi havoni ifloslantirib, atrof-muhitga ma’lum darajada zarar keltirar edi. 
Yangi korxonada xom ashyoni kuydirishga tayyorlovchi ulkan (balanligi 20 qavatlik 


15 
binoga teng) siklonli issiqlik almashtirgichlar o‘rnatilgan. Ular qo‘shimcha chang 
tozalash moslamalari bilan birgalikda havoni ham tozalaydi. 
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish 
darajasi bu korxonada yuqori. Hozirgi zavodlarda ishlab turgan eng yirik aylanuvchi 
pechlarning diammetridan bir yarim, ikki barobar katta-etti metr diametrli va uzunligi 
95 metr bo‘lgan pechlar ilk bor o‘rnatilmoqda. Ular har bir ishchi hisobiga 2700 
tonna sement ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Bu hozirgi kunda g‘oyat yuqori 
ko‘rsatkichlar hisoblanib, AQSH va Yaponiyaning eng ilg‘or sement zavodlari 
ko‘rsatkichidan ancha ko‘p. 
Xom ashyoni kondan uzatish, uni dozalash, pishirish, tuyish, texnologik 
rejimlarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash kabi jarayonlar programmali boshqaruvchi 
va avtomatik tuzilmali elektron hisoblash mashinalari yordamida kuzatib turiladi. 
Hozirgi vaqtda ishlab turgan pechlarga siklonli issiqlik almashtirgichlar o‘rnatilsa, ish 
unumli 20…25% ga ortadi, yonilg‘i sarfi 30…35%, shuningdek, mablag‘ va metall 
sarfi sezilarli darajada kamayadi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sementni «quruq» usulda ishlab chiqarish 
tayyorlanayotgan jami sementning 50 % ni tashkil etsa, ayni vaqtda bir qator xorijiy 
mamlakatlarda mazkur usul etakchi hisoblanadi. Bu usul salmog‘i Yaponiyada 78%, 
Germaniyada 76%, Chexiyada 64%, Vengriyada 55%, Bolgariyada 45%, AQSH da 
42% ni tashkil etadi. Mamlakatimizdagi sement zavodlarini «quruq usulga o‘tkazish 
so‘zsiz katta iqtisodiy samara beradi. Sement kimyosi masalalari dunyo olimlari 
tomonidan amalga oshiriluvchi fundamental ilmiy izlanishlardandir. Ushbu ilmiy 
izlanishlar natijalari sement kimyosi bo‘yicha o‘tkaziluvchi yirik xalqaro forumlar – 
kongresslarda umumlashtiriladi va muhokama etiladi. Ushbu qurilish materialining 
o‘rtacha yillik o‘sishi 6 % dan ortadi, bu esa sement ishlab chiqarishining 
rivojlanishini boshqa sanoat mahsulotlariga nisbatan ancha yuqori ekanligidan 
guvohlik beradi. YUqoridagi raqamlar sementning jahon mamlakatlardagi ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanishdagi rolini ko‘rsatadi. 


16 
Sement ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi jahonda salmoqli 
o‘rin egallaydi. 2009 yilda mamlakatimizda 7 mln.t.ga yaqin sement ishlab 
chiqarilgan. Hozirda sement to‘g‘risidagi fanning rivojlanishiga, sement kimyosining 
nazariy asoslarini ishlab chiqish va uning ishlab chiqarish texnologiyasini yanada 
takomillashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. 
O‘zbekistonda hozirgi paytda asbest-sement mahsulotlarini Quvasoy, 
Oxangaron, Bekobod va Navoiy shaharlarida joylashgan sement korxonalari 
qaramog‘idagi sexlarda va kichik korxonalarda ishlab chiqarilmoqda. Bu xildagi 
mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar respublikamizda 1960 yillardan boshlab 
tashkil etilgan va keyinchalik takomillashtirilgan. Jumladan Oxangaron korxonalar 
birlashmasida mavjud texnologik liniyalardan birinchisi 1963 yilda ishga tushirilgan 
bo‘lsa, II va III chisi 1964, qolganlari esa 1965 yilda. Bekobod korxonasidagi 
shifer tayyorlaydigan II texnologik liniya 1975 yilda takomillashtirilgandan so‘ng 
SB-40-175 xildagi shifer ishlab chiqarila boshladi. 
O‘tgan 82 yil davomida, albatta bu sanoat korxonalarida ham katta 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, jumladan yangi liniyalar vujudga keldi, ulardagi 
moslamalar yanada takomillashdi, ularning ishlab chiqarish quvvati oshdi, natijada 
yiliga 35-45 mln. dona nisbiy plitalar ishlab chiqaradigan SM- 943 xildagi list 
qoliplovchi mashinalar sanoat korxonalarida ishlay boshladi. Vatanimizda ishlab 
chiqarilayotgan asbest-sement materiallari o‘z sifatiga ko‘ra dunyoning ko‘pgina 
yirik mamlakatlarida tayyorlanayotgan ana shunday mahsulotlarga qo‘yiladigan
talablarga to‘la javob bera oladi 

Download 6,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ O‘zbekiston kurilish materiallari sanoatining taraqqiyotining

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish