-§ Anorganik (mineral) bog‘lovchi materiallar




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

3-§ Anorganik (mineral) bog‘lovchi materiallar 
Anorganik yoki mineral bog‘lovchi materiallar kukunsimon bo‘lib, mayda va 
yirik to‘ldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil 
qiladi va asta-sekin qotishi natijasida su’niy toshga aylanadi. Anorganik 
bog‘lovchilarni ishlatishga va xossalariga kura kuyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin: 
1. 
Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar: ohak, gips va kaustik 
magnezit; 
2. 
Gidravlik bog‘lovchilar. Bunday materiallar faqat havoda emas balki 
suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega. Masalan, portlandsement, gidravlik 
ohak, 
qumtuproqqo‘shilgan 
sement, 
putssolan 
portlandsement, 
shlakli 
portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar; 


23 
3. 
Kislotalarga chidamli bog‘lovchilar. Bunday bog‘lovchilarning qotish 
jarayonidan keyingi mustahkamligining ortishi kislotalar ta’sirida ham davom etadi. 
Bunga kislotaga chidamli eruvchan suyuq shisha, asosida olinadigan sementlar va 
qorishmalar misol bo‘ladi. 
Yuqorida keltirilgan bog‘lovchilar asosida g‘isht terish va suvoqchilik uchun 
qorishmalar, beton va temir–beton konstruksiyalar hamda kotish jarayoni avtoklav 
deb ataluvchi qozonlarda ro‘y beradigan buyumlar tayyorlanadi. Qurilishlarda 
buyum xossalarini va bog‘lovchi materiallarni tejash maqsadida kuyidagi maxsus 
qo‘shimchalar ham ishlatiladi: 
1. 
Bog‘lovchi materiallarni chuchuk hamda sulfat tuzlariga to‘yingan 
suvlar ta’sirida chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladigan gidravlik yoki aktiv 
mineral qo‘shilmalar-trepel, opoka, diatomit, trasslar, pemza, vulqon kuli va tufi
aktiv kremniy chiqindilari, kuydirilgan gil, gliej, kuygan jinslar va shlaklar. 
2. 
Bog‘lovchi materiallarni tejash uchun to‘ldirgichlar sifatida mayda qilib 
to‘yilgan qum, ohaktosh, dolomit, tabiiy changsimon kvars qumi, shlak va boshqalar. 
3. 
Sementlarning tishlashuvini tezlatuvchi va susaytiruvchi materiallar: 
tezlatuvchilar-kalsiy xlorid (CaCl
2
), natriy xlorid (NaCl), xlorid kislota (HCl), 
eruvchan shisha (Na
2
SiO
3
), soda; susaytiruvchilar-gips, sulfat kislota, sulfit oksidli 
temir va boshqalar. 
4. 
Sementning qotishini tezlatuvchi va mustahkamligini oshiruvchi 
qo‘shimchalar kalsiy xlorid va xlorid kislota. 
5. 
Beton va qotishmani sovuqqa chidamliligini, plastikliligini oshirish 
uchun ishlatiladigan organik va anorganik qo‘shilmalar, sulfat spirt bardosi (SSB), 
etmak (ko‘pirtiradigan daraxt ildizi), sovun chiqindisi, gil, bentonit, trepel va 
boshqalar. Bog‘lovchi materiallarni ishlatishda ular quyidagi talablarga javob berishi 
lozim: qorishmaning tishlashish davri, normal qorishma olish uchun suv miqdori, 
suvning qorishma bilan birikish darajasi, tishlanishdagi issiqlik miqdori va hokazolar. 
Bog‘lovchi materialni suv bilan qorishtirganda qattiqholatga o‘tgunga qadar 
ketgan vaqt uning tishlashish davri deb atalaladi. Qorishmada suv qanchalik ko‘p 


24 
bo‘lsa, uning tishlashishi shuncha sekin bo‘ladi. Shuning uchun normal qorishma 
tayyorlashda avvalo suv miqdorini aniqlab olish kerak. Har bir bog‘lovchi uchun suv 
miqdori uning og‘irligiga nisbatan protsent hisobida GOST da belgilangan norma 
bo‘yicha aniqlanadi. 
Bog‘lovchi material suv bilan qorishtirilganda fizik-kimyoviy jarayonlar 
natijasida quyuqlasha boshlaydi, uning qo‘zg‘aluvchanligi kamayadi. Bunga 
bog‘lovchi modda tishlashishning boshlanish davri, qo‘zg‘aluvchanligi butunlay 
yo‘qolgandan keyin esa oxirgi davri (qotish) deb ataladi. Tishlashish davriga qarab 
bog‘lovchilar uch gruppaga bo‘linadi. 
a) tez tishlashuvchi-tishlanishining boshlanish davri 3….10 minut. Bunday 
bog‘lovchilarni ishlatish noqulay bo‘lganligi sababli, unga tishlashishni susaytiruvchi 
maxsus moddalar, masalan, qurilish gipsi qo‘shiladi; 
b) normal tishlashuvchi-tishlashishning boshlanish davri 30 minutdan keyin, 
oxiri esa 12 soatgacha davom etadi. Bunday bog‘lovchilarga beton va qorishmalar 
tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan barcha sementlar kiradi; 
v) sekin tishlashuvchi-tishlanishning oxirgi davri 12 soatdan keyin 
boshlanadigan materiallar. 
Normal qorishma tayyorlashda suv (aslida bog‘lovchining kimyoviy birikishi 
uchun sarflanadigan suv) kerakli miqdoridan ko‘p olinadi. Shuning uchun qorishma 
qotgandan keyin ham undagi mayda kapillyarlar va g‘ovaklarda birikmagan erkin 
suvlar ko‘p bo‘ladi. Erkin suvlar asta-sekin bug‘lanib, sementning g‘ovakligini 
oshiradi. Binobarin, beton yoki boshqa qorishma tayyorlaganda suv miqdori ko‘p 
olinsa, uning g‘ovakligi ortadi, natijada uning mustahkamligi kamayadi. Barcha 
bog‘lovchilar tishlashish va qotish jarayonida o‘zidan issiqlik chikaradi. 
Bog‘lovchining tishlashish davri va qotish jarayoni tez bo‘lsa, uning issiqlik 
chikarishi ham ortadi. Bog‘lovchilarning o‘zidan issiqlik chikarish xususiyati, 
ayniqsa sovuqda beton va boshqa qorishmalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. 
Ammo juda yirik yaxlit beton inshootlar qurishda, masalan, gidrotexnik qurilishlarda 


25 
betonning ichki qismidagi issiqlik tashqi qismidagiga nisbatan ortib (ayrim hollarda 
100
0
C gacha etadi) temperaturalar farqi ko‘payadi. Natijada betonning notekis sovishi 
boshlanadi, bu esa beton plitasida darzlar hosil qiluvchi deformatsiyalanishga olib 
keladi. Shuning uchun, gidrotexnik qurilishlarda o‘zidan kam issiqlik chikaruvchi
maxsus sementlar ishlatiladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Anorganik (mineral) bog‘lovchi materiallar

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish